Ramatov Zafarbek Jumaniyozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yashil iqtisodiyot sharoitida tog‘-kon sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish (“Olmaliq KMK” AJ misolida), 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4893
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Saodat Arislanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudaynazarova Dilorom Xayrullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyot sharoitida tog‘-kon sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘-kon sanoati korxonalarining grinometrik samaradorligini baholash usuli konchilik korxonalarining barqaror yashil iqtisodiyotga integratsiyasini chuqurlashtirish va optimallashtirish orqali resurs tejamkorligi, ekologik muvozanat va innovatsion yashil texnologiyalar asosida ishlab chiqarish samaradorligini maksimal darajaga etkazish orqali takomillashtirilgan;
“Olmaliq KMK” AJning grinometrik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini barqaror yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan holda kon sanoatining tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga qaratilgan kompleks integratsion tizim sifatida takomillashtirishda ekologik (0,25 ≤ E ≤ 0,39), iqtisodiy (0,45 ≤ I ≤ 0,52) va texnologik (0,35 ≤ T ≤ 0,44) omillarning maqbul nisbatini ta’minlash taklifi asoslangan;
uglerod neytrallikka erishish maqsadida raqamlashtirilgan energiya boshqaruvi, chiqindisiz ishlab chiqarish, sirkulyar iqtisodiyot orqali yashil iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan “Olmaliq KMK” AJning 2030-yilgacha uglerod neytralligi strategiyasi ishlab chiqilgan;
“Olmaliq KMK” AJning yashil iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmi va strategiyalariga ko‘ra ekologik-moliyaviy ko‘rsatkichlar va uglerod neytralligi dinamikasining o‘zaro ta’sirining VAR modeli bo‘yicha tahlili asosida 2035-yilga qadar grinometrik darajasining integratsiyalashgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashil iqtisodiyot sharoitida tog‘-kon sanoati korxonalarining oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
tog‘-kon sanoati korxonalarining grinometrik samaradorligini baholash usuli konchilik korxonalarining barqaror yashil iqtisodiyotga integratsiyasini chuqurlashtirish va optimallashtirish orqali resurs tejamkorligi, ekologik muvozanat va innovatsion yashil texnologiyalar asosida ishlab chiqarish samaradorligini maksimal darajaga etkazish orqali takomillashtirish taklifi “Olmaliq KMK” AJning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatida joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2026-yil 27-fevraldagi №02-26/05-01822-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning yashil iqtisodiy samaradorligini baholash imkoniyati yuzaga kelib, 2024-yilda iqtisodiy samaradorlik 2 foizni tashkil etishi aniqlangan;
“Olmaliq KMK” AJning grinometrik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini barqaror yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan holda kon sanoatining tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga qaratilgan kompleks integratsion tizim sifatida takomillashtirishda ekologik (0,25 ≤ E ≤ 0,39), iqtisodiy (0,45 ≤ I ≤ 0,52) va texnologik (0,35 ≤ T ≤ 0,44) omillarning maqbul nisbatini ta’minlash taklifi “Olmaliq KMK” AJning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatida joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2026-yil 27-fevraldagi №02-26/05-01822-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda yashil samaradorlik indeksi 38 foizni tashkil etgan hamda yashil investisiyalar 16329,68 mlrd.so‘m qiymatida o‘z aksini topgan;
uglerod neytrallikka erishish maqsadida raqamlashtirilgan energiya boshqaruvi, chiqindisiz ishlab chiqarish, sirkulyar iqtisodiyot orqali yashil iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan “Olmaliq KMK” AJning 2030-yilgacha ishlab chiqilgan uglerod neytralligi strategiyasi “Olmaliq KMK” AJning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2026-yil 27-fevraldagi №02-26/05-01822-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yashil innovatsiyalar samaradorligi 2,8 foizga etishiga muvaffaqiyatli erishilgan;
“Olmaliq KMK” AJning yashil iqtisodiy samaradorligini oshirish mexanizmi va strategiyalariga ko‘ra ekologik-moliyaviy ko‘rsatkichlar va uglerod neytralligi dinamikasining o‘zaro ta’sirining VAR modeli bo‘yicha tahlili asosida 2034-yilga qadar ishlab chiqilgan grinometrik darajasining integratsiyalashgan prognoz ko‘rsatkichlari “Olmaliq KMK” AJning tashkiliy-iqtisodiy faoliyatida 2024-yil 11-sentyabr №304-sonli buyrug‘i bilan 2035-yilgacha grinometrik darajasining integratsiyalashgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish maqsadida qo‘llanilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2026-yil 27-fevraldagi №02-26/05-01822-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2026-yil yakuniga kelib yashil iqtisodiy samardorlik 1.0 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘ni tashkil etishi kutilmoqda.