Djuraev Dusmurod Uralovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston xalq ta’limining tashkil etilishi va boshqarilishi nazariy asoslari (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Ped50.

Ilmiy maslahatchi: Djuraev Risboy Xaydarovich, pedagogika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalikov Ishkabil, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston xalq ta’limining tashkil etilishi va boshqarilishi nazariy asoslarini o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston xalq ta’limining Evropa uslubida shakllanishida jadid maktablari, gimnaziyalar va seminariyalar faoliyatining ijtimoiy pedagogik xususiyatlari xalqni o‘qimishli, ma’rifatli, Vatan taqdiri va istiqboli uchun mas’ullik hissining shakllanganlik darajasi asosida aniqlangan;

Turkiston o‘lkasi ta’lim muassasalarining tuzilmasi ma’muriy-konservativ model asosida tashkil etilishi va boshqarilishi, mahalliy aholi ta’limining “e’tiborsiz qoldirilishi” maktablar soni bilan aholi savodxonlik darajasi o‘rtasidagi uyg‘unlikning cheklanishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;

Turkiston xalq ta’limining chorizm tuzumi siyosati manfaatlari yo‘lida tashkil etilishi va boshqarilishi, ta’lim jarayonining ijtimoiy tabaqalashtirish tamoyillari asosida olib borilishi, mahalliy xalqning ta’lim olish imkoniyatlari qisqartirilishi oqibatida mahalliy aholi ongiga qaramlik, savodsizlik tamg‘asi ta’lim jarayoni orqali singdirilganligi yoritilgan;

jadid maktablarining ta’qibga olinishi, tajribali, ilmli mudarrislarning ta’lim jarayonidan chetlatilishi, mahalliy xalq ta’limining moliyaviy ta’minotdan (vaqfdan) uzilishi mahalliy aholi savodxonlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, ksenofobiyaning kuchayishiga olib kelganligi ta’lim muassasalari boshqaruvi misolida aniqlangan; 

Turkiston ma’rifatparvarlarining xalq ta’limini ilm va maorifga munosib darajada e’tiborli bo‘lish orqali isloh qilish g‘oyasi zamirida mujassamlashgan takliflaridan pedagogik nazariya imkoniyatlarini kengaytirish va amaliyotda foydalanish bo‘yicha ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston xalq ta’limining tashkil etilishi va boshqarilishi nazariy asoslarini o‘rganishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:

XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston xalq ta’limining tashkil etilishi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Uyg‘onish davri pedagogikasi bilan bog‘liqlikda ta’lim, fan va madaniyatning rivojlanish tarixini o‘rganishni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga yo‘naltirilgan xalq ta’limi tizimining tashkiliy tuzilmasi, ta’lim mazmuni va sifatni boshqarishga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallar va g‘oyalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “O`zbekiston tarixi” darsligini takomillashtirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-523-son ma’lumotnomasi). Natijada Turkiston o‘lkasida XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida xalq ta’limi tizimida kechgan pedagogik jarayonlar klassifikatsiya qilingan;

ta’lim tizimi tarixiy qarashlar nuqtai nazaridan bu kabi katta davriy kesimda yagona pedagogik tizim tarzida o‘rganilgan. Tadqiqot davri misolida xalq ta’limiga e’tiborsiz bo‘lish davlatning raqobatbardoshligini keskin tushirib yuborishi ochib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 25.12.2017 yil 25 dekabrdagi 01-02/2-2-523-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tarixi fanidan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;

tadqiqot doirasida aniqlangan Turkistonda xalq ta’limi tizimining tashkil etilishi va boshqarilishi komparativistik (qiyosiy) tahliliga asoslangan materiallardan respublika uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan vitagen ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 30 dekabrdagi FTA–02-02/1408-son ma’lumotnomasi). Natijada XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston xalq ta’limi tizimining tashkiliy tuzilmasi, ta’lim mazmuni va sifatni boshqarishga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallar va g‘oyalar darsliklarda o‘z aksini topgan;

respublikada ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlashda ta’limning har bir bosqichida, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston jadid maktablarining ta’qibga olinishi, tajribali, ilmli mudarrislarning ta’lim jarayonidan chetlatilishi, mahalliy xalq ta’limining moliyaviy ta’minotdan (vaqfdan) uzilishi mahalliy aholi savodxonlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, ksenofobiyaning kuchayishiga olib kelganligi asoslangan tadqiqot amaliy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 maydagi 89-03-1842-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar bo‘limiga taalluqli darsliklar takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish