Amanova Nargiza Abdurazzakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklarining klinik- funksional xususiyatlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3777.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sharobiddin Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Umarnazarova Zulxumor Ernazarovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklarining klinik-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda tana vaznining pastligi (-2SO-(-) 3SO va undan past), bo‘yning pastligi, shuningdek, tana vazni indeksining pastligi (-2SO-(-) 3SO va undan past) bilan tavsiflangan jismoniy rivojlanishi va ingichka ichak kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari Toshkent shahrida yashovchi bolalarga nisbatan past ekanligi aniqlangan;
ingichka ichak kasalliklari bilan kassallangan Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun anemiya va yallig‘lanish jarayoniga mos holda AlAt va AsAt hamda, bog‘langan bilirubinning sezilarli darajada oshishi bilan tavsiflanuvchi jigar funksiyasining buzilishi Toshkent shahridagi bolalarga qaraganda kuchliroq namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ekolîãèê noqulay bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda IL-4 ning pasayishi (7,85±2,4 pg/ml; p<0,05) fonida IgE (239,6±5,9 mg%, p<0,01), IgA (376,7±8,6 mg%, p<0,01) va IL-1â (52,15±3,2 pg/ml, p<0,01) darajasining oshishi bilan kechuvchi immun tizim disfunksiyasi rivojlanishi va bu disbalansning ustun ekanligi isbotlangan;
ñòàôèëîêîêêëàð konsentratsiyada 103 KHQB/gr dan ortiq ko‘payishi bilan tavsiflanuvchi maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarga chalingan bolalarda ichak mikrobiotasi tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari Orîëá¢éè mintaqasida yashovchi bolalarda 1,9 baravar yuqori bo‘lgan hamda ekologik noqulay sharoitda yashovchi bolalarda kasalliklarning og‘ir kechishiga va yondosh kasalliklarni rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklarining klinik- funksional xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.10.2025 yildagi 26/10-son xulosasi) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda tana vaznining pastligi (-2SO-(-) 3SO va undan past), bo‘yning pastligi, shuningdek, tana vazni indeksining pastligi (-2SO-(-) 3SO va undan past) bilan tavsiflangan jismoniy rivojlanishi va ingichka ichak kasalliklari kechishining o‘ziga xos xususiyatlari Toshkent shahrida yashovchi bolalarga nisbatan past ekanligi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 07.02.2025-yilda 03/186-son raqami bilan tasdiqlangan “Bolalarda Orolbo‘yi sharoitida maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarning og‘irlik darajasini prognozlash usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasida aks ettirilgan va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 02-iyuldagi 25-1-son buyrug‘i va Toshkent shahar Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 2025-yil 01-iyuldagi 50-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.10.2025 yildagi 26/10-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda jismoniy rivojlanishning o‘ziga xos ko‘rsatkiklarini klinika amaliyotga joriy etish mutaxassilarga bolalarda ingichka ichak kasalliklarini erta aniqlash, ularning jismoniy rivolajnishini baholashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanish, shuningdek, ekologik noqulay mintaqada yashovchi bolalarga samarali profilaktik va davolash choralarini tayinlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkiklarini erta baholash mezonlarini klinika amaliyotga joriy etish orqali antropometrik ko‘rsatkiuchlarni o‘z vaqtida aniqlash va qo‘shimcha instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga bitta tekshiruv uchun sarflanadigan 156000 so‘m, 185 nafar bemorda esa jami 28860000 so‘m xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda jismoniy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hsobiga byudjet mablag‘laridan 142000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 185000 so‘m tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ingichka ichak kasalliklari bilan kassallangan Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalar uchun anemiya va yallig‘lanish jarayoniga mos holda AlAt va AsAt hamda, bog‘langan bilirubinning sezilarli darajada oshishi bilan tavsiflanuvchi jigar funksiyasining buzilishi Toshkent shahridagi bolalarga qaraganda kuchliroq namoyon bo‘lishi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 07.02.2025-yilda 03/186-son raqami bilan tasdiqlangan “Bolalarda Orolbo‘yi sharoitida maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarning og‘irlik darajasini prognozlash usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasida aks ettirilgan va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 02-iyuldagi 25-1-son buyrug‘i va Toshkent shahar Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 2025-yil 01-iyuldagi 50-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.10.2025 yildagi 26/10-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasi bolalarida aniqlangan gematologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning buzilishi ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi bolalarning salomatligini yaxshilashga qaratilgan kompleks tibbiy, ijtimoiy va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Aniqlangan biokimyoviy markerlarni klinik amaliyotga joriy etish orqali takroriy invaziv tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga bitta tekshiruv uchun sarflanadigan 210000 so‘m, 185 nafar bemorda esa jami 38850000 so‘m xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ingichka ichak kasalliklaridagi biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 163000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 210000 so‘m tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ekolîãèê noqulay bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda IL-4 ning pasayishi (7,85±2,4 pg/ml; p<0,05) fonida IgE (239,6±5,9 mg%, p<0,01), IgA (376,7±8,6 mg%, p<0,01) va IL-1â (52,15±3,2 pg/ml, p<0,01) darajasining oshishi bilan kechuvchi immun tizim disfunksiyasi rivojlanishi va bu disbalansning ustun ekanligi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 07.02.2025-yilda 03/186-son raqami bilan tasdiqlangan “Bolalarda Orolbo‘yi sharoitèäà maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarning og‘irlik darajasini prognozlash usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasida aks ettirilgan va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 02-iyuldagi 25-1-son buyrug‘i va Toshkeíò shahar Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 2025-yil 01-iyuldagi 50-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.10.2025 yildagi 26/10-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintàqasida yashovchi bolalarda immun tizimining disfunksiyasi ko‘rsatkichlarini klinik amaliyotga joriy etish orqali pediatr va gastroenterologlarga immun disbalansni erta aniqlash, ekologik noqulay mintaqada yashovchi bolalarda immunologik tekshiruvlarni tizimli ravishda òàøêèë etish va immunologik davolash usullarini o‘z vaqtida tayinlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Immunologik ko‘rsatkichlarni baholashning aniqlangan mezonlarini klinik amaliyotga joriy etish orqali noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan hollarda þçàãà keladigan samarasiz davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga bitta bemor uchun sarflanadigan 275000 so‘m, 185 nafar bemorda esa jami 50875000 so‘m xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda immun tizimi disfunksiyasèíèíã o‘ziga xos ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 198000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 275000 so‘m tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ñòàôèëîêîêêëàð konsentratsiyada 103 KHQB/gr dan ortiq ko‘payishi bilan tavsiflanuvchi maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarga chalingan bolalarda ichak mikrobiotasi tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari Orîëá¢éè mintaqasida yashovchi bolalarda 1,9 baravar yuqori bo‘lgan hamda ekologik noqulay sharoitda yashovchi bolalarda kasalliklarning og‘ir kechishiga va yondosh kasalliklarni rivojlanishiga olib kelishi aniqlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert Kengashi tomonidan 07.02.2025-yilda 03/186-son raqami bilan tasdiqlangan “Bolalarda Orolbo‘yi sharoitida maldigestiya va malabsorbsiya bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklarning og‘irlik darajasini prognozlash usuli" nomli uslubiy tavsiyanomasida aks ettirilgan va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2025-yil 02-iyuldagi 25-1-son buyrug‘i va Toshkent shahar Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 2025-yil 01-iyuldagi 50-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.10.2025 yildagi 26/10-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ichak mikrobiotasining o‘ziga xos xususiyatlarini klinik amaliyotga joriy etish pediatr va gastroenterologlarga disbioz holatini erta aniqlash, maldigestiya va malabsorbsiya sindromlarini to‘g‘ri baholash, shuningdek, bolalarda yondosh kasalliklarning rivojlanishini oldini olish maqsadida maqsadli probiotik va antibakterial davolash taktikasini tayinlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Maldigestiya va malabsorbsiya sindromi bo‘lgan bolalarda ichak mikrobiotasining (xususan, Staphylococcus aureus ning ortiqcha o‘sishi) erta diagnostikasi va korreksiyasi natijasida kasallikning remissiya muddatlarini uzaytirdi va uzoq muddatli davolashga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hisobiga bitta bemor uchun sarflanadigan 248000 so‘m, 185 nafar bemorda esa jami 45880000 so‘m xarajatlarni tejashga erishilgan. Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi bolalarda ichak mikrobiotasining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha taklif etilgan mezonlari bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘laridan 179000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 248000 so‘m tejash imkonini bergan.