Atabaeva Mehriniso Ruzmat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm shevalari amaliy san’at leksikasi” mavzusida 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5967
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor; Babadjanov Farhod Kurbanbaevich, filologiya fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm shevalari amaliy san’at leksikasi, xususan, zargarlik, gilamchilik va kulolchilik leksikasini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar leksik tizimi doirasida amaliy san’atga oid lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faol qo‘llanish xususiyatlari asoslanib, umumxalq tili bilan o‘zaro munosabati, shevalararo farqlanishi, nominativ va kommunikativ vazifalari, shuningdek, tilning kasbiy soha bilan bog‘liq funksional imkoniyatlarini kengaytirishdagi roli ochib berilgan;
Xorazm shevalaridagi zargarlik, gilamchilik va kulolchilik leksikasining semantik xususiyatlari zargarlik leksik birliklarini taqilish o‘rniga, gilamchilik leksik birliklarini nominatsion xususiyatlariga va kulolchilik leksik birliklarini yasalish shakllari hamda vazifalariga ko‘ra tasniflash orqali asoslangan;
zargarlik, gilamchilik va kulolchilikka oid leksik birliklar tarkibiy jihatdan sodda (sodda tub, sodda yasama) hamda murakkab tarkibli leksemalar sifatida oydinlashtirilib, ular derivatsiyasida faol ishtirok etuvchi -lik (-liq), -(i)sh (-sh), -ma (-mä), -cha, -gich (-g‘ich), -gar, -ak (-oq) hamda -iq (-ȉq) kabi yasovchi affikslarning lingvistik xususiyatlari isbotlangan;
zargarlik, gilamchilik va kulolchilikka oid leksik birliklarning anor, anqo, qush, baliq, bulbul, oy, sher boshi va munchoq kabi tasvirlarning o‘ziga xos konnotativ, magik, himoyaviy va estetik madaniy kodlari hamda moviy, zangori, feruza kabi rang atamalarining ramziy kabi lingvomadaniy va lisoniy hamda gender variantlilik, hududiy leksik tafovutlar, kasbiy sotsiolektlar, shuningdek, buyumlarning egasi mansub bo‘lgan ijtimoiy maqom hamda tabaqalanishni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar singari sotsiolingvistik xususiyatlari asoslanib, til va madaniyat bilan aloqadorligi, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar, qadriyatlar va ma’naviy meros bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm shevalari amaliy san’at leksikasi tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
kasb-hunar leksik tizimi doirasida amaliy san’atga oid lug‘aviy birliklarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faol qo‘llanish xususiyatlari izchil yoritilish jarayonida mazkur leksikaning umumxalq tili bilan o‘zaro munosabati, shevalararo farqlanishi, nominativ va kommunikativ vazifalari, shuningdek, tilning kasbiy soha bilan bog‘liq funksional imkoniyatlarini kengaytirishdagi roli ochib berilib, amaliy san’at leksikasining kasb-hunar terminologiyasi tizimidagi o‘rni va uning leksik-semantik maydon sifatida shakllanishi yoritilgan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-iyundagi №337/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning sheva amaliy leksikasiga doir yondashuvlar, Xorazm shevalari amaliy san’at leksikasi ifodasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlillari bilan boyitilishiga erishilgan;
Xorazm shevalaridagi zargarlik, gilamchilik va kulolchilik leksikasining semantik xususiyatlari zargarlik leksik birliklarini taqilish o‘rniga, gilamchilik leksik birliklarini nominatsion xususiyatlariga va kulolchilik leksik birliklarini yasalish shakllari hamda vazifalariga ko‘ra tasniflash orqali ilmiy asoslangan natijalaridan, shuningdek, zargarlik, gilamchilik va kulolchilikka oid leksik birliklar tarkibiy jihatdan sodda hamda murakkab tarkibli leksemalar sifatida oydinlashtirilib, ular derivatsiyasida faol ishtirok etuvchi -lik (-liq), -(i)sh (-sh), -ma (-mä), -cha, -gich (-g‘ich), -gar, -ak (-oq) hamda -iq (-ȉq) kabi yasovchi affikslarning lingvistik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022–2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 1-iyuldagi 1154-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha zamonaviy o‘zbek tilshunosligidagi o‘zgarishlar, undagi amaliy san’at leksikasi tadqiqida elektron platformalarni yaratish yuzasidan nazariy qarashlar, Xorazm shevalari zargarlik, gilamchilik va kulolchilik leksikasi tahlilidagi tasniflar bilan boyishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan;
Xorazm shevalari amaliy san’at leksikasiga xos birliklar bo’yicha to’plangan materiallar, ularning semantik, struktur tahlili natijasida chiqarilgan xulosa va talqinlardan, xususan, zargarlikdagi jig‘a, yarimtirnoq, butuntirnoq, ko‘krakduziy kabi taqinchoqlar, palos, g‘ali kabi gilamchilik, ibriq, sarri, qopshirma kabi kulolchilik leksemalarining xususiyatlariga oid ma’lumotlardan Xorazm viloyati Mahmud Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxonasi faoliyati doirasida tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020–2025-yillarda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” milliy dasturi asosida 2020-yil 14-dekabr 781-son Qarori ijrosi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazining 2025-yil 20-iyundagi №01-02/106-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan lug‘at va ilmiy maqolalar kitobxonlar e’tiboriga taqdim qilinib, ularda vohamizdagi zargarlik, gilamchilik va kulolchilik leksikasi yuzasidan nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida mavzu tadqiqi yuzasidan olingan zargarlik, gilamchilik va kulolchilikka oid leksik birliklarning anor, anqo, qush, baliq, bulbul, oy, sher boshi va munchoq kabi tasvirlarning o‘ziga xos konnotativ, magik, himoyaviy va estetik madaniy kodlari hamda moviy, zangori, feruza kabi rang atamalarining ramziy kabi lingvomadaniy va lisoniy hamda gender variantlilik, hududiy leksik tafovutlar, kasbiy sotsiolektlar, shuningdek, buyumlarning egasi mansub bo‘lgan ijtimoiy maqom hamda tabaqalanishni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar singari sotsiolingvistik xususiyatlari asoslanib, til va madaniyat bilan aloqadorligi, shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar, qadriyatlar va ma’naviy meros bilan bog‘liqligi dalillangan natijalardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan 2023-yil 30-noyabr kuni efirga uzatilgan “Ochiq muloqot” hamda 2024-yil 17-oktyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom Xorazm!” dasturida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 16-iyundagi № 445-son ma’lumotnomasi). Mazkur chiqishlarda har qanday tilning rivojida shevalarning, xususan, kasb-hunar hamda amaliy san’at leksikasiga oid birliklarning muhim ahamiyatga ega ekanligi, ularning ayrimlari bugungi kunda iste’moldan chiqib boryotganligi xususida fikrlar bildirilib, Xorazm zargarlik, gilamchilik hamda kulolchilik leksik birliklarini ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berilgan.