Raximova Gulfiya Rustamovnaning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Fransuz, rus va o‘zbek tillarida xromotonimlar simvolikasi (XX asr ikkinchi yarmining adabiy asarlar misolida); 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari)..
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6604
Ilmiy rahbar: Kurbonova Gulsara Sodikovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11
Rasmiy opponentlar: Alieva Elvina Ametovna filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatkasimova Vasila Akramjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz, rus va o‘zbek tillaridagi xromatonimlarning til tizimi hamda badiiy diskursdagi funksionalligining universal va milliy spesifik jihatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fransuz, rus va o‘zbek tillaridagi xromatonimlarning badiiy matnlarda qo‘llanilish tamoyillari semantik (rang ma’nolarining kengayishi), kognitiv (konseptual modellar bilan bog‘lanishi), madaniy (milliy ramziylikni ifodalashi) hamda struktur (badiiy matnning kompozision-diskursiv yaxlitligini ta’minlashi) jihatdan aniqlangan; 
rang ma’nolarining qo‘llanilish qonuniyatlarining matnlardagi chastota qatorlari (muayyan rang nomlarining qo‘llanish soni va takrorlanish darajasi), morfologik turlari (rang leksikasining grammatik shakllarda ifodalanishi) va koloritga to‘yinganlik darajasi (rang obrazining qanchalik kuchli, yorqin va ta’sirchanligi) badiiy asarlar janr xususiyatlari (epik asarlar) va mazmuniy dominantlari (muhabbat, fojia, kurash, umid) bilan bog‘liq rang leksikasi orqali asoslangan;
badiiy asarlarda rang leksikasining badiiy funksiyalari  nominativ, ramziy, kognitiv, emotsional-obrazli, kompozision-diskursiv va pragmatik komponentli funksional mezonlari, metaforizatsiya, metonimiya, sinesteziya (rang orqali hissiy va psixoemotsional holat), gradatsiya (ma’noning bosqichma-bosqich kuchayishi yoki pasayishi), semantik derivatsiya mexanizmlari, konseptual modellar, arxetipik va etnomadaniy rang kodlari, obrazlar tizimi, makon-zamon (xronotop), kompozision dinamika singari struktur-diskursiv mezonlari, muallif pozisiyasi, emotsional-ideologik fon kabi pragmatik va emotsional ta’sir mezonlari asosida tizimlashtirilgan;
fransuz, rus va o‘zbek tillari lingvomadaniyatida rang manzarasining universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlari R. Merlening «Malvil» romanida kulrang va qora ranglar G‘arb sivilizatsiyasiga xos apokaliptik kayfiyat, ijtimoiy inqiroz va individualizmni ifodalovchi madaniy belgilar sifatida, I. Efremovning «Chas bika» asarida ko‘k-moviy kosmik ranglar, qizil ideologik rang hamda qora ranglar kosmik-falsafiy tafakkur, ilmiy-utopik dunyoqarash va kollektiv ong bilan bog‘langan holda qo‘llanilib, rus madaniyatiga xos ideologik-falsafiy rang kodlarini aks ettirishi, T. Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarida esa oq, sariq va yashil ranglar er, mehnat, rizq va avlod davomiyligi bilan bog‘liq holda o‘zbek milliy dunyoqarashiga xos ramziy ma’nolarni ifodalashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Fransuz, rus va o‘zbek tillarida xromotonimlar simvolikasini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida,
fransuz, rus va o‘zbek tillaridagi xromatonimlarning badiiy matnlarda qo‘llanilish tamoyillari semantik (rang ma’nolarining kengayishi), kognitiv (konseptual modellar bilan bog‘lanishi), madaniy (milliy ramziylikni ifodalashi) hamda struktur (badiiy matnning kompozision-diskursiv yaxlitligini ta’minlashi) jihatiga ko‘ra aniqlangan xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan IL-7823051524-sonli «Paratranslator: korpus asosida yaratiladigan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasi» xalqaro ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 18–iyundagi 04I-4619–son ma’lumotnomasi). Natijada fransuz, o‘zbek va rus tillari materiali asosida xromatonimlarni badiiy diskursda funksional parametrlari, universal arxetiplar va madaniy shartlangan konnotatsiyalarni aniqlashga xizmat qilgan; 
rang ma’nolarining qo‘llanilish qonuniyatlarining matnlardagi chastota qatorlari (muayyan rang nomlarining qo‘llanish soni va takrorlanish darajasi), morfologik turlari (rang leksikasining grammatik shakllarda ifodalanishi) va koloritga to‘yinganlik darajasi (rang obrazining qanchalik kuchli, yorqin va ta’sirchanligi) badiiy asarlar janr xususiyatlari (epik asarlar) va mazmuniy dominantlari (muhabbat, fojia, kurash, umid) bilan bog‘liq rang leksikasiga doir xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan IL-7823051524-sonli «Paratranslator: korpus asosida yaratiladigan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasi» xalqaro ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025–yil 18–iyundagi 04I-4619–son ma’lumotnomasi).  Natijada loyiha doirasida fransuz, rus va o‘zbek xalqlari madaniyatlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar, muayyan rang oppozisiyalari hamda ularning madaniy talqinini izohlashga erishilgan; 
badiiy asarlarda rang leksikasining badiiy funksiyalari  nominativ, ramziy, kognitiv, emotsional-obrazli, kompozision-diskursiv va pragmatik komponentli funksional mezonlari, metaforizatsiya, metonimiya, sinesteziya (rang orqali hissiy va psixoemotsional holat), gradatsiya (ma’noning bosqichma-bosqich kuchayishi yoki pasayishi), semantik derivatsiya mexanizmlari, konseptual modellar, arxetipik va etnomadaniy rang kodlari, obrazlar tizimi, makon-zamon (xronotop), kompozision dinamika singari struktur-diskursiv mezonlari, muallif pozisiyasi, emotsional-ideologik fon kabi pragmatik va emotsional ta’sir mezonlari xususidagi xulosalardan 2024-yil 18–22-fevral kunlari Fransiyaning Puate universitetida amalga oshirilgan Erasmus+ KA171 akademik mobillik loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024–yil 23–fevraldagi 04/11–7975–son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matnlarda xromatonimlar funksiyalari uch tilda rangni ifodalovchi konseptual metaforalarning mavzuviy guruhlarini aniqlashga erishilgan;
fransuz, rus va o‘zbek tillari lingvomadaniyatida rang manzarasining universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlari R. Merlening «Malvil» romanida kulrang va qora ranglar G‘arb sivilizatsiyasiga xos apokaliptik kayfiyat, ijtimoiy inqiroz va individualizmni ifodalovchi madaniy belgilar sifatida, I. Efremovning «Chas bika» asarida ko‘k-moviy kosmik ranglar, qizil ideologik rang hamda qora ranglar kosmik-falsafiy tafakkur, ilmiy-utopik dunyoqarash va kollektiv ong bilan bog‘langan holda qo‘llanilib, rus madaniyatiga xos ideologik-falsafiy rang kodlarini aks ettirishi, T. Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarida esa oq, sariq va yashil ranglar er, mehnat, rizq va avlod davomiyligi bilan bog‘liq holda o‘zbek milliy dunyoqarashiga xos ramziy ma’nolarni ifodalashi xususidagi xulosalardan «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkilotining amaliy granti doirasida foydalanilgan (Toshkent shahri «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkilotining 2025-yil 19-iyundagi 2025-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, fransuz tilidagi badiiy matnlarda rang semantikasini o‘rganishga bag‘ishlangan madaniyatlararo kommunikatsiya va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlarida rang birliklarining nominativ va ramziy funksiyalarini qiyosiy tahlil qilishga asoslangan ilmiy-metodik yondashuv ishlab chiqilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish