Nasimova Nigina Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qin devorini noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda jarrohlik kontratsepsiya usullarini takomillashtirish», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib417.
Ilmiy raxbar: Negmadjanov Baxodir Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Saydazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qin devorining noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda jarrohlik kontratsepsiya usullarini ishlab chiqish va ayollarning hayot sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinsiy a’zolarning noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda bir vaqtda bachadon naylarini transvaginal bog‘lash va jarrohlik kontratsepsiyasi usuli ishlab chiqilgan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda jinsiy a’zolar tushishining shakllanishida xavf omillarining(tug‘ishlar soning ko‘pligi, epiziotomiya, oraliq yirtilishlari, choklarni ochilib ketishi, vaginit va vaginozlar, endometrioz va hokazolar) neyroendokrin perimenopauza o‘zgarishlarining rivojlanishi bilan bog‘liqligi aniklangan;
reproduktiv yoshdagi ayollardagi qin devorlarining tushishining patogenetik jihatlari o‘ziga xos klinik-anamnestik va anatomo-topografik, shuningdek, kasallikning exografik, kol`poskopik va bakterioskopik xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlangan;
jinsiy a’zolar tushishining rivojlanishida siydik tizimi buzilishlarining klinik-epidemiologik xususiyatlari va o‘zaro bog‘liqligi, siydik a’zolarining anatom-topografik holatidagi o‘zgarishlar, dizuriya va urogenital patologik holatlar og‘irlik darajalari hisobga olgan holda ochib berilgan;
SF-36 so‘rovnomasiga muvofiq qin devorlarining noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda klinik-fiziologik va kosmetik natijalarning ahamiyatini aniqlash bilan aralash jarrohlik davolash usulidan foydalanishda hayot sifatining yaxshilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda jinsiy a’zolar noto‘liq tushishini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
“Siydikni tutib turolmaslik bilan kechuvchi jinsiy a’zolar tushishi bo‘lgan ayollarda jarrohlik sterilizatsiya usuli”ga (№IAP 05076, 2015 yil) Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan. Mazkur usul bachadon bo‘yni uzayishi mavjud bo‘lgan ayollarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning tavsiya etilgan usuli jarohat sohasida regeneratsiya va reparatsiya jarayonlarini yaxshilagan, deformatsiyalovchi chandiqlar shakllanmagan;
“Qin devorining noto‘liq tushishi bo‘lgan ayollarda jarrohlik kontratsepsiya usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 apreldagi 8n-z/42-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma reproduktiv yoshdagi ayollarning jinsiy a’zolari noto‘liq tushishi holatida hayot sifatini yaxshilashga va ularni kontratsepsiya vositalarining eng samarali va xavfsiz usuli bilan ta’minlash imkonini bergan;
reproduktiv yoshdagi ayollarning bachadon naylarini transvaginal bog‘lash bilan birga qin devorlarining noto‘liq tushishini tashxislash va tiklashni yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand shahar 3-son tug‘uruqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 apreldagi 8n-z/42-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotdan keyingi choklarning infiltratsiyali va ochilib ketish xavfini 1,5 baravarga kamaytirish, shifoxonada qolish muddatini 1,45 kunga qisqartirish va kuzatuv uzoq muddatli davrida kasallikning takrorlanish xavfini 1,6–2,8 martaga kamaytirish imkonini bergan.