Seytimbetov Kabul Serimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3716.
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiev Anvar Abduraxmanovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish korxonalarida bo‘sh quvvat va talab tebranishlarini hisobga olgan holda mavsumiy va vaqt oraliqlari kesimida dinamik narx belgilash tartibini joriy etish orqali quvvatdan foydalanish maromiyligini ta’minlash asoslangan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash usuli iqtisodiy o‘sishning intensiv (Ii>1) va ekstensiv (Iye<1) omillari ustuvorligi tavsifiga ko‘ra mehnat unumdorligi, fond qaytimi ko‘rsatkichlari hamda bandlar, fond sig‘imi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro maqbul nisbat (MN = 0,65; 0,35)ni belgilash asosida takomillashtirilgan;
muayyan xizmat turiga ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasida nisbatan kam iste’mol qilinuvchi yoki “noyob” turdagi xizmatlar bo‘yicha ehtiyojni qondirishda “qisman tavsifdagi kooperatsiyalar”dan foydalanish orqali yangi paydo bo‘layotgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlarini tezlik bilan yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish korxonalarida bo‘sh quvvat va talab tebranishlarini hisobga olgan holda mavsumiy va vaqt oraliqlari kesimida dinamik narx belgilash tartibini joriy etish orqali quvvatdan foydalanish maromiyligini ta’minlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 30 oktyabrdagi №02-06/09-10/1285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida xizmat ko‘rsatish korxonalarida mavjud quvvatlardan foydalanish maromiyligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni baholash usuli iqtisodiy o‘sishning intensiv (Ii>1) va ekstensiv (Iye<1) omillari ustuvorligi tavsifiga ko‘ra mehnat unumdorligi, fond qaytimi ko‘rsatkichlari hamda bandlar, fond sig‘imi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro maqbul nisbat (MN = 0,65; 0,35)ni belgilash asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 30 oktyabrdagi №02-06/09-10/1285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2024 yilda iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini “Taxiatosh neft bazasi” MChJda – 2,33 koeffisientga, “Universal mobile systems” MChJda – 1,17 koeffisientga, “Rembittex servis” XKda – 1,12 koeffisientga oshirish imkonini bergan;
muayyan xizmat turiga ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasida nisbatan kam iste’mol qilinuvchi yoki “noyob” turdagi xizmatlar bo‘yicha ehtiyojni qondirishda “qisman tavsifdagi kooperatsiyalar”dan foydalanish orqali yangi paydo bo‘layotgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlarini tezlik bilan yo‘lga qo‘yish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 30 oktyabrdagi № 02-06/09-10/1285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida yangi paydo bo‘layotgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish turlarini tezlik bilan yo‘lga qo‘yish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorining barqaror rivojlanish tendensiyalari hamda jami xizmatlar hajmini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar bozorini 2025-2030-yillarda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025 yil 30 oktyabrdagi № 02-06/09-10/1285-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2025-2030 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida respublikada aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan xizmatlar hajmini 48,5% ga va kichik biznes sub’ektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmini 28,4% ga oshishi imkoni aniqlangan.