Buronov Xayrullo Jumaboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarda tashxislash va xirurgik taktikani tanlash», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib350.
Ilmiy maslahatchi: Abdumadjidov Xamidulla Amanullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Djoshibaev Seytxan Djoshibaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak exinokokkozi bilan bemorlarni davolash natijalarini kasallik kechishining anatomo-topografik, funksional xususiyatlarini omilli tahlil qilish va jarrohlik amaliyotlarining taktiko-texnik jihatlarini takomillashtirish yordamida yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida ilk marotaba yurak exinokokkozi bilan kasallanish ko‘rsatkichi va ushbu etiologiyali barcha parazitar kasalliklar tarkibida jarayoning kechishi (birlamchi va qaytalangan) va zararlanish xususiyatini (izolyasiyalangan va qo‘shma) inobatga olgan holda uning ulushi aniqlangan;
kardial exinokokkozning anatomo-topografik xususiyatlari, asosiy va takroriy, izolyasiyalangan yoki qo‘shma gidatid yurak zararlanishining xususiyati joylashuvi va tuzilishiga ko‘ra ochib berilgan;
exinokokkozni jarrohlik davolashda, gepatokardal, kardiopul`monal va perikardio-pul`monal gidatid zararlanishda bir bosqichli ketma-ket simul`tan amaliyotlarni bajarish bo‘yicha taktik yondashuvlar ishlab chiqilgan;
exinokokkektomiyani bajarishda kurtak elementlarining tarqalish xavfini keskin kamaytiruvchi yurakda joylashgan parazit bo‘shlig‘ini ishlov berish usuli ishlab chiqilgan;
yurak gidatid zararlanishining asosiy morfologik xususiyatlari polimorfizmning rivojlanishi, larvotsistlar tashqi va ichki pardasining bo‘linishi va shishishi, exinokokk kistasining teshilishi va yorilishiga olib kelishi aniqlangan;
yurak exinokokkozi yakka yoki qo‘shma amaliyotlari salbiy natijalarining asosiy omillari: yurakdagi amaliyot sharoitlari, yurak ko‘rsatkichlarining boshlang‘ich funksional-geometrik qiymati, joylashishi, gidatidlar tuzilishi va chap qorincha devoridagi tarkibiy o‘zgarishlar ekanligi aniqlangan;
kardial exinokokkozda yurakning tuzilish va vazifasini baholashning exografik mezonlari va ko‘shimcha mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni talab etuvchi miokard devorining gidatid ta’sirida mahalliy patologik o‘zgarishlari va amaliyot ichi anatomik xususiyatlari aniqlangan;
izolyasiyalangan yoki qo‘shma yurak gidatid zararlanishining jarrohlik usulida davolashning taktik va texnik jihatlarini hisobga olgan holda tirik qolganlarning umumiy miqdori, qaytalangan exinokokkoz fonida takroriy amaliyotlardan ozod davri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak gidatid zararlanishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
“Yurak exinokokkozini jarrohlik davolash usuli”ga Intellektual mulk agentligining ixtiro uchun patenti olingan (№IAP 0323, 2018). Taklif etilgan usul jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilashga va kasallikning qaytalanish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
“Yurak exinokokkozini tashxislash va xirurgik davolash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 maydagi 8n-r/180-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar yurak exinokokkozini jarrohlik usulida davolash sifatini yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlarni kamaytirish va bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
yurak gidatid zararlanishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolashni yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining kardioxirurgiya bo‘limlari amaliy foaliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 maydagi 8n-r/180-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Izolyasiyalangan va qo‘shma yurak exinokokkozining davolashning optimal usulini jarrohlik amaliyotining takomillashtirilgan texnik jihatlari bilan birgalikda tanlash bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar natijalari yaqin va uzoq muddatdagi ijobiy natijalari ulushini 77,1% dan 94,7% gacha oshirish va qoniqarsiz natijalar ulushini 22,9% dan 5,3% gacha kamaytirish imkonini bergan.