Axrorov Javoxir Xurshidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar angioplastikadan keyingi antitrombotik terapiyani stent turi, komorbid holatlar va immun status rolini hisobga olgan holda individuallashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Tib5109.
Ilmiy rahbar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronar angioplastikadan keyin bemorlarda stent turi, komorbid holatlar va bemorning immunologik statusi xususiyatlarini hisobga olgan holda antitrombotik terapiyani individual tanlashga doir kompleks yondashuvni ishlab chiqish, asoratlar rivojlanish xavfini minimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perkutan koronar interensiyadan so‘ng, komorbid holatlar fonida, prasugrel va everolimus qoplamali stent kombinatsiyasini qo‘llash dual antiagregant terapiyaning nisbatan yaxshi natijalarini ta’minlashi, bu trombotsitlar faolligini baholovchi ko‘rsatkichlari hamda trombotsitlarning morfologik xususiyatlarining yaxshilanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
prasugrel tarkibli antiagregant terapiya qo‘llanilganda VEGF-A darajasi va TNF-α konsentratsiyasining pasayishi kuzatilishi, bu esa davolashning yallig‘lanishga qarshi va antiproliferativ ta’sirga ega ekanligini asoslangan;
korrelyasion tahlil natijalari trombotsitlar reaktivligining pasayishi trombotsitlar morfologik ko‘rsatkichlarining normallashishi, koagulyasion faollikning kamayishi va yallig‘lanish markerlari darajasining pasayishi bilan birga kechishi, mazkur ko‘rsatkichlar o‘rtasida uzviy patogenetik bog‘liqlik mavjud ekani isbotlangan;
komorbid holatlar va immun status rolini hisobga olgan holda klinik, laborator, instrumental va immunologik ko‘rsatkichlarni birlashtirgan ROC-tahlil asosida integral prognostik mezon ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan va perkutan koronar intervensiya (PKI) amalga oshirilgan bemorlarda turli turdagi stentlar va dual antiagregant terapiya samaradorligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perkutan koronar interensiyadan so‘ng, komorbid holatlar fonida, prasugrel va everolimus qoplamali stent kombinatsiyasini qo‘llash dual antiagregant terapiyaning nisbatan yaxshi natijalarini ta’minlashi, bu trombotsitlar faolligini baholovchi ko‘rsatkichlari hamda trombotsitlarning morfologik xususiyatlarining yaxshilanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi asosida «Angioplastikadan keyingi antitrombotik terapiyani individual optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining, 2025 yil 28 mart, №25-m/080-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintakaviy filiali (28.04.2025; №12-son buyruq), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (29.04.2025; №65-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvargi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №01/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: lipid profili barqarorlashishi asoratlar xavfini pasaytirdi, bemorlarning davolash samaradorligi oshdi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor uchun o‘rtacha 2,3 mln so‘m, 20 bemor uchun 46 mln so‘m tejaldi. Xulosa: ushbu yangilik klinik amaliyotga joriy etilib, antiagregant terapiyaning individual tanlanishi samarador ekani isbotlandi.
ikkinchi ilmiy yangilik: prasugrel tarkibli antiagregant terapiya qo‘llanilganda VEGF-A darajasi va TNF-α konsentratsiyasining pasayishi kuzatilishi, bu esa davolashning yallig‘lanishga qarshi va antiproliferativ ta’sirga ega ekanligini asoslanganligi asosida «Angioplastikadan keyingi antitrombotik terapiyani individual optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining, 2025 yil 28 mart, №25-m/080-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintakaviy filiali (28.04.2025; №12-son buyruq), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (29.04.2025; №65-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvargi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №01/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immun markerlar asosida davo samaradorligini kuzatish imkoni yaratildi, bemorlarda ortiqcha tahlillar soni kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemorga o‘rtacha 1,9 mln so‘m, 20 bemorga 38 mln so‘m tejaldi. Xulosa: biomarkerlar asosida terapiya samaradorligini monitoring qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
uchinchi ilmiy yangilik: korrelyasion tahlil natijalari trombotsitlar reaktivligining pasayishi trombotsitlar morfologik ko‘rsatkichlarining normallashishi, koagulyasion faollikning kamayishi va yallig‘lanish markerlari darajasining pasayishi bilan birga kechishi, mazkur ko‘rsatkichlar o‘rtasida uzviy patogenetik bog‘liqlik mavjud ekani isbotlanganligi asosida «Angioplastikadan keyingi antitrombotik terapiyani individual optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining, 2025 yil 28 mart, №25-m/080-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintakaviy filiali (28.04.2025; №12-son buyruq), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (29.04.2025; №65-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvargi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №01/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: miokard funksiyasining yaxshilanishi orqali bemorlarda hayot sifati oshdi, reabilitatsiya tezlashdi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor uchun 2,1 mln so‘m, 20 bemor uchun 42 mln so‘m tejaldi. Xulosa: exokardiografik nazorat algoritmi amaliyotga kiritilib, prognoz aniqligi oshirildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: komorbid holatlar va immun status rolini hisobga olgan holda klinik, laborator, instrumental va immunologik ko‘rsatkichlarni birlashtirgan ROC-tahlil asosida integral prognostik mezon ishlab chiqilganligi asosida «Angioplastikadan keyingi antitrombotik terapiyani individual optimallashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining, 2025 yil 28 mart, №25-m/080-sonli ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan. Natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati mintakaviy filiali (28.04.2025; №12-son buyruq), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (29.04.2025; №65-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 12 yanvargi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi №01/27-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xavf guruhlariga ajratish orqali individual terapiya taktikasi ishlab chiqish imkoni yaratildi, bemorlarda asoratlar xavfi kamaytirildi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemor uchun 3,1 mln so‘m, 20 bemor uchun 62 mln so‘m tejaldi. Xulosa: integral algoritm klinik amaliyotga joriy etildi va davolash samaradorligi oshirildi.