Nasirova Zebiniso Azizovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p miqdorda hayz ko‘ruvchi ayollarda “ona- yo‘ldosh- homila” tizimi faoliyatining klinik- patogenetik xususiyatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya; 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1374.
Ilmiy maslaxatchilar: En`kova Elena Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Pavlova Tat`yana Vasil`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya).
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12. Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Baxodur Baltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxronov Jur’at Djurakulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Smolensk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ona va homila holatini yaxshilash maqsadida homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida anamnezida ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarni olib borishning individuallashtirilgan dasturini yaratish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarning 54,3%ida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrning asoratlangan kechishi va neonatal natijalarning yomonlashuvi, jumladan gipoksiya va asfiksiya (34,7%) uchrashi aniqlangan; 
ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarda temir tanqisligi anemiyasi og‘irligi temir metabolizmining yaqqol buzilishlari bilan kechishi (ferritinning 5,4 marta, gepsidinning 3,8 marta, transferrin to‘yinishining 3,5 marotaba kamayishi va transferrin darajasining 1,9 marotaba oshishi) aniqlangan va ularni noxush perinatal natijalar bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqligi (r =–0,62) isbotlangan; 
ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda hayz ko‘rish va kamqonlik kuzatilgan homiladorlarda “ona–yo‘ldosh–homila” tizimi zararlanishining yagona morfologik kompleksi shakllanishi aniqlanib, bunda kindik va yo‘ldoshning tomirli-ishemik qayta qurilishi, vorsinkali daraxt etilishining buzilishi, trofoblast va vorsinkalar stromasidagi sklerotik, distrofik hamda nekrotik o‘zgarishlar, shuningdek, mikrotsirkulyasiyaning eritrotsitar bo‘g‘ini deorganizatsiyasini va yo‘ldosh disfunksiyasi morfogenezi aniqlangan;
ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda hayz ko‘rish va kamqonlik kuzatilgan homiladorlarda “ona–yo‘ldosh–homila” tizimida makro- va mikroelementlar tarkibining tizimli, to‘qimaga xos nomutanosibligi rivojlanishi aniqlanib, bachadon-yo‘ldosh va kindik qon oqimi eritrotsitlarida natriy, kal`siy, xlor va temir moddalarining to‘planishi bilan bir vaqtda kislorod va magniy miqdorining kamayishi hamda yo‘ldosh disfunksiyasi patogenezining muhim bo‘g‘inlari sifatida to‘qima gipoksiyasining kuchayishi, ion gomeostazining buzilishi va eritrotsitlar gemolizi isbotlangan;
KMMQK bo‘lgan ayollar uchun ishlab chiqilgan integratsiyalangan algoritm yuqori samaradorligi (TTA ning uchrashi 2,6 baravar, platsentar gipoperfuziya va tug‘ruqdan keyingi qon ketish chastotalarini 2,3 marta kamayishi, ferritinning maqsadli 2,4 baravar oshishi,  gemotransfuziyaga ehtiyojni 2,6 marta pasayishi (r<0,01)) isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarda “ona- yo‘ldosh- homila” tizimidagi buzilishlarni erta aniqlash va patogenetik jihatdan asoslangan korreksiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarning 54,3%ida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrning asoratlangan kechishi va neonatal natijalarning yomonlashuvi, jumladan gipoksiya va asfiksiya (34,7%) uchrashi aniqlangan va bular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Ko‘p miqdorda hayz ko‘ruvchi  ayollarda anemiyaning raqamli diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 21 noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali klinika amaliyotiga 2025 yil 28 noyabrdagi 679-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/25-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan yondashuv homilador ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikni erta aniqlash imkonini kengaytirib, asoratlarning oldini olish, perinatal xavflarni kamaytirish va akusherlik yordamining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: patogenetik yo‘naltirilgan algoritm va unga asoslangan ilmiy-amaliy tavsiyalarning qo‘llanilishi natijasida, qo‘shimcha tekshirishlar, statsionar davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlarni tejashga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarda temir tanqisligi anemiyasi og‘irligi temir metabolizmining yaqqol buzilishlari bilan kechishi (ferritinning 5,4 marta, gepsidinning 3,8 marta, transferrin to‘yinishining 3,5 marotaba kamayishi va transferrin darajasining 1,9 marotaba oshishi) aniqlangan va ularni noxush perinatal natijalar bilan ishonchli korrelyasion bog‘liqligi (r =–0,62) isbotlangan va bular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Ko‘p miqdorda hayz ko‘ruvchi  ayollarda anemiyaning raqamli diagnostikasi” nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 21 noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali klinika amaliyotiga 2025 yil 28 noyabrdagi 679-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/25-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar, temir metabolizmining buzilishi bilan kechayotgan homilador ayollardagi temir defisitini aniqlash va uning asoratlarini erta profilaktika qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, temir defisitining eng yaxshi va tezkor davolash usullari bilan amalga oshirilishi natijasida, homilador ayollarda fetoplatsentar etishmovchilikni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini kengaytirib, perinatal xavflarni kamaytirishga va akusherlik yordamining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu ilmiy amaliy tavsiyalar qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar, uzaytirilgan statsionar davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishiga olib kelib, umumiy 1,5 million so‘mgacha mablag‘ni iqtisod qilishni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda hayz ko‘rish va kamqonlik kuzatilgan homiladorlarda “ona–yo‘ldosh–homila” tizimi zararlanishining yagona morfologik kompleksi shakllanishi aniqlanib, bunda kindik va yo‘ldoshning tomirli-ishemik qayta qurilishi, vorsinkali daraxt etilishining buzilishi, trofoblast va vorsinkalar stromasidagi sklerotik, distrofik hamda nekrotik o‘zgarishlar, shuningdek, mikrotsirkulyasiyaning eritrotsitar bo‘g‘ini deorganizatsiyasini va yo‘ldosh disfunksiyasi morfogenezi aniqlangan va bular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Menstruatsiya bilan indusirlangan anemiyada endometriyning morfo-element disfunksiyasini stratifikatsiyalash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 21 noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali klinika amaliyotiga 2025 yil 28 noyabrdagi 679-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: platsentar gipoperfuziya va homila qon oqimining markazlashuvi rivojlanishi aniqlandi, bu esa fetoplatsentar gipoperfuziyani va homila qon oqimining markazlashuvini erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va to‘g‘ri davolash usullarini joriy qilish orqali fetoplatsentar etishmovchilikni aniqlash imkoniyatlarini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: fetoplatsentar gipoperfuziya va homila qon oqimining markazlashuvini erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va samarali davolash usullarini joriy qilish hisobiga qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar va statsionar davolash xarajatlari kamayishiga olib keladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor anamnezida ko‘p miqdorda hayz ko‘rish va kamqonlik kuzatilgan homiladorlarda “ona–yo‘ldosh–homila” tizimida makro- va mikroelementlar tarkibining tizimli, to‘qimaga xos nomutanosibligi rivojlanishi aniqlanib, bachadon-yo‘ldosh va kindik qon oqimi eritrotsitlarida natriy, kal`siy, xlor va temir moddalarining to‘planishi bilan bir vaqtda kislorod va magniy miqdorining kamayishi hamda yo‘ldosh disfunksiyasi patogenezining muhim bo‘g‘inlari sifatida to‘qima gipoksiyasining kuchayishi, ion gomeostazining buzilishi va eritrotsitlar gemolizi isbotlangan va bular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Anemiyasi bo‘lgan homilador ayollarda nutritiv qo‘llab-quvvatlashga individual yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 21 noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali klinika amaliyotiga 2025 yil 28 noyabrdagi 679-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar, ko‘p miqdorda menstrual qon ketishi bo‘lgan ayollarda surunkali temir tanqisligi kamqonligiga bog‘liq fetoplatsentar etishmovchilik va homila qon oqimining markazlashuvini erta aniqlashga xizmat qiladi, bu esa asoratlarning oldini olish, akusherlik yordamining sifatini oshirish va perinatal xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorlik: tavsiya etilgan yo‘nalishlarning qo‘llanilishi natijasida, fetoplatsentar etishmovchilik va homila qon oqimining markazlashuvini erta aniqlash va asoratlarning oldini olish, qo‘shimcha diagnostik tekshiruvlar, uzaytirilgan statsionar davolash va asoratlar bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi bilan baholanadi.
beshinchi ilmiy yangilik: KMMQK bo‘lgan ayollar uchun ishlab chiqilgan integratsiyalangan algoritm yuqori samaradorligi (TTA ning uchrashi 2,6 baravar, platsentar gipoperfuziya va tug‘ruqdan keyingi qon ketish chastotalarini 2,3 marta kamayishi, ferritinning maqsadli 2,4 baravar oshishi,  gemotransfuziyaga ehtiyojni 2,6 marta pasayishi (r<0,01)) isbotlangan va bular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan bular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy Kengashining 2025 yil 30 avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Anemiyasi bo‘lgan homilador ayollarda nutritiv qo‘llab-quvvatlashga individual yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur natijalar Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi amaliyotiga 2025 yil 21 noyabrdagi 476-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali klinika amaliyotiga 2025 yil 28 noyabrdagi 679-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 16 fevraldagi 03/25-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: KMQK bo‘lgan ayollarda surunkali TTAni korreksiya qilishga qaratilgan integratsiyalangan algoritmni qo‘llash og‘ir anemiyaning saqlanib qolishi, platsentar gipoksiya, tug‘ruqdan keyingi qon ketish va qon quyishga ehtiyoj bilan kechuvchi holatlar sonini sezilarli darajada kamaytirib, homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun xavfli asoratlarning oldini olishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: algoritmni amaliyotga joriy etish hisobiga og‘ir temir tanqisligi anemiyasi bilan bog‘liq qo‘shimcha davolash, gemotransfuziya, uzaytirilgan statsionar yotish va asoratlarni bartaraf etish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni tejash imkoni yaratadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish