Tursunov Uktam Saypullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘zbekistonda inson omili bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlar:tarix va tahlil (1991-2025 yillar Surxondaryo viloyati misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar872.
Ilmiy rahbar: Saidaxmatov Sharifbek Toshpo‘latovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2025 yillarda O‘zbekistonda inson omili bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarning tarixiy tahlilini Surxondaryo viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi tarixan uch bosqichda kechganligi, uning birinchi bosqichi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq ekanligi, ikkinchi bosqichda Sovet davlatining nogironlar bo‘yicha siyosati mavjud bo‘lishiga qaramay ularning integratsiyasi past darajada bo‘lganligi, uchinchi bosqich— mustaqillik yillarida nogironlar jamiyatlari faoliyati kengayib, davlat tomonidan subsidiya va grantlar ajratilganligi hamda ularning huquqiy manfaatlari milliy va xalqaro huquqlarga mos ravishda takomillashtirilganligi asoslab berilgan;
nogironlar va kam ta’minlangan aholini moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimida tadbirkorlik subektlari va homiylik harakatining roli alohida ahamiyat kasb etganligi, zamonaviy ijtimoiy siyosat doirasida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”, “Eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi talaba”, “Eng yaxshi sportchi” kabi tanlov va mukofotlar tizimining joriy etilishi muhim ijtimoiy rag‘batlantirish mexanizmi sifatida namoyon bo‘lganligi, bu esa nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish imkonini berganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etilishi barcha bolalar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlaganligi, nogironligi bo‘lgan bolalarni kasb-hunar ta’limiga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ishga joylashtirish va daromadini ko‘paytirish asosida jamiyat hayotiga to‘liq jalb etishda muhim ahamiyat kasb etganligi, “Ko‘zni almashtiruvchi” nomli mobil ilovaning joriy etilishi ko‘zi ojizlarning atrof-muhitni aniqlash, harakatlanish va turli obyektlar haqida ovozli ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirganligi dalillangan;
Tubbiyotda “Surxondaryo tajribasi”ning keng qollanilishi surunkali kasalligi mavjud bemorlarni sog‘lomlashtirish va patronaj tizimini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etganligi, tibbiyot muassasalarini yangi diagnostik jihozlar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanishi bemorlarning Respublika va xorijiy davlatlarga qatnovining kamayishiga olib kelganligi, elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida sog‘liqni saqlash muassasalarining elektr ta’minotidagi uzilishlar soni qisqarganligi va ish sifati yanada yanada yaxshilanishga erishilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda inson omili bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlar: tarix va tahlil (1991-2025 yillar Surxondaryo viloyati misolida) asosida:
O‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi tarixan uch bosqichda kechganligi, uning birinchi bosqichi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq ekanligi, ikkinchi bosqichda Sovet davlatining nogironlar bo‘yicha siyosati mavjud bo‘lishiga qaramay ularning integratsiyasi past darajada bo‘lganligi, uchinchi bosqich— mustaqillik yillarida nogironlar jamiyatlari faoliyati kengayib, davlat tomonidan subsidiya va grantlar ajratilganligi hamda ularning huquqiy manfaatlari milliy va xalqaro huquqlarga mos ravishda takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 14-yanvardagi 01-33/30-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
Nogironlar va kam ta’minlangan aholini moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimida tadbirkorlik subektlari va homiylik harakatining roli alohida ahamiyat kasb etganligi, zamonaviy ijtimoiy siyosat doirasida “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”, “Eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi talaba”, “Eng yaxshi sportchi” kabi tanlov va mukofotlar tizimining joriy etilishi muhim ijtimoiy rag‘batlantirish mexanizmi sifatida namoyon bo‘lganligi, bu esa nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish imkonini berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2026-yil 14-yanvardagi 01-33/30-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning kam ta’minlangan aholini himoya qilishdagi o‘rni to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etilishi barcha bolalar uchun teng ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlaganligi, nogironligi bo‘lgan bolalarni kasb-hunar ta’limiga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ishga joylashtirish va daromadini ko‘paytirish asosida jamiyat hayotiga to‘liq jalb etishda muhim ahamiyat kasb etganligi, “Ko‘zni almashtiruvchi” nomli mobil ilovaning joriy etilishi ko‘zi ojizlarning atrof-muhitni aniqlash, harakatlanish va turli obyektlar haqida ovozli ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ish faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 15-yanvardagi 10/35-son ma’lumotnomasi). Bu esa, aholi o‘rtasida inklyuziv ta’lim va nogironlarni ta’lim tizimiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Tubbiyotda “Surxondaryo tajribasi”ning keng qollanilishi surunkali kasalligi mavjud bemorlarni sog‘lomlashtirish va patronaj tizimini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etganligi, tibbiyot muassasalarini yangi diagnostik jihozlar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanishi bemorlarning Respublika va xorijiy davlatlarga qatnovining kamayishiga olib kelganligi, elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida sog‘liqni saqlash muassasalarining elektr ta’minotidagi uzilishlar soni qisqarganligi va ish sifati yanada yanada yaxshilanishga erishilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ish faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 15-yanvardagi 10/35-son ma’lumotnomasi). Bu esa, ma’naviyat targ‘ibotchilari orasida surunkali kasalligi bor bemorlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi” to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.