Xolmirzaev Nuriddin Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3482
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilshod Qodirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Kattaqurg‘on davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishni ilmiy jihatdan asoslash hamda metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning struktur jihati kasbiy faoliyati xususiyatlari, uning funksiyalarining o‘ziga xosliklarini hisobga olishga qaratilgan raqamli-madaniy moslashuvchanlik, inklyuziv empatiya, global fuqarolik ta’limi kabi kompetensiyalarning komponent hosil qiluvchi elementlarini maqsadli tartibda kiritish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish mazmuni kvazikasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan, qadriyatli-motivatsion, kommunikativ va faoliyatli tarkibiy asoslarga muvofiq ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga asoslangan o‘qitish amaliyotini loyihaviy faoliyat bilan integratsiyasini ta’minlash mexanizmini moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti pedagogik vaziyatlarni chuqur idrok etish va yorqin fikrlash tajribasini hosil qilish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan kommunikativ, umummadaniy, eventli, vitagen ta’lim texnologiyalarni faoliyat maqsadiga identiv tarzda adaptiv loyihalash darajalariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari pozitiv rivojlantiruvchi va sanogen muhitni qaror toptirish, kasbiy o‘sish treninglarini shaxsiy va kasbiy deformatsiyalarning oldini olishga mos tarzda amalga oshirish, evristik va ijtimoiy-adaptiv modullar asosida ta’lim mazmunini transformatsiyalash amaliyotini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish tuzilmasini kasbiy faoliyati xususiyatlari, uning ijtimoiy-madaniy funksiyalarining o‘ziga xosliklarini hisobga olishga qaratilgan raqamli-madaniy moslashuvchanlik, inklyuziv empatiya, global fuqarolik ta ’limi kabi kompetensiyalarning komponent hosil qiluvchi tizimini maqsadli strukturlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Change Academy dasturi doirasida “INPRODEC” (Intensiv kasbiy rivojlanish markazi) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining 2024-yil 4-dekabrdagi ma’limotnomasi). Natijada, intensiv kasbiy rivojlanish jarayonida ijtimoiy-shaxsiy faollikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish mazmunini kvazikasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan, qadriyatli-motivatsion, kommunikativ va faoliyatli tarkibiy asoslarga muvofiq ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga asoslangan o‘qitish amaliyotini loyihalaviy faoliyat bilan integratsiyasini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Kreativ pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrugʻi, 333-351-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijtimoiy kreativlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy komponentini pedagogik vaziyatlarni chuqur idrok etish va yorqin fikrlash tajribasini hosil qilish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan kommunikativ, umummadaniy, eventli, vitagen ta’lim texnologiyalarni faoliyat maqsadiga identiv tarzda adaptiv loyihalash darajalariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir takliflardan Change Academy dasturi doirasida “INPRODEC” (Intensiv kasbiy rivojlanish markazi) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining 2024-yil 4-dekabrdagi ma’limotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning germenevtik texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari pozitiv rivojlantiruvchi va sanogen muhitni qaror toptirish, kasbiy o‘sish treninglarini shaxsiy va kasbiy deformatsiyalarning oldini olishga mos tarzda amalga oshirish, evristik va ijtimoiy-adaptiv modullar asosida ta’lim mazmunini transformatsiyalash amaliyotini kengaytirish orqali takomillashtirilga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi uchun “Kreativ pedagogika” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrugʻi, 333-351-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.