G‘aniev Fazliddin Zoyirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Evropa adabiyotida masal janrining poetik taraqqiyot xususiyatlari (Jan de Lafonten, Gellert va Lessing ijodi asosida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2022.4.PhD/Fil2892
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Evropa adabiyotida masal janrining poetik taraqqiyot xususiyatlarining o‘ziga xosligini Jan de Lafonten, Gellert va Lessing ijodi misolida aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa adabiyotida majoziy ifoda masal janrining asosiy belgisi ekanligi, ularda allegorik obraz, allegorizatsiya hodisasi, ramziy va timsoliy tasvirlarning poetik xususiyatlari, sarlavhaning ahamiyati, o‘lim va hayot, ahillik, mehmondo‘stlik odobi, uyni tortib olish singari ijtimoiy-madaniy turmush bilan bog‘liq motivlar ustuvorligida ifodalanishi dalillangan;
Evropa adabiyoti buyuk masalchilar ijodidagi mushtarak jihatlar yaratilgan masallarda oyna, model, mediatsiya, saqlash, o‘rgatish kabi vazifalar faolligi; mavzular olamining kengligi; klassik va zamonaviy modellar; syujet, qahramon, kompozisiya, uslubning o‘zaro bog‘liqligi; obraz va motivlar tarkibidagi an’anaviylik va novatorlik belgilar asosida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
buyuk fransuz masalchisi Lafonten masallari oddiy misol yordamida o‘quvchiga qiyin bo‘lgan kundalik vaziyatni tushunish; o‘quvchi tasavvurini xayolot dunyosiga o‘tkazib, uni kengroq fikrlashga undash; axloq (moral) inson xarakterining salbiy illatlarini qoralovchi va ta’limiy xulosalash; personajlar tili sodda, ixcham, jonli so‘zlashuv nutqiga yaqin bo‘lishi kabi individual yondashuv tamoyillari asosida voqelanishi isbotlangan; 
Lessing masallarida nemis jamiyati va XVIII asr nemis adabiyoti illatlarining keskin masxara qilinishi, har bir monarx yovuz ekanligi personajlar tizimini kuchli tavsiflash, tasviriylik kuchliligida ifodalansa, Gellertning yuqori nutq uslubining o‘ziga xosligi kundalik hayot falsafasi, falsafiy-diniy masalalar bayonida namoyon bo‘lishi asoslangan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Evropa adabiyotida masal janrining poetik taraqqiyot xususiyatlarini (Jan de Lafonten, Gellert va Lessing ijodi asosida) aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Evropa adabiyotida majoziy ifoda masal janrining asosiy belgisi ekani, ularda allegorik obraz, allegorizatsiya hodisasi, ramziy va timsoliy tasvirlarning poetik xususiyatlari, sarlavhaning ahamiyati, o‘lim va hayot, ahillik, mehmondo‘stlik odobi, uyni tortib olish singari ijtimoiy-madaniy turmush bilan bog‘liq motivlar ustuvorligida ifodalanishiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarga bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagiToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-dekabrdagi №04/1-2581-son ma’lumotnomasi). Natijada masal o‘zbek adabiyotining an’anaviy janri sifatida taraqqiy etganligi asoslangan;
Evropa adabiyoti buyuk masalchilar ijodidagi mushtarak jihatlar yaratilgan masallar oyna, model, mediatsiya, saqlash, o‘rgatish kabi vazifalar faolligi; mavzular olamining kengligi; klassik va zamonaviy modellar; syujet, qahramon, kompozisiya, uslubning o‘zaro bog‘liqligi; obraz va motivlar tarkibidagi an’anaviylik va novatorlik belgilar asosida namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan “561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-iyundagi №1678/30.02.01-son maʼlumotnomasi). Natijada Respublikamizda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirishda Evropa adabiyoti namunalaridan foydalanishning o‘z o‘rni va ilmiy-amaliy ahamiyati borligi dalillangan;
buyuk fransuz masalchisi Lafonten masallari oddiy misol yordamida o‘quvchiga qiyin bo‘lgan kundalik vaziyatni tushunish; o‘quvchi tasavvurini xayolot dunyosiga o‘tkazib, uni kengroq fikrlashga undash; axloq (moral) inson xarakterining salbiy illatlarini qoralovchi va ta’limiy xulosalash; personajlar tili sodda, ixcham, jonli so‘zlashuv nutqiga yaqin bo‘lishi kabi individual yondashuv tamoyillari asosida voqelanishiga oid xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda”, “Asrlarning asraganlari” kabi turkum ko‘rsatuvlar, shuningdek, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 5-dekabrdagi №02-09-390-son ma’lumotnomasi). Natijada bu ko‘rsatuvlarni tayyorlashda xalq og‘zaki ijodidagi naql va yozma adabiyotdagi masal janrlari, ularning turli tizimli tillarda, aniqrog‘i, fransuz hamda nemis tillaridagi namunalari badiiyati haqida qiziqarli tahliliy materiallar teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Buning natijasida esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish