Toirova Umida Sobirovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i):
“Ingliz va o‘zbek tillarida zoosemizmning badiiy qo‘llanilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2022.3.PhD/Fil2784.
Ilmiy rahbar: Kasimova Ra’no Raxmatulloeva, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Maxmaraimova Shohista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Achilova Risolat A’zamovna, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. ingliz va o‘zbek tillarida zoosemizmning badiiy qo‘llanilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida zoonim, zoosemizm, zoopoetonim, zoometafora, zoomorfema, animalizm singari sinonimik qatorni tashkil qilgan terminlarning mohiyati va qo‘llanilishi, til va nutqda shakllanish omillari, o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatlari, poetik vazifalari lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi zoosemizmlar turli millat badiiy adabiyoti namunalarida o‘sha millatning yashash tarzi, odob-axloq, xulq-atvor, xatti-harakat, holat, tashqi ko‘rinish, xarakter singari omillar asosida voqelanishi va ular bajaradigan vazifasiga ko‘ra lotin tilidan olingan bovidae, suidae, equidae, canidae, felidae, leporidae, domestic fowl, meliagridae kabi teminlar bilan nomlanuvchi turkumlarga bo‘linishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi zoosemizmlar lisoniy manzarani ifodalovchi muhim omillar ekanligi asoslanib, ularning har ikki til badiiy nutqidagi ramziy-timsoliy mohiyati, kontekstual, konseptual, lingvopoetik, lingvokulturologik jihatlari har bir xalqning tarixi va madaniyati bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek zoosemizmlarining konnotativ (meliorativ [ijobiy], peyorativ [salbiy]) ma’nolari metaforik, allegorik hamda hajviy usullarda qo‘llanishi, madaniyat bilan bog‘liq konnotatsiyalarda ijobiy va salbiy ma’nolarni ifodalashi xalq madaniyatining muayyan g‘oyalaridagi universal, individual va mahalliulik jihatlari zamirida ahamiyat kasb etishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ingliz va o‘zbek adabiyotida zoosemizmning badiiy qo‘llanilishi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida zoonim, zoosemizm, zoopoetonim, zoometafora, zoomorfema, animalizm singari sinonimik qatorni tashkil qilgan terminlarning mohiyati va qo‘llanilishi, til va nutqda shakllanish omillari, o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatlari, poetik vazifalari lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-dekabrdagi №01/4-2740-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘xshash hamda farqli jihatlarni chog‘ishtirishga asoslangan zoosemizmlar lug‘atlar yaratish uchun yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi zoosemizmlar turli millat badiiy adabiyoti namunalarida o‘sha millatning yashash tarzi, odob-axloq, xulq-atvor, xatti-harakat, holat, tashqi ko‘rinish, xarakter singari omillar asosida voqelanishi va ular bajaradigan vazifasiga ko‘ra bovidae, suidae, equidae, canidae, felidae, leporidae, domestic fowl, meliagridae turkumlarga bo‘linishiga oid nazariy va amaliy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2019-2021 yillarda bajarilgan SUZ80021IN3103-raqamli xorijiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 19-dekabrdagi №06-01-0487-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchilar tomonidan yozilgan roman va hikoyalarda zoosemizmning dennotativ va konnotativ ma’no ifodalashi, mazmuniy-uslubiy o‘ziga xosliklarining asoslanishiga imkon yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi zoosemizmlar lisoniy manzarani ifodalovchi muhim omillar ekanligi asoslanib, ularning har ikki til badiiy nutqidagi ramziy-timsoliy mohiyati, kontekstual, konseptual, lingvopoetik, lingvokulturologik jihatlari har bir xalqning tarixi va madaniyati bilan bog‘liqda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Zamondosh” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-avgustdagi №02-09-250-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini va bilimini oshirishga, materiallarning mazmunini mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy ommabopligini ta’minlashga erishilgan.