Esanov Oybek Madatovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda ko‘chmas mulk hisobini takomillashtirish” 08.00.08- Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Iqt3559
Ilmiy rahbar: iqtisod fanlari doktori, professor Urazov Komil Baxramovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nozir Alievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mardonov Mamed Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. 
Korxonalarda ko‘chmas mulk hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar asosiy vositalari alohida guruhlari hisobi uchun mo‘ljallangan 0110 - “Er”, 0120 - “Bino, inshootlar va uzatuvchi  moslamalar”, 0180 - “Ko‘p yillik o‘simliklar” va 0190 - “Boshqa asosiy vositalar” schyotlar tarkibi mazkur guruhlarga kiruvchi ko‘chmas mulk ob’ektlarini ulardan foydalanish va daromad olish yo‘nalishlari kesimlarida tizimli aks ettirishga imkon beruvchi schyotlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
amaldagi 0810 - “Tugallanmagan qurilish” schyoti tarkibida ko‘chmas mulk ob’ektlarini qurish, modernizatsiyalash, renovatsiyalash, rekonstruksiyalashlash va kengaytirishga kapital investisiyalar to‘g‘risida axborotlarni bevosita tizimli aks ettirish imkonini beruvchi schetlarni ochish asosida uni “Ko‘chmas mulk ob’ektlarini qurish, modernizatsiyalash, renovatsiyalash, rekonstruksiyalashlash va kengaytirishga kapital investisiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlar” ko‘rinishida qayta nomlash tavsiya etilgan;
reklassifikatsiyalangan (guruhdan guruhga o‘tkazilgan) ko‘chmas mulk ob’ektlarini tavsiya qilingan schyotlarda tizimli hisobini yuritish hamda ushbu schyotlar ma’lumotlari asosida maxsus “Ko‘chmas mulk ob’ektlarining guruhlar kesimida holati va harakati to‘g‘risida hisobot”ni tuzish orqali axborot foydalanuvchilarni mazkur aktivlarga doir shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan; 
xalqaro standartlar IFRS 5 - “Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat”, IFRS 16 - “Ijara”, IFRS 2 - “Aksiyaga asoslangan to‘lov” va IAS 19 - “Xodimlarning daromadlari” talablari asosida  ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish, ijaraga berish va ijaraga olish operatsiyalarini tavsiya etilgan schyotlarda hamda ularga oid pul kirimi va chiqimini “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”da aks ettirish tartiblari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda ko‘chmas mulk hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida: 
korxonalar asosiy vositalari alohida guruhlari hisobi uchun mo‘ljallangan 0110 - “Er”, 0120 - “Bino, inshootlar va uzatuvchi  moslamalar”, 0180 - “Ko‘p yillik o‘simliklar” va 0190 - “Boshqa asosiy vositalar” schyotlar tarkibi mazkur guruhlarga kiruvchi ko‘chmas mulk ob’ektlarini ulardan foydalanish va daromad olish yo‘nalishlari kesimlarida tizimli aks ettirishga imkon beruvchi schyotlarni kiritish taklifi “Samarqand dori-darmon”  va “Samarqand don mahsulotlari” AJlar amaliyotiga joriy etilgan (“Samarqand dori-darmon” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № MV-11/369-sonli ma’lumotnomasi, “Samarqand don mahsulotlari” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № 254/3-02-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi ushbu korxonalarning hisob siyosatida, 1 S: Buxgalteriya ma’lumotlar bazasida ko‘chmas mulki ta’rifi, ko‘chmas mulk ob’ektlarini  klassifikatsiyalash, kodlashtirish va baholash tizimlarini  takomillashtirishga xizmat qilgan; 
amaldagi 0810 - “Tugallanmagan qurilish” schyoti tarkibida ko‘chmas mulk ob’ektlarini qurish, modernizatsiyalash, renovatsiyalash, rekonstruksiyalashlash va kengaytirishga kapital investisiyalar to‘g‘risida axborotlarni bevosita tizimli aks ettirish imkonini beruvchi schetlarni ochish asosida uni “Ko‘chmas mulk ob’ektlarini qurish, modernizatsiyalash, renovatsiyalash, rekonstruksiyalashlash va kengaytirishga kapital investisiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlar” ko‘rinishida qayta nomlash taklifi “Samarqand dori-darmon” va “Samarqand don mahsulotlari” AJlar amaliyotiga joriy etilgan (“Samarqand dori-darmon” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № MV-11/369-sonli ma’lumotnomasi, “Samarqand don mahsulotlari” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № 254/3-02-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida ushbu korxonalarda ko‘chmas mulk ob’ektlariga qilingan kapital sarflar to‘g‘risidagi axborotlarni ular turlari kesimlarida hisob va hisobotda tizimli va shaffof aks ettirilishiga erishilgan; 
reklassifikatsiyalangan (guruhdan guruhga o‘tkazilgan) ko‘chmas mulk ob’ektlarini tavsiya qilingan schyotlarda tizimli hisobini yuritish hamda ushbu schyotlar ma’lumotlari asosida maxsus “Ko‘chmas mulk ob’ektlarining guruhlar kesimida holati va harakati to‘g‘risida hisobot”ni tuzish orqali axborot foydalanuvchilarni mazkur aktivlarga doir shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlash taklifi “Samarqand dori-darmon” va “Samarqand don mahsulotlari” AJlar amaliyotiga joriy etilgan (“Samarqand dori-darmon” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № MV-11/369-sonli ma’lumotnomasi, “Samarqand don mahsulotlari” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № 254/3-02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  tavsiya etilgan schyotlar hisob siyosatiga kiritilgan, ular asosida korxonalarda reklassifikatsiyalangan (guruhdan guruhga o‘tkazilgan) ko‘chmas mulk ob’ektlarini tizimli hisobi yo‘lga quyilgan, shuningdek ushbu schyotlar ma’lumotlari asosida maxsus ichki maqsadlarda “Ko‘chmas mulk ob’ektlarining guruhlar kesimida holati va harakati to‘g‘risida hisobot”ni tuzish va buxgalteriya balansiga ilova sifatida foydalanuvchilarga taqdim etish orqali buxgalteriya hisobining axborot berish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
xalqaro standartlar IFRS 5 - “Sotish uchun mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar va tugatilgan faoliyat”, IFRS 16 - “Ijara”, IFRS 2 - “Aksiyaga asoslangan to‘lov” va IAS 19 - “Xodimlarning daromadlari” talablari asosida  ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish, ijaraga berish va ijaraga olish operatsiyalarini tavsiya etilgan schyotlarda hamda ularga oid pul kirimi va chiqimini “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”da aks ettirish tartiblarini takomillashtirish taklifi “Samarqand dori-darmon”  va “Samarqand don mahsulotlari” AJlar amaliyotiga joriy etilgan (“Samarqand dori-darmon” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № MV-11/369-sonli ma’lumotnomasi, “Samarqand don mahsulotlari” AJning 2024-yil 23-dekabrdagi № 254/3-02-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida  ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotish, ijaraga berish va olish operatsiyalarini hisob va hisobotda aks ettirish uslubiyati MHXSda belgilangan tartiblarga muvofiqlashtirilgan, shuningdek “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”ning axborot berish imkoniyatlarini yanada oshishiga olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish