Xodjiboeva Ikbol Valievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida talabalarning iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi (Qurilish (bino va inshootlarni loyihalash, qurish)” ta’lim yo‘nalishi misolida. 
Ixtisoslik shifri: 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6630.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boltaeva Muhayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor;
Ergasheva Fotimaxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqolpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish yo‘nalishlarida iqtisodiy fanlarni o‘qitishning metodikasini samaradorligini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak qurilish muhandislarini tayyorlashda kasbiy malakalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, kasbiy bilimlar, kasbiy faoliyatda standart, nostandart fikrlash hususiyatlari va qurulish-ta’mirlash jarayonlarning virtual muhitini izchillik hamda mantiqiylik asosida modellashtirish orqali qurilish-ta’mirlash jarayonlarning iqtisodiy smetalarini tahlil qilish, qaror qabul qilish va prognozlashga oid kompetensiyalari takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy bilimlarini rivojlantirishda ishbilarmonlik (tadbirkorlik, investorlik) muhitini imitatsiya (rolli o‘yinlar) qiluvchi (InnoBuild, loyihalash va veb-kvest texnologiyasi), real qurulish-ta’mirlash jarayonlarning didaktik loyihasiga asoslangan o‘quv sharoitlarida amaliy ko‘nikmalar, muloqot, muzokara olib bora olish qobiliyatlarini rijovlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
qurilish muhandislarining kasbiy bilimlari va iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishning tashkiliy tuzulmaviy modelini soha iqtisodiyotini o‘qitish jarayonida loyiha-investisiyaviy qarorlar qabul qilishda innovatsion texnologiyalarni metakognitiv tarkibiy yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida qurilish yo‘nalishi talabalarining iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari va indikatorlari asosida shakllantirish jarayonining samaradorligini belgilovchi kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, iqtisodiy-topshiriqli, muammoli, kreativ va refleksiv yondashuvlarning o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bo‘lajak qurilish muhandislarini tayyorlashda kasbiy malakalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, kasbiy bilimlar, kasbiy faoliyatda standart, nostandart fikrlash hususiyatlari va qurulish-ta’mirlash jarayonlarning virtual muhitini izchillik hamda mantiqiylik asosida modellashtirish orqali qurilish-ta’mirlash jarayonlarning iqtisodiy smetalarini tahlil qilish, qaror qabul qilish va prognozlashga oid kompetensiyalar “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining 2025-yil 9-iyundagi 02/01-01-206-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
qurulish muhandislarinig kasbiy bilimlarini rivojlantirishning tashkiliy tuzulmaviy modelini soha iqtisodiyotini o‘qitish jarayonida iqtisodiy tafakkurni loyiha-investisiyaviy qarorlar qabul qilishda innovatsion texnologiyalarni metakognitiv tarkibiy yo‘naltirish asosida mazmunan rivojlantirilganga oid bilimlar, tavsiyalar hamda ko‘nikmalar “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-martdagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha №2853-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak quruvchi-muhandislarning kasbiy va iqtisodiy ko‘nikmasi, fanga oid bilimlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan;
talabalarning kasbiy bilimlarini rivojlantirishda ishbilarmonlik (tadbirkorlik, investorlik) muhitini imitatsiya (rolli o‘yinlar) qiluvchi, real qurulish-ta’mirlash jarayonlarning didaktik loyihasiga asoslangan o‘quv sharoitlarida amaliy ko‘nikmalar, muloqot, muzokara olib bora olish qobiliyatlarini rijovlantirish metodikasi takomillashtirishga oid xulosa va tavsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqot markazining 2025-yil 9-iyundagi 02/01-01-206-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 
oliy ta’lim muassasalarida qurilish yo‘nalishi talabalarining iqtisodiy kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari va indikatorlariga asoslangan shakllantirish jarayonining samaradorligini belgilovchi kognitiv, kommunikativ-faoliyatli, iqtisodiy-topshiriqli, muammoli, kreativ va refleksiv yondashuvlarning o‘quv jarayoniga integratsiyalash asosida ta’limning samaradorligini oshirishda foydalanilgan. (Namangan davlat texnika universitetining 2026 yil 10-apreldagi №01/10-09/1634-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak quruvchi-muhandislarda loyihalash va tadbirkorlik ko‘nikmasini rivojlantirish, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini hamda iqtisodiy kompetensiyasini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish