Abduvoxidov Giyos Kurbonalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Loviyaning nav va duragaylarini boshlang‘ich urug‘chilik tizimida resurs tejamkor usullarini takomillashtirish”, 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Qx364
Ilmiy maslahatchi: Mamaraximov Bunyod Ikromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01 (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Samanov Shermuhammad Abdurasulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘rozov Baxriddin Omonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizni turli tuproq-iqlim sharoitlarida loviyaning (Phaseolus vulgaris L.) mahalliy va xorijiy nav, namunalaridan asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha boshlang‘ich urug‘chilik tizimida resurs tejamkor usullar asosida takomillashtirish hamda resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llab boshlang‘ich urug‘chilik tizimini zamonaviy agrotexnika bilan uyg‘unlashtirish, suv tejovchi texnologiyaga moslashtirilgan urug‘chilik uslubini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning turli agroiqlim zonalari sharoitida loviya (Phaseolus vulgaris L.) nav va duragaylarining boshlang‘ich urug‘chilik uchun mosligini aniqlovchi agrobiologik va urug‘chilik ko‘rsatkichlari ilk bor kompleks baholangan;
urug‘lik loviyani resurs tejamkor agrotexnologiyalar (tomchilatib sug‘orish, biostimulyatorlar, mikrobiologik o‘g‘itlar) asosida etishtirish bo‘yicha innovatsion texnologik modellar ishlab chiqildi va tajribalarda asoslab berilgan;
loviya nav va duragaylarining agroekologik moslashuv darajasi, urug‘ yetishtirishga javob reaksiyasi va biologik mahsuldorligining resurs cheklangan sharoitdagi o‘zgarish dinamikasi ilk bor tizimli tarzda tavsiflangan;
tajriba asosida olingan ilmiy natijalar bo‘yicha boshlang‘ich urug‘chilik tizimi uchun mos navlar tavsiflanib, ularning agrobiologik ustunliklari va ishlab chiqarish sharoitida foydalanish imkoniyatlari aniqlab berilgan;
Respubliamiz sharoitida loviya urug‘chiligi bo‘yicha yuqori unuvchan va sifatli urug‘lik olishga qaratilgan texnologik tavsiyalar birinchi bor ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Loviya (Phaseolus vulgaris L.) ning birlamchi urug‘chiligini tashkil etishda resurs tejovchi usullarni takomillashtirish, loviyaning xorijiy va mahalliy nav namunalari orasidan turli tuproq iqlim sharoitlariga mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, hosildor va urug‘ sifati yuqori bo‘lganlarini ajratib olish, hamda yuqori avlodli urug‘lik yetishtirishning uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Ishlanmalar Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Namuna Agro Baraka” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, O‘rtachirchiq tumani “Best agro seeds” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar, “Javlon” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida “Farovon hayot Agro” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Malik yerlari” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Yo‘lchi Agro” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Hovoslik Azim polvon” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar jami 9,0 gektar sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loviya urug‘chilik tizimida loviya qator oralari tomchilatib sug‘orilgan tadqiqotlarda, boshqa variantlarga nisbatan 5-6 s\ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
tavsiya etilgan ishlanmalar asosida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Namuna Agro Baraka” fermer xo‘jaligida sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida loviyaning mahalliy “Ravot” va “Mahsuldor” navlarini parvarishlashda ishlab chiqarish sharoitidagi mineral o‘g‘itlarning yillik me’yori N60P60K40 kg/ga fonida qator oralari mulchalanmasdan egatlab sug‘orilgan nazorat variantda umumiy hosildorlik tegishlicha 1,8; 2,1 t/ga ni tashkil etgan. Shu dalada ikkinchi variant kamaytirilgan mineral o‘g‘itlarning N50P50K30 kg/ga fonida tomchilatib sug‘orilganda hosildorlik tegishlicha 2,7; 3,4 t/ga ni tashkil etib, nazoratdan 0,9-1,3 s/ga qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik 35,2% ga teng bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-490-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, Biovak-12%+bioogit 3kg/ga me’yorda loviya barglaridan oziqlantirilib, tomchilatib sug‘orilganda esa hosildorlik 3,8-4,1 t/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 2,3 t/ga ga oshib, rentabellik 39,1% ga teng bo‘lgan;
loviyaning mahalliy “Ravot” va “Mahsuldor” navlarining, xorijiy “Limskaya”, “Go‘ynuk-98” navlarining yuqori avlodli urug‘larini tezkor yetishtirish uslubi yaratilgan, natijada urug‘lik loviyani tezkor yetishtirish bo‘yicha resurs tejamkor innovatsion texnologik modeli Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida “Farovon hayot Agro” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Malik yerlari” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, Sirdaryo viloyati Hovos tumanida “Yo‘lchi Agro” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Hovoslik Azim polvon” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar jami 7,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respubliamiz sharoitida loviya urug‘chiligi bo‘yicha yuqori unuvchan va sifatli urug‘lik olishga qaratilgan texnologik tavsiyalar birinchi bor ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etilgan.