Qodirova Xolida Salimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4625.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ziyorat turizmi” tushunchasiga oid ilmiy yondashuvlar asosida insonlarni ijtimoiy-psixologik qarashlarini boyitish, muqaddas joylarga mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrif buyurishi, hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy munosabatlarini rivojlantirish hamda madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bog‘liq ekanligi asoslangan;
ziyorat turizmini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish, mintaqadagi moddiy madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanishning huquqiy asoslari, ovqatlanish, joylashtirish, transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yilganligi, mutaxassislarning malakasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqa turistik salohiyatini baholashning baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
davlat-xususiy sherikchilik asosida ziyorat turizmining mintaqa iqtisodiyotidagi rolini, aholini bandligini ta’minlash, turistik ob’ektlar jozibadorligini oshirish maqsadida “mintaqa ziyorat turizmini rivojlantirishning hamkorlik tizimi”ni yo‘lga qo‘yishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ziyorat turizmidan olinadigan daromad va zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarining faoliyatini rivojlantirish darajasini oshirishga qaratilgan ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ziyorat turizmi” tushunchasiga oid ilmiy yondashuvlar asosida insonlarni ijtimoiy-psixologik qarashlarini boyitish, muqaddas joylarga mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrif buyurishi, hududlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy munosabatlarini rivojlantirish hamda madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bog‘liq ekanligini asoslash va sohani innovatsion rivojlantirishni ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid masalalar 5610100 – Turizmni tashkil qilish va boshqarish, 61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 61010100 – Mehmonxona faoliyatini tashkil etish va boshqarish, 60411201 – Menejment: turizm biznesini boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Turizm transporti va distribusiyasi” darsligida yoritilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-noyabrdagi 364-sonli buyrug‘i. Natijada turizm va ziyorat turizmini ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini kengroq tushunish hamda  madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanish, milliy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratish va sohaning innovatsion rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga erishilgan;
ziyorat turizmini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish, mintaqadagi moddiy madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanishning huquqiy asoslari, ovqatlanish, joylashtirish, transport xizmatlarini yo‘lga qo‘yilganligi, mutaxassislarning malakasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqa turistik salohiyatini baholashning “yuqori samarali” [90-100], “o‘rta samarali” [70-89], “past samarali” [60-69], “samarasiz” [0-59]  baholash mezonlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi tomonidan moddiy-madaniy meros ob’ektlari va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar integratsiyasini ta’minlash, ziyorat turizmi faoliyatini yanada samarali boshqarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 28-avgustdagi 02-13/03-26-son ma’lumotnomasi). Natijada ziyorat turizmi salohiyatini tizimli baholash hamda ziyorat turizmi ob’ektlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, xususan mahalliy va xorijiy ziyoratchilar oqimini kengaytirish, hududda turistik xizmatlar salohiyatini oshirib borish, ziyoratgohlar va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar imkoniyatidan to‘liq foydalanish orqali ziyoratchilar sonining 15-20% ortishiga xizmat qilgan; 
davlat-xususiy sherikchilik asosida ziyorat turizmining mintaqa iqtisodiyotidagi rolini, aholini bandligini ta’minlash, turistik ob’ektlar jozibadorligini oshirish maqsadida “mintaqa ziyorat turizmini rivojlantirishning hamkorlik tizimi”ni yo‘lga qo‘yishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi “2022 — 2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 545-sonli qarorning ijrosini ta’minlashda mintaqaning ziyorat turizm salohiyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yaxshilashda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 28-avgustdagi 02-13/03-26-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasida ziyorat turizmini davlat-xususiy sherikchilik asosida hududdagi ziyorat turizmi ob’ektlarini jozibadorligini oshirish, davlat tomonidan imtiyozlar berish tartibini joriy etish, mintaqa ziyorat turizmini rivojlantirishning hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini qo‘llash orqali YHM ulushini 0,9 %ga o‘sish ko‘rsatkichiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ziyorat turizmidan olinadigan daromad va zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarining faoliyatini rivojlantirish darajasini oshirishga qaratilgan ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 
2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish  bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasining 2025-yil 28-avgustdagi 02-13/03-26-son ma’lumotnomasi). Natijada  Qoraqalpog‘iston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va daromadni oshirishga qaratilgan 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asosida ziyorat turizmidan olingan daromad 2025-yilda 3879,8 mln.so‘mni tashkil etishi, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 4771,4 mln.so‘mni yoki 0,8 barobarga ortishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish