Sirojiddinova Shahribonu Sirojiddinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘qotilgan jannat motivi va uning poetikasi (Jon Miltonning “Yo‘qotilgan jannat”, Abdulla Oripovning “Odam va shayton” va Nazar Eshonqulning “Taqiq mevasi” asarlari misolida)” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Fil1025
Ilmiy maslahatchi: Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/2025.27.12. Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Davronova Mahfuza Isroilovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi J.Miltonning “Yo‘qotilgan jannat” dostoni Abdulla Oripovning “Odam va shayton” she’riy qissasi va N.Eshonqulning “Taqiq mevasi” romanida “yo‘qotilgan jannat” motivining badiiy talqini va poetik ifodasini tahlil qilish orqali, bu motivning diniy, falsafiy va estetik qatlamlarda qanday yondashuvlar bilan ifodalanganini aniqlash, shuningdek, Sharq va G‘arb adabiy tafakkuridagi mushtaraklik va tafovutlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
J.Miltonning “Yo‘qotilgan jannat” dostoni, Abdulla Oripovning “Odam va shayton” qissasi va N.Eshonqulning “Taqiq mevasi” romanida gunoh va najot, manaviy tanazzul, hayotiy sinov va ruhiy iztirob tushunchalari poetikasi G‘arb va Sharqning diniy, falsafiy va didaktik donishmandligi bilan tasvir etilganligi isbotlangan;
G‘arb va Sharq adabiyotida “yo‘qotilgan jannat” motivining diniy-falsafiy, estetik hamda badiiy kontekstlari bir-biriga qiyosiy yondashuvda ochib berilib, ijodkorlarning janr va shakl nuqtai nazaridagi qarashlari hamda ularning uslub borasidagi izlanishlari va motivni badiiy asarga olib kirishidagi pozisiyasi aniqlangan;
“Yo‘qotilgan jannat” motivining A.Oripovda an’anaviylikka urg‘u berilishi, N.Eshonqulda moderncha talqin etilishi, zamonaviy o‘zbek adabiyotida yo‘qotilgan Jannat tushunchasining funksional-estetik yuklamaga ega ekani ilk bor izchil ochib berilib, uning ahamiyati “Odam va shayton” qissasi hamda “Taqiq mevasi” romani misolida belgilangan;
motivga J.Milton, A.Oripov hamda N.Eshonqulning mualliflik yondashuvi teologik asosga ega ekanligi orqali insoniyatning azaliy qadriyatlari – gunoh, ozodlik, tanlov, ilohiy jazoga munosabat kabi tushunchalarning badiiy aks ettirilishi ilmiy asoslangan;
adabiy tafakkurda jannat obrazining yo‘qotilishi orqali mavjudlik, ruhiyat va axloqiy mezonlarning Odam Ato, Momo Havo va Shayton obrazlarining ichki dunyosi, ruhiy iztiroblari, tanlov hamda fojialarning ruhiyatiga ta’siri masalasi adabiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritilib, asarlaridagi ifodasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy adabiyotda “Yo‘qotilgan jannat” motivi va uning poetikasi” muammosi qiyosiy-tipologik tadqiqi J.Miltonning “Yo‘qotilgan jannat” dostoni, A.Oripovning “Odam va shayton” qissasi hamda N.Eshonqulning “Taqiq mevasi” asarlari misoli yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
J.Miltonning “Yo‘qotilgan jannat” dostoni, A.Oripovning “Odam va shayton” qissasi hamda N.Eshonqulning “Taqiq mevasi” romanida yo‘qotilgan jannat motivi o‘zaro qiyosiy poetik tahlil asosida o‘rganilib, asarlardagi G‘arb falsafasi Sharq donishmandligi bilan omuxtalashtirilgan holda tasvir etilganligi borasidagi nazariy xulosalardan REP-25112021/113- UzUDT: “O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bogliqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 29-avgustdagi №04/11-15618 sonli- ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikda “Yo‘qotilgan jannat” motivi Sharq va G‘arb tafakkurining asosiy o‘zagi bo‘la olishi jahon adabiyoti durdonalariga oid materiallar va xulosalar bilan boyitilgan;
G‘arbiy va Sharqiy adabiyotda “yo‘qotilgan jannat” motivining diniy-falsafiy, estetik hamda badiiy kontekstlari bir-biriga qiyosiy yondashuvda ochib berilib, ijodkorlarning o‘ziga xos pozisiyasi aniqlanganligiga oid xulosalardan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-oktyabrdagi №04/11-22094 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Sharq va G‘arbning adabiy qarashlarida “Yo‘qotilgan jannat” motivining sayyor syujetga ega ekanligi, asar matni orqali bu motiv har ikki qarashlarda o‘ziga xoslikni namoyon etishi, unda ijodkor shaxsining motivga yondashishi jihatlarini talqin etishda yozuvchi mahorati, syujetdan foydalanishdagi individualligini aniqlashda foydalanilgan;
A.Oripov va N.Eshonqul ijodida bu motivning yangicha talqini va zamonaviy o‘zbek adabiyotida qanday funksional-estetik yuklamaga ega ekani ilk bor izchil tahlil qilinib, hozirgi adabiy jarayonda motivning ahamiyati belgilanganligiga oid nazariy xulosalardan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 12-martdagi № 945/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada N.Eshonqul an’analardan foydalanishda sayyor syujetga murojaat etishi, unda ijodkorning poetik mahorati, obraz yaratishdagi o‘ziga xosligiga oid nazariy qarashlarni boyitishga xizmat qilgan;
motivga berilgan individual mualliflik yondashuvi (J.Milton, A.Oripov va N.Eshonqulning) orqali insoniyatning azaliy qadriyatlari – gunoh, ozodlik, tanlov, ilohiy jazoga munosabat kabi tushunchalarning badiiy aks ettirilishi ilmiy asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy-amaliy natijalardan AL-442105887-sonli-“Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yo‘l ko‘rsatkichini yaratish” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 6-noyabrdagi № 04/11-27059 sonli raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bu ijodkorlarning asarlarining yaratilishida bir qancha tarixiy va diniy manbalarning asos bo‘lganligiga oid qarashlar aniqlangan;
Adabiy tafakkurda jannat obrazining yo‘qotilishi orqali insonga oid mavjudlik, ruhiyat va axloqiy mezonlarning qanday shakllanishi masalasi adabiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritilib, bugungi asarlaridagi ifodasi isbotlanganligi borasidagi nazariy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” dasturlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 05-09-1676-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko’rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuvi haqidagi maʼlumotlar Samarqand teleradiokompaniyasi ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratilgan.