Tajieva Nodira Yusupjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kommunikativ yondashuv asosida talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4564
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kommunikativ yondashuv asosida talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari gumanistik ta’lim, madaniy rivojlantirish, ijtimoiylashuv, faoliyat va kommunikatsiya nazariyasi konsepsiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, aksiologik, kompetensiyaviy, madaniy-tarixiy, integrativ yondashuvlarga asoslangan holda aniqlashtirilgan;
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli muomala muhitining o‘ziga xosligini anglash, madaniy turli tumanlikni yaratish, muloqot-muomala jarayonini faollashtirish, hissiy xabardorlik va empatiya, tolerantlik va ziddiyatlarni bartaraf etish, madaniyatshunoslik kompetensiyasini shakllantiruvchi metodikalar, refleksiyalash asosida bo‘shliqlarni korreksiyalash imkoniyatlarini kengaytirish hamda diagnostik tayyorlash, motivatsion-yo‘naltiruvchi, mazmunga asoslangan ta’limiy, amaliy, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, barqarorlashtirish mexanizmlarini ijodiy tatbiq etish bosqichlarini qo‘llashni nazarda tutgan holda takomillashtirilgan;
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish jarayoni emotsional-psixologik, axloqiy-qadriyatli, refleksiv-psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnomadaniy xarakterdagi metodik-psixologik yo‘nalishlarni kompleks tarzda talqin etish mexanizmlarini qo‘llagan holda takomillashtirilgan;
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish mazmuni kognitiv, amaliy, qadriyatli-motivatsion, emotsional-refleksiv bilimlar intergratsiyasi, uni tanlash prinsiplari ilmiylik, tizimlilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, qadriyalarga asoslanganlik, madaniy muvofiqlik va amalga oshirish bosqichlari diagnostik-motivatsion, kognitiv-axborotli, amaliy-faoliyatli, refleksiv-tuzatish, barqarorlashtirishni nazarda tutgan holda aniqashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kommunikativ yondashuv asosida talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:  
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini gumanistik ta’lim, madaniy rivojlantirish, ijtimoiylashuv, faoliyat va kommunikatsiya nazariyasi konsepsiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli, aksiologik, kompetensiyaviy, madaniy-tarixiy, integrativ yondashuvlarga tayangan holda aniqlashtirishga oid takliflardan FZ-2016-0909111822 - sonli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish texnalaogiyalari” (2017-2020-y.y) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (TDPUning 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-151/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishda aksiologik, kompetensiyaviy, madaniy-tarixiy, integrativ yondashuvlarni samarali qo‘llash imkoniyati yaratilgan; 
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini muomala muhitining o‘ziga xosligini anglash, madaniy turli tumanlikni yaratish, muloqot-muomala jarayonini faollashtirish, hissiy xabardorlik va empatiya, tolerantlik va ziddiyatlarni bartaraf etish, madaniyatshunoslik kompetensiyasini shakllantiruvchi metodikalar, refleksiyalash asosida bo‘shliqlarni korreksiyalash imkoniyatlarini kengaytirish hamda diagnostik tayyorlash, motivatsion-yo‘naltiruvchi, mazmunga asoslangan ta’limiy, amaliy, faoliyatli, refleksiv-baholovchi, barqarorlashtirish mexanizmlarini ijodiy tatbiq etish bosqichlarini qo‘llash asosida ishlab chiqilganligiga oid ma’lumotlar  “Pedagogika-psixologiya va psixologiyani o‘qitish metodikasi” darsligida o‘z ifodasini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 233-177 raqamli nashr guvohnomasi) topgan. Natijada, talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishga oid muhim didaktik manbalar ishlab chiqilgan hamda madaniyatshunoslik kompetensiyasini shakllantiruvchi metodikalar va refleksiyalash asosida talabalardagi bo‘shliqlarni korreksiyalash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish jarayonida emotsional-psixologik, axloqiy-qadriyatli, refleksiv-psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnomadaniy xarakterdagi metodik-psixologik yo‘nalishlarni kompleks tarzda talqin etishga oid tavsiyalardan FZ-2016-0909111822 - sonli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish texnalaogiyalari” (2017-2020-y.y) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (TDPUning 2025-yil 7-iyuldagi 22-01-151/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirishda emotsional-psixologik, axloqiy-qadriyatli, refleksiv-psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnomadaniy, metodik-psixologik yo‘nalishlarni kompleks qo‘llash mexanizmlari tadbiq etilgan; 
talabalarda muomala madaniyatini rivojlantirish mazmunini kognitiv, amaliy, qadriyatli-motivatsion, emotsional-refleksiv bilimlar intergratsiyasi, uni tanlash prinsiplarini ilmiylik, tizimlilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, qadriyalarga asoslanganlik, madaniy muvofiqlik va amalga oshirish bosqichlarini diagnostik-motivatsion, kognitiv-axborotli, amaliy-faoliyatli, refleksiv-tuzatish indikatorlari bilan barqarorlashtirishga oid takliflardan “Pedagogika-psixologiya va psixologiyani o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, 233-177 raqamli nashr guvohnomasi) foydalanilgan. Natijada, oliy pedagogik ta’lim muomala madaniyatini rivojlantirishda kognitiv, amaliy, qadriyatli-motivatsion, emotsional-refleksiv bilimlar intergratsiyasini ta’minlovchi metodiklarni o‘zida mujassam qilgan o‘quv manbalari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish