Amirqulov Shuxrat Olimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning ilmiy uslubiy asoslari”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. DSc/Iqt569.
Ilmiy maslahatchi: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Rustam Xusanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Burxanov Alisher Xadjimuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Shaxujaeva Zebo Safoevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “organik qishloq xo‘jaligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tabiat, insonlar hayoti va butun tirik mavjudot hayotiga salbiy ta’sir etmaydigan, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol fazalaridagi jarayonlarni qonunchilik meyorlariga muvofiqlashtirilgan, inson tomonidan buzilgan biosfera va texnosfera o‘rtasidagi muvozanatni tiklash imkoniyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
organik qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni baholash mezoni, ko‘rsatkichlari va algoritmi hamda mahsulot sifati indeksini aniqlash uslubiyoti mahsulotning sifat gradatsiyasi koeffisienti (0,01-1,0) oralig‘ida “chiqindi” (0,01-0,55), “nostandart tovar” (0,56-0,70), “standart tovar” (0,71-1,0) sifatida baholash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi uning tashkiliy tuzilmasini organik tipdagi mayda tovar xo‘jaligi (dehqon, fermer va tomorqa er egalari) hamda infratuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik bozor modeliga muvofiqlashtirish orqali asoslangan;
bir gektar er maydonidagi tuproq unumdorligining normativga nisbatan o‘zgarish darajasi koeffisientiga asoslanib ( > yoki  >1) bo‘lganda organik mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ijobiy (subsidiyalash),  < yoki ( <1) bo‘lganda salbiy (jarimaga tortish) rag‘batlantirish hamda organik iste’molchilarni mahsulot xaridining 25 foizi miqdorida davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmi taklif etilgan;
O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida qishloq xo‘jaligi va uning organik sektorini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning ilmiy uslubiy asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “organik qishloq xo‘jaligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tabiat, insonlar hayoti va butun tirik mavjudot hayotiga salbiy ta’sir etmaydigan, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol fazalaridagi jarayonlarni qonunchilik me`yorlariga muvofiqlashtirilgan, inson tomonidan buzilgan biosfera va texnosfera o‘rtasidagi muvozanatni tiklash imkoniyati nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment asoslari” nomli o‘quv qo‘llamani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 01 martdagi №110-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda inson tomonidan buzilgan biosfera va texnosfera o‘rtasidagi muvozanatni tiklash imkoniyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “organik qishloq xo‘jaligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
organik qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni baholash mezoni, ko‘rsatkichlari va algoritmi hamda mahsulot sifati indeksini aniqlash uslubiyotini mahsulotning sifat gradatsiyasi koeffisienti (0,01-1,0) oralig‘ida “chiqindi” (0,01-0,55), “nostandart tovar” (0,56-0,70), “standart tovar” (0,71-1,0) sifatida baholash orqali takomillashtirish taklifi Qashqadaryo viloyatining Kasbi (“Habiba Bobilova” va “Bekmurodov Javohir” fermer xo‘jaliklari), Nishon (“Rizoqulova Guljamol” fermer xo‘jaligi) va Kitob (“Berdimurod Polvon Eshonqulovich” va “Parchakent” fermer xo‘jaliklari) tumanlari dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatida foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-676-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida organik qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyatini tahlil qilish, hisob va monitoring yuritish, mahsulot sifatini boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari yuzaga kelgan hamda ishlab chiqarish xarajatlarini 4,5 % tejalishi va rentabellikni 5,6 % o‘sishiga erishilgan;
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi uning tashkiliy tuzilmasini organik tipdagi mayda tovar xo‘jaligi (dehqon, fermer va tomorqa er egalari) hamda infratuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik bozor modeliga muvofiqlashtirish taklifi Shaxrisabz va Kitob tumanlari dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-676-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlaridagi aholining ish bilan bandligi, qishloq xo‘jaligiga yaroqli bir birlik er maydoni hisobiga olinadigan daromadlar darajasining o‘sishi, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ta’minlangan;
bir gektar er maydonidagi tuproq unumdorligining normativga nisbatan o‘zgarish darajasi koeffisientiga asoslanib ( > yoki  >1) bo‘lganda organik mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ijobiy (subsidiyalash),  < yoki ( <1) bo‘lganda salbiy (jarimaga tortish) rag‘batlantirish hamda organik iste’molchilarni mahsulot xaridining 25 foizi miqdorida davlat tomonidan subsidiyalash mexanizmi bo‘yicha taklifi Kasbi (“Habiba Bobilova” va “Bekmurodov Javohir” fermer xo‘jaliklari), Nishon (“Rizoqulova Guljamol” fermer xo‘jaligi) va Kitob (“Berdimurod Polvon Eshonqulovich” va “Parchakent” fermer xo‘jaliklari) tumanlari dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-676-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining tuproqning tabiiy unumdorligini oshirishga bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarib, avvalgi er ball bonitetini pasaytirish orqali davlatdan subsidiya olishga bo‘lgan intilish o‘rniga, endi er ball bonitetini oshirish hisobiga qo‘shimcha daromad olish va er solig‘ini rag‘bat hisobidan qoplash imkoniyatlari yuzaga kelgan;
O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida qishloq xo‘jaligi va uning organik sektorini rivojlantirishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-389-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05/04-04-676-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish asosida 2025 yilda 34566 nafar aholini ish bilan bandligini ta’minlash imkoni yuzaga kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish