Xaitova Shaxnoza G‘olibjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amaliy mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9498.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Bozorova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Narbaev Azamat Bahramovich
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amaliy mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tizimni ishlab chiqish va uning samaradorligini tajriba-sinov orqali asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarning amaliy mashg‘ulotlar asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ixtisoslik fanlarini o‘qitishda tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar tizimini Bloom taksonomiyasining kognitiv darajalari bilan integratsiyalanib, o‘quv mazmuni “bilish–tushunish–qo‘llash–tahlil–sintez–baholash” bosqichlari bo‘yicha qayta strukturalashtirilib, kasbiy kompetensiyaning motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirildi hamda yuqori darajadagi tafakkur operatsiyalarini (analitik, kreativ va refleksiv faoliyatni) bosqichma-bosqich aniqlashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi modelida amaliy kuzatuvchanlikni faollashtirish, sinergetik-moslashuvchan yondashuvni qo‘llash hamda ilmiylik, ketma-ketlik va ko‘rgazmalilik tamoyillari asosida sanogen tafakkur va refleksiv ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, fazoviy tasavvurni rivojlantirish hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga transfer qilish mexanizmini ta’minlovchi integrallashgan kasbiy kompetentlikning motivatsion, kognitiv hamda operatsion-refleksiv komponentlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning amaliy mashg‘ulotlar bajarish jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmun va talablari, protsessual asoslari interfaol ta’lim komponentlarini qamrab olgan identifikatsiyashga asoslangan ta’lim resurslarini adaptiv qo‘llash hamda kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassilarning amaliy mashg‘ulotlar bajarish jarayonida kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilib, taklif etilgan metodikaning samaradorligini baholovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etildi hamda natijalar matematik-statistik metodlar asosida aniqlashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amaliy mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ixtisoslik fanlarini o‘qitishda tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar tizimini Bloom taksonomiyasining kognitiv darajalari bilan integratsiyalanib, o‘quv mazmuni “bilish–tushunish–qo‘llash–tahlil–sintez–baholash” bosqichlari bo‘yicha qayta strukturalashtirilib, kasbiy kompetentlikni amaliy mashg‘ulotlar jarayonida shakllantirishning mezon va indikatorlari tizimi “General astronomy” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025- yil 14- apreldagi 136-sonli buyrug‘i №242024) darsligi, “Astronomiya o‘qitishda axborot texnologiyalari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 7- maydagi 149-sonli buyrug‘i №783334) darsligi, “Astronomiyadan masalalar echish metodikasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025- yil 14- apreldagi 136-sonli buyrug‘i №171902) nomli darsligi ishlab chiqildi. Natijada kasbiy kompetensiyaning motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlari bilan o‘zaro uyg‘unlashtirildi hamda yuqori darajadagi tafakkur operatsiyalarini (analitik, kreativ va refleksiv faoliyatni) bosqichma-bosqich aniqlashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar asosida bo’lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi modeli amaliy kuzatuvchanlikni faollashtirish, sinergetik-moslashuvchan yondashuvni qo‘llash hamda ilmiylik, ketma-ketlik va ko‘rgazmalilik tamoyillariga asoslangan o‘quv qo‘llanmalar “STEAM ta’lim tizimida fizika astranomiyani o‘qitish fanidan labaratoriya mashg‘ulotlari” o‘quv qo‘llanma (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 27- dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i №646168), “STEAM ta’lim tizimida fizika va astronomiyani o‘qitish” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 7- maydagi 149-sonli buyrug‘i №792673.) darsligi mazmuniga singdirilgan, sanogen tafakkur va refleksiv ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantiriildi. Natijada fazoviy tasavvurni rivojlantirish hamda nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga transfer qilish mexanizmini ta’minlovchi integrallashgan kasbiy kompetentlikning motivatsion, kognitiv komponentlari takomillashtirilgan;
bo’lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmun va talablari, protsessual asoslari interfaol ta’lim komponentlarini qamrab olgan O‘zbekiston Republikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazidan olingan ma’lumotnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025- yil 23-oktyabrdagi 02/01-01-422-son) mazmuniga singdirildi. Natijada, identifikatsiyashga asoslangan ta’lim resurslarini adaptiv qo’llash hamda kompetensiyaviy talablariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassilarning kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari va indikatorlari ishlab chiqilib, taklif etilgan metodikaning samaradorligini baholovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etilib, “Astronomiyadan masalalar echish metodikasi fanidan seminar mashg‘ulotlari” (O‘zbekiston Respublikasining fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 14-apreldagi buyrug‘i №940404) o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirildi, hamda natijalar matematik-statistik metodlar asosida aniqlashtirilgan;