Karimov Habibulla Qodomboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish mexanizmlari”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6925.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharifzoda Sardor O‘rozboy tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.12.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Matchanov Nurjon Sultamuratovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Tojiboeva Hilola Maxmutovna. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va mexanizmlarini aniqlash hamda o‘quvchi-yoshlarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari gender, sotsiomadaniy, sotsiolingvistik tushunchalar mazmunini mualliflik yondashuviga ko‘ra tasniflash, tenglik, madaniy muloqot va ijtimoiy masʼuliyatni rivojlantiruvchi pedagogik nazariyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ta’lim muhitini gender tenglik muhitga konsolidatsiyalash, rivojlanish motivlarining gender rollar va funksiyalarning mutanosibligini mikrosotsiumga muvaffaqiyatli moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli jamoada faollik va hamkorlikni gender yondashuvning strategik maqsadlarga adaptatsiyalash, shaxsning ijtimoiy-madaniy mobilligini reprezintativlik, obektivlik va mahsuldorlikka imitatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish samaradorligi ta’lim mazmunini mikrosotsium hamkorligida kuchaytirish, psixologik qo‘llab quvvatlashni sinergetik, kollaborativ, shaxsga yo‘naltirilgan loyihaviy texnologiyalarini qo‘llash va monitoring-baholash tizimini joriy etish asosida oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari gender, sotsiomadaniy, sotsiolingvistik tushunchalar mazmunini mualliflik yondashuviga ko‘ra tasniflash, tenglik, madaniy muloqot va ijtimoiy masʼuliyatni rivojlantiruvchi pedagogik nazariyalarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi va nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan berilgan 68-876 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishga sharoit yaratilgan; 
gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari ta’lim muhitini gender tenglik muhitga konsolidatsiyalash, rivojlanish motivlarining gender rollar va funksiyalarning mutanosibligini mikrosotsiumga muvaffaqiyatli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining №FZ-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2022-yy) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish va ilmiy natijalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 27-maydagi 01-09/280 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan hozirgi strategik talablarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli jamoada faollik va hamkorlikni gender yondashuvning strategik maqsadlarga adaptatsiyalash, shaxsning ijtimoiy-madaniy mobilligini reprezintativlik, obektivlik va mahsuldorlikka imitatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘iga asosan berilgan 106-176 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish samaradorligini tashxis etish va korreksiyalanish mazmunini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirish samaradorligi ta’lim mazmunini mikrosotsium hamkorligida kuchaytirish, psixologik qo‘llab quvvatlashni sinergetik, kollaborativ, shaxsga yo‘naltirilgan loyihaviy texnologiyalarini qo‘llash va monitoring-baholash tizimini joriy etish asosida oshirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi va nazariyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20-iyundagi 11-05-3996/04 sonli ma’lumot-nomasi). Natijada, gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish