Matnazarov Shahzodbek Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“O‘zbek tilidagi gul nomlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi” mavzusida 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil5991
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rahyon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05
Rasmiy opponentlar: Nigora Qulmamatovna Murodova, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Ravshan Yusupovich Xudoyberganov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot:  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi gul nomlarini ifodalovchi atoqli va turdosh otlarning tarixiy-lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tilidagi gul nomlarining lisoniy maqomi gul nomlari, fitonimlar va fitonimik leksika kabi terminlarga munosabat asosida ochib berilgan;
gul nomlarining onomasiologik, lingvomadaniy, leksik-semantik, va tarixiy-etimologik kabi differensial xususiyatlari aniqlanib, onomastik tizim va oddiy leksikadagi o‘rni hamda apellyativ va onomastik qo‘llanish, metaforik ko‘chim hamda so‘z yasalishidagi faolligi kabi lisoniy qo‘llanish qonuniyatlari dalillangan;
gul nomlarini ifodalovchi lola, nargis, atirgul, rayhon, sunbul, yosuman, nilufar, nastarin va za’faron  kabi lisoniy birliklarning badiiy matn va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi lingvopoetik hamda ramziy-metaforik ko‘lami ochib berilgan;
gul nomlarning milliy dunyoqarashdagi muhabbat, sadoqat, hayo, nafosat, poklik, shuningdek, ezgulik va oliyjanoblik singari estetik-madaniy yuki va konseptual mazmuni lingvomadaniy jihatdan dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida gul nomlarining tarixiy-lisoniy tadqiqini amalga oshirish asosida: Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-2025-yillarda ALM-202310132634-raqamli “Yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilini sun’iy intelekt asosida avtomatik taqdim qiluvchi atamacom.uz dasturiy ta’minoti platformasi va mobilli ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan. Jumladan, loyihada yangi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobilining o‘zbek tilidagi fitonimlarning turkiy, eroniy, arabiy va boshqa leksik qatlamlar bilan bog‘liq masalalariga, aniqlangan leksik qatlamlarning folklor matnlaridagi lingvopoetik va lingvomadaniy funksiyalarini aniqlashdagi ahamiyatiga, o‘zbek xalqi kognitatsiyasida ular bilan bog‘liq milliy-mental xususiyatlarning aks etishi jihatlariga ahamiyat qaratilgan va dissertatsiyaning xulosalariga tayanilgan. 
Gul nomlarini ifodalovchi lola, nargis, atirgul, rayhon, sunbul, yosuman, nilufar, nastarin va za’faron  kabi lisoniy birliklarning badiiy matn va xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi lingvopoetik hamda ramziy-metaforik ko‘lami haqidagi ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida 2022–2023-yillarda bajarilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan. Jumladan, fitonimlarning turkiy, eroniy va arabiy qatlamlarning tarkibi, o‘ziga xos fonetik va semantik xususiyatlari tizimli tahlil asosida aniqlangan va asoslangan. Turli leksik qatlamlarga mansub so‘zlarning mumtoz matnlardagi lingvopoetik  va lingvomadaniy  vazifalari aniqlanib, ularning xususiyatlari dalillangan. 
Gul nomlarining sinonimik, antonimik va polisemik xususiyatlari, o‘zbek tilining leksik fondidagi o‘rni va funksiyalariga oid xulosalardan, shuningdek, gul nomlarning milliy dunyoqarashdagi muhabbat, sadoqat, hayo, nafosat, poklik, shuningdek, ezgulik va oliyjanoblik singari estetik-madaniy yuki va konseptual mazmuni lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinishi natijasidagi umumlashmalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 912-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda tarixiy onomastikaning ahamiyati va o‘ziga xosliklari kengroq ochib berilgan, shu bilan bir qatorda, gul nomlarining lisoniy tabiati hamda o‘ziga xosliklari masalasini ilmiy-ommabop tarzda etkazilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish