G‘uzarov O‘tkir Umbarovich
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik jarayonda Burhoniddin an-Nasafiyning didaktik g‘oyalarini tizimlashtirish mexanizmlari (“Go‘zal xulqlar” asari misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9811
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04.
Ilmiy rahbar: Shadiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Choriev Sanjarbek Anvarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - Burhoniddin an-Nasafiyning didaktik g‘oyalarini tizimlashtirish asosida ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish, aniqlash va amaliyotga tatbiq etishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Burhoniddin an-Nasafiyning “Go‘zal xulqlar” asaridagi inson tarbiyasi haqidagi fikrlari tasniflanib, ulardan pedagogik jarayonda foydalanishning nazariy-amaliy aspektlari aniqlashtirilgan;
ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishda Burhoniddin an-Nasafiyning inson tarbiyasiga oid qarashlari tizimlashtirilib, jamiyat uchun yuksak axloqli shaxs tarbiyasiga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
Burhoniddin an-Nasafiyning “Go‘zal xulqlar” asarini tarbiyaviy imkoniyatlaridan shaxs taraqqiyoti, shaxs faolligi tushunchalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari pedagog-talaba, talaba-talaba, talaba-jamoa munosabatlarini optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
“Go‘zal xulqlar” asaridagi fikrlarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda “Assisment”, “Kaskad”, “Swot-tahlil”, “Insert” singari innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llari orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Burhoniddin an-Nasafiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalari:
Burhoniddin an-Nasafiyning “Go‘zal xulqlar” asarining pedagogik mohiyati o‘ziga xos xususiyatlari (ma’rifat, iymon, insof) ta’lim, tarbiya hamda shaxs taraqqiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tasniflanib, didaktik jarayonda foydalanishning nazariy va amaliy aspektlarini ta’minlashga doir takliflardan “Boshlang‘ich ta’lim da tarbiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 997-844-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning o‘tmish allomalar, ma’naviy meros obektlariga nisbatan faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan.
Ma’naviy tarbiyani rivojlantirish bosqichlari “Go‘zal xulqlar” asarining ilmiy qarashlar tizimi mazmunidan foydalanish hamda yuksak irodaviy shaxsni tarbiyalashda mahsuldor ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan davlat texnik ilmiy texnik dsaturlari doirasida loyihalarni bajarishda foydalanilgan.(30.03 2026 yil 122-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda Burhoniddin an-Nasafiy merosini tizimli yondoshuv asosida o‘zlashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.
Pedagogik jarayonda Burhoniddin an-Nasafiyning ma’naviy merosidan foydalanishdagi eng murakkab bo‘limlar hisoblangan inson tarbiyasiga doir nazariy ma’lumotlarni talabalar ongiga singdirishda “Assisment”, “Kaskad”, “Svot-tahlil”, “Insert” singari innovatsion ta’lim texnologiyalaridan amalda foydalanish orqali o‘qitish samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligi ilmiy metodik kengashining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli qarori). Natijada talaba amaliy faoliyatida ma’naviy-axloqiy tarbiya berish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan.