Qalandarova O‘rinposhsha Yuldashovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi”, 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3559.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti. 
    Ilmiy rahbar: Xudayberganov Aniyoz Niyazmetovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01. 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlar doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich; pedagogika fanlari doktori, professor Utebaev Tajibay Tileumuratovich. 
    Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti. 
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodikani takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim jarayonidagi ilmiy-nazariy manbalarni kompetentlikning tarkibiy komponentlariga strategik refleksiyalash, innovatsion omillarni loyiha, muammoli ta’lim, raqamli va interaktiv texnologiyalardan foydalanishga ustuvorlik berishni diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
    bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasi kasbiy faoliyatga tayyorlashni pedagogik-texnologik-innovatsion metodik hamkorlikdagi integratsiyalashgan mazmunga modifikatsiyalash, innovatsion ta’lim usullarini malakaviy amaliyot jarayonlaridagi kvazi-professional faoliyatga interpretatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
    texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini shakllantirish modeli ijodiy va innovatsion fikrlashini maqsadli strategik ta’minot mazmuniga singdirish, o‘quv-metodik ta’minotni interaktiv texnologiyalar (“Profi technology”, “Kvazi-profession”, “Case-study”)ga autentikligini o‘zaro uzviy aloqada ishlashini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
    bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirish samaradorligi kompetentlikka asoslangan ta’limni kvazi-professional faoliyatga integratsiyalash, texnologik va amaliy tayyorgarlikni innovatsion raqamli ta’lim muhitiga deduksiyalash va diagnostik baholash tizimini kiritish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda, ilmiy-nazariy manbalarni kompetentlik komponentlariga mos refleksiyalash hamda loyiha, muammoli, raqamli va interaktiv ta’lim texnologiyalaridan ustuvor foydalanish asosida:
    texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini tayyorlash muammolari, ularning kasbiy kompetentligini (interfaol metodlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida) shakllantirishda uzviylik, tizimlilik va innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida pedagogik jarayonlar tahlil qilishga oid takliflar “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 91-son buyrug‘iga asosan berilgan 20-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada mashg‘ulotlar uchun metodik materiallar tanlashga oid kasbiy kompetensiyalari uzviylik, tizimlilik va innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga erishilgan;
    innovatsion metod va texnologiyalarni samarali qo‘llagan holda bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining malakaviy amaliyot jarayonlaridagi kasbiy kompetentligini shakllantirishda kvazi-professional faoliyati tashkil etildi va tizimlashtirish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i asosida berilgan 699040-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy kompetentligini didaktik va o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirishga erishilgan;
    metodik ta’minotni rivojlantirish bosqichlari (tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi) hamda innovatsion metod va texnologiyalari (“Profi technology”, “Kvazi-profession”, “Case-study”) samarali qo‘llash asosida takomillashtirish modelini ishlab chiqishga oid takliflar “Texnologik ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 91-son buyrug‘iga asosan berilgan 20-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish metodikasi modelini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
    bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini nazorat qilish hamda baholash mezonlari (reproduktiv, produktiv va kreativ) asosida aniqlashtirildi va innovatsion kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan amaliy ta’lim ko‘nikmalarini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga takliflar 2655-raqamli “Xorazm viloyatida yoshlar daftariga kirgan yoshlarni band bo‘lmagan yoshlarni va ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oila farzandlarini kasb-hunar, ilm-fan to‘garaklarida o‘qitishni tashkil qilish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini nazorat qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish