Xayitov  Laziz  Milionerovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir kuygan bemorlarda nafas etishmovchiligi va ichak parezini erta profilaktikasi va davolashda endoskopik yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Tib1267.
Ilmiy maslaxatchi: Erkin Abdixalilovich Xakimov, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zinov`ev Evgeniy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salaxiddinov Kamoliddin Zuxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘ir kombinatsiyalashgan kuyishlar bilan og‘rigan, ichak parezi bilan asoratlangan bemorlarni davolash samaradorligini ingichka ichakning endoskopik nazointestinal intubatsiyasini qo‘llash asosida oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni davolash natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi  hamda hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar rivojlanishining asosiy omillari sifatida ichaklar parezining rivojlanishi sababligi isbotlangan;
ilk bor  nafas etishmovchiligi hamda ichaklar parezi  bilan asoratlangan og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni kompleks davolashda enteral dekompressiyaning samaradorligi patomorfologik asoslangan;
ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarda yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion shikastlanishi va ichak parezlari birga kuzatilgan xolatlarda enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ va erta enteral oziqlantirishni alohida, xamda birgalikda qo‘llashdagi davolash samaradorligi isbotlangan;
ilk bor enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ, erta enteral oziqlantirishdan foydalangan holda, og‘ir hamda o‘ta og‘ir kuygan ingalyasion shikastlanishi va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarni davolashda  etiopatogenetik  jixatdan  samarali  davolash usuli ishlab chiqilgan.
ishlab chiqilgan algoritmdan og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni davolashda  foydalanish ichaklar parezi, poliorgan etishmovchilik kabi hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar  rivojlanishini erta bashoratlash hamda ularni oldini olish  imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik  kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga dadbig‘i bo‘yicha 2026 yil 3 fevral`dagi 2-son xulosasiga ko‘ra :
birinchi  ilmiy yangilik:  ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni davolash natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi  hamda hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar rivojlanishining asosiy omillari sifatida ichaklar parezining rivojlanishi sababligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: og‘ir va o‘ta og‘ir kuyganlarda ingichka ichakga  kaminvaziv yo‘l bilan nazointestinal intubatsiyani qo‘llash davolash samaradorligini oshirish imkonini berd. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish: olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (09.10.2025 y. 134-T11-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi  Surxondaryo  filiali (13.10.2025 y. 479-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: endoskopik texnologiyalardan foydalangan  holda  termoingalyasion jaroxat  va ichaklar parezi kabi asoratlarni tashxislash va davolash  algoritmi ishlab chiqildi va amalga oshirildi, bu bemorni kompleks davolash usulini tanlash  imkon berdi. Ushbu algoritm  davolovchi endoskopik aralashuvlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy samaradorligi: endoskopik texnologiyalardan foydalangan holda kuyish  kasalligining asoratlangan shakllarini tashxislash va davolash  algoritmi orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  54000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18000 so‘mga tejash  imkonini bergan. Xulosa: og‘ir kuygan termoingalyasion  zararlanishi  va  ichaklar parezi bilan  asoratlangan bemorlarda  endoskopik  nazointestinal zonlash  paralitik ichak etishmovchiligida  ichaklar  faoliyatini sezilarli darajada tiklash  imkon berishi  aniqlandi (83,1% dan 96,3% gacha).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor  nafas etishmovchiligi hamda ichaklar parezi  bilan asoratlangan og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni kompleks davolashda enteral dekompressiyaning samaradorligi patomorfologik asoslangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion jarohati va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarni endoskopik tekshirish va erta nazointestinal zondlash ushbu tizimlar bilan bog‘liq og‘ir asoratlarni sezilarli kamaytirdi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish: olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (09.10.2025 y. 134-T11-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi  Surxondaryo  filiali (13.10.2025 y. 479-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir kuygan yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion shikastlanishi va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarga enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ va erta enteral oziqlanishni alohida va birgalikda qo‘llash samaradorligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir kuygan ichaklar parezi bilan asoratlangan  bemorlarda nazointestinal zond orqali ichaklarni dekompressiya qilish bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 28 kundan 21 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 210 ming so‘mga kamaytirgan (RShTYoM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Og‘ir  kuygan  ichaklar parezi va ichaklar etishmovchiligi bilan asoratlanganlarda, ingichka ichakni endoskopik intubatsiyasi MIT bilan  bog‘liq erta asoratlarni kamaytirishi hisobga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarda yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion shikastlanishi va ichak parezlari birga kuzatilgan xolatlarda enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ va erta enteral oziqlantirishni alohida, xamda birgalikda qo‘llashdagi davolash samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion jarohati va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarni endoskopik tekshirish va erta nazointestinal zondlash va ichaklarni dekompressiya qilish erta sog‘ayish imonini berdi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish: olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (09.10.2025 y. 134-T11-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi  Surxondaryo  filiali (13.10.2025y.479-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: Og‘ir kuygan yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion shikastlanishi va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarni enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ va erta enteral oziqlantirish yordamida davolashning yangi samarali usuli ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi:  og‘ir kuygan termoingalyasion jaroxati va ichaklar parezi bilan asoratlangan  bemorlarda nazointestinal zond orqali ichaklarni dekompressiya qilish bilan bir vaqtda enteral  lavaj va dializ qo‘llash paralitik ichak tutilishi oldini olishi xisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.  Xulosa: og‘ir kuygan termoingalyasion  zararlanishi  va  ichaklar parezi bilan  asoratlangan bemorlarda  endoskopik  nazointestinal zonlash paralitik ichak tutilishining rivojlanishi sezilarli darajada pasaytirish  imkonini  berishi  aniqlandi (43,7% dan  14,4%gacha).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor enteral dekompressiya, detoksikatsiya, dializ, erta enteral oziqlantirishdan foydalangan holda, og‘ir hamda o‘ta og‘ir kuygan ingalyasion shikastlanishi va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarni davolashda  etiopatogenetik  jixatdan  samarali  davolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning axamiyati: og‘ir kuygan yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion jaroxati va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarda enteral dekompressiya, detoksikatsiya, lavaj, dializ va erta enteral oziqlanishning yangi optimal usuli ishlab chiqildi va  tavsiya etildi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish: olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (09.10.2025 y. 134-T11-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi  Surxondaryo  filiali (13.10.2025 y. 479-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan.  Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir kuygan termoingalyasion jaroxati va ichaklar parezi bilan asoratlangan  bemorlarda nazointestinal zond orqali ichaklarni dekompressiya qilish, enteral  lavaj va dializ bilan birga zond orqali  erta enteral oziqlantirishni qo‘llash, nafas tizimi va MIT bilan bog‘liq  yuzaga keladigan og‘ir asoratlar va POE ni oldini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi:  1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.Xulosa: og‘ir kuygan termoingalyasion  zararlanishi  va  ichaklar parezi bilan  asoratlangan bemorlarda, nafas tizimi va MIT bilan bog‘liq  yuzaga keladigan og‘ir asoratlar, POE va o‘lim sonini (23,2% dan 6,7% gacha). sezilarli darajada pasaytirish  imkonini  berishi  aniqlandi.
beshinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritmdan og‘ir va o‘ta og‘ir kuygan bemorlarni davolashda  foydalanish ichaklar parezi, poliorgan etishmovchilik kabi hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlar  rivojlanishini erta bashoratlash hamda ularni oldini olish  imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning axamiyati: og‘ir kuygan yuqori nafas yo‘llarining ingalyasion jaroxati va ichaklar parezi bilan asoratlangan bemorlarda enteral dekompressiya, detoksikatsiya, lavaj, dializ va erta enteral oziqlanish uchun nazointestinal zond qo‘yishga ko‘rsatma bo‘ladigan algoritm ishlab chiqildi va  yuqori samaraga ega ekanligi isbotlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish: olingan ilmiy va amaliy ma’lumotlar amaliyotga joriy etildi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali (09.10.2025 y. 134-T11-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi  Surxondaryo  filiali (13.10.2025 y. 479-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir kuygan  ichaklar parezi bilan asoratlangan  bemorlarda MIT bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni erta prognozlash va nazointestinal zondni qo‘llash, MIT bilan bog‘liq  yuzaga keladigan og‘ir asoratlar, organlar disfunksiyasi  va POE ni oldini olishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi:  1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan (an’anaviy usulda davolash bir sutkada 850000–1000000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Kuyish kasalligi bilan bog‘liq asoratlar va teri, organlardagi nuqsonlar soni keskin kamayishi natijasida mazkur bemorlarni davolashning yuqori tibbiy samaradorligini ta’minlaydi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish