Soliev Ziyoyiddin Shuxratbek o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erta pishar yuqori hosilli piyoz navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1775.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Anvar Mamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.05.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Piyozning “Malla” navi (NAP 551).
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi sharoitida piyozning ertapishar nav namunalarini morfobiologik, muhim xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash, seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manbani ajratish va analitik seleksiya usulida yangi nav va istiqbolli tizmalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi sharoitida piyozning mahalliy va xorijiy 12 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari kompleks baholangan;
asosiy xo‘jalik belgilari bo‘yicha ajratib olingan istiqbolli Sibir G‘1 durag‘ayidan seleksiya uchun boshlang‘ich manba ajratib olingan;
istiqbolli birlamchi manbalarni seleksiya jarayoniga jalb etib, analitik seleksiya usullari asosida ertapishar, yuqori hosilli, kasallik va zararkunandalarga chidamli istiqbolli liniya ajratib olingan;
istiqbolli liniyaning tanlov sinovi tashkil etilgan va ertapishar, yuqori hosilli, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi “Malla” navi yaratilgan hamda Intellektual mulk agentligiga va Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga sinovga topshirilgan;
piyozning yangi yaratilgan ertapishar “Malla” navi nihollari unib chiqqandan so‘ng, 100 kun ichida piyozboshlari to‘liq texnik pishgan davridagi uzunligi 8,2 sm, eni 8,1 sm, ildizmeva shakli yumalok, vazni 130 g, va hosildorligi gektariga 46,7 tonnani tashkil etadigan yangi “Malla” navi yaratilgan.
muhim xo‘jalik belgilar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
seleksiya natijasida piyozning ertapishar “Malla” navi yaratilib, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va №2023-742 raqamli nav guvoxnomasi olingan;
ertapishar piyozning “Malla” naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan 10.04.2025 yilda №NAP551 raqamli patent olingan;
piyozning ertapishar yangi “Malla” navini birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ertapishar yuqori hosilli piyoz navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Andijon viloyati sharoitida ertapishar yuqori hosilli piyozning “Malla” navini urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan va viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Sayoxat sari parvoz” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar maydonida, “Abdulaziz Akromjon eri” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, “Abdulaziz porloq” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar, “Saxovat Akbarali eri” fermer xo‘jaligining 2,5 gektar hamda “Yuldasheva Tillaxon zurriyodi” fermer xo‘jaligining 2,3 gektar, jami 13,8 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-dekabrdagi №05/06-03-567-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar piyozning “Malla” navi ekish orqali yuqori 39-40 tonnani hosil olinib, iqtisodiy samaradorlikka erishilgan va rentabellik darajasi 95,9% ni tashkil etgan;
piyozning “Malla” navi Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Xoshimjon Zarofatxon” fermer xo‘jaligining 2,3 gektar maydonida, “Shaxobiddin Zaynobiddin nixollari” fermer xo‘jaligining 4,0 gektar, “Mamatkarim Ibrohim” fermer xo‘jaligining 2,3 gektar, “Komiljon Yashnarbek” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar, “Nuriddin Arofat” fermer xo‘jaligiining 1,5 gektar hamda “Javoxir Jaxongir Oydinoy” fermer xo‘jaligining 2,0 gektar, jami 12,6 gektar maydonlarda amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-dekabrdagi №05/06-03-567-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar piyozning “Malla” navi ekish orqali yuqori 43-45 tonna hosil olinib, iqtisodiy samaradorlikka erishilgan va rentabellik darajasi 89,9% ni tashkil etgan;
Andijon viloyati sharoitida ertapishar yuqori hosilli piyozning “Malla” navi Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi “Quyosh tafti” fermer xo‘jaligining 3,0 gektar maydonida, Izboskan tumanidagi “Yuksak diyor fayzi” fermer xo‘jaligining 1,2 gektar, jami 4,2 gektar maydonlarda amaliyotga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 12-dekabrdagi №05/06-03-567-son ma’lumotnomasi). Natijada, ertapishar piyozning “Malla” navidan – 65,7 t/ga ertaki hosil olishga va ushbu navni etishtirishdan gektariga 41 850 ming so‘m sof foyda olishga erishilgan.