Jalilov Baxtiyor Tulanovichning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Ingliz tilida presedentlik fenomenining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B024.4.PhD/Fil400.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdimurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.FIl.32.02.
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ashurov Shaxobiddin Saidovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi presedent hodisalarni ifodalovchi til birliklarining struktur-semantik, kommunikativ-funksional va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
presedentlik hodisalarini tarkibiy qismi bo‘lgan presedent matn, presedent vaziyat, presedent nom, presedent aytimlar verbal va noverbal vositalar bilan ifodalanishi, ingliz tilida presedent hodisalarni til sathlaridagi “emik” birliklar, fonema, morfema, leksema, frazema va sentensema kabi guruhlar orqali voqelantirilishi kuzatilishi asoslab berilgan; 
ingliz tilidagi presedentlik hodisalarini ifodalovchi fontetik, morfologik, leksik, frazeolok til birliklarining nutqiy kommunikatsiyalarda qo‘llanilishi statistikasi ishlab chiqilgan;
ingliz tilida presedentlik hodisalarining struktural-semantik va diffrensial jihatlarini voqealantirishda morfologik birliklar -gate, -ian, -ist, re-, un-, mega- kabi affikslar orqali ifodalainishi aniqlangan;
presedent hodisalarning lingvokulturologik konseptlarni aks ettirishi tilda frazeologik birliklarning paydo bo‘lishining muhim manbasi ekanligi, frazeologik birliklar semantikasidagi ko‘chma va konnotativ ma’nolarni aniqlashda presedentlikka asoslanishi ochiqlanganyu
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
presedentlik hodisalar verbal va noverbal vositalar bilan ifodalanishi, ingliz tilida “emik” birliklar orqali voqealantirilishi,  ularni ifodalovchi til birliklari nutqiy kommunikatsiyalarda qo‘llanilishi zamonaviy tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Alumni Outreach Program dasturi doirasida 2020-2021-yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 25-oktyabrdagi 1126-04-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili nutqiy qo‘llanishida presedentlik hodisalar verbal va noverbal vositalar bilan ifodalanishi va “emik” birliklar orqali voqealantirilishi ochib berilgan;
ingliz tilida presedent hodisalarning struktural-semantik va diffrensial jihatlarini voqelantirishda morfologik birliklarni o‘rganish va sharhlash, tilda presedent hodisalarning kognitiv, konseptual va lingvokulturologik ifoda vositasi sifatidagi o‘rnini belgilab berish borasidagi tadqiqot natijalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyiha doirasida foydalanlgan. Loyiha 2020-2022-yillarga mo‘ljallangan. (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 3-dekabrdagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilida presedent hodisalarning struktural-semantik va diffrensial jihatlarini voqelantirishda affikslar orqali ifodalanishini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan;
presedent hodisalarning lingvokulturologik konseptlarini aks ettririshi tilda frazeologik birliklarning paydo bo‘lishi, ularning ikkilamchi nominativ va konseptlar ifoda vositasi sifatidagi ahamiyatini tahlil qilish jihatlari haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarning 2023-2024-yil sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tgan. (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-sentyabrdagi O‘z/k-04-36-1013-son ma’lumotnomasi). Natijada presedentlik hodisalarlarni ifodalovchi til birliklari adabiy, badiiy va media tilida keng qo‘llanuvchi, nutqning hissiy-ekspressiv jihatlarini ochib beruvchi muhim manba sifatida tatbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish