Quryazov Shohrux Akbar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik salomatlikni saqlashning klinik va tibbiy-ijtimoiy jihatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4107.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Kamolova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ruzuddinov Nurmuxamet Saurbekovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: balog‘at yoshidagi qizlar orasida stomatologik salomatlikni saqlashning klinik va tibbiy-ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda stomatologik kasalliklar faol birlamchi profilaktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor balog‘at yoshidagi qizlar orasida stomatologik kasalliklarning tarqalish darajasi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holati va tish qattiq to‘qimasi kasalliklari intensivligi kompleks klinik-statistik tahlil asosida tizimli baholashning patogenetik ahamiyati asoslangan;
ilk bor tekshirilgan bemorlar orasida yuvenil (pubertat) gingivitning tarqalishi, klinik shakllari va yallig‘lanish faolligi indeks ko‘rsatkichlari asosida baholanib, uning hududiy jihatdan ishonarli farqlanishi aniqlangan;
ilk bor balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar og‘irlik darajasining shakllanishi og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holati, retension omillar va profilaktik faollik darajasi bilan klinik-statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi hamda ushbu o‘zaro bog‘liqlik asosida yallig‘lanish jarayonlari va karies kasalligini kamaytirishga qaratilgan  profilaktik chora tadbir ilmiy asoslangan;
yuvenil gingivit bilan kasallangan balog‘at yoshidagi qizlar uchun faol birlamchi profilaktikaga yo‘naltirilgan differensial davolash-profilaktik sxema joriy etilib, uni qo‘llash natijasida yallig‘lanish indekslari ishonchli pasayishi va stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlarining barqaror yaxshilanishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/36-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor balog‘at yoshidagi qizlar orasida stomatologik kasalliklarning tarqalish darajasi, og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holati va tish qattiq to‘qimasi kasalliklari intensivligi kompleks klinik-statistik tahlil asosida tizimli baholashning patogenetik ahamiyati asoslangan; Ilmiy yangilikning axamiyati: har ikkala shikoyat orasida farq borligi shaharlik qizlarda estetik ko‘rinish va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga e’tibor yuqori ekanligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №52 I. 07.07.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-37. 04.07.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №65 I. 28.08.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-38. 03.09.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar balog‘at yoshdagi qizlarda og‘iz bo‘shlig‘idagi o‘zgarishlarni o‘rganish, ular hayot sifatini yaxshilash, stomatologik kasalliklarni erta tashxislash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor tekshirilgan bemorlar orasida yuvenil (pubertat) gingivitning tarqalishi, klinik shakllari va yallig‘lanish faolligi indeks ko‘rsatkichlari asosida baholanib, uning hududiy jihatdan ishonarli farqlanishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: parodont kasalliklari, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tarqalishi va intensivligining yuqori darajalari isbotlangan bo‘lib, kuzatilishi mumkin asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №52 I. 07.07.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-37. 04.07.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №65 I. 28.08.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-38. 03.09.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: parodont kasalliklar, tish qattiq to‘qimalari va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari intensivligining yuqori darajalari isbotlanib tavsiya etilgan profilaktik tadbirlar stomatologik kasalliklarni erta tashxislash va asoratlarini oldini olish va shu bilan qizlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar og‘irlik darajasining shakllanishi og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi holati, retension omillar va profilaktik faollik darajasi bilan klinik-statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi hamda ushbu o‘zaro bog‘liqlik asosida yallig‘lanish jarayonlari va karies kasalligini kamaytirishga qaratilgan  profilaktik chora tadbir ilmiy asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati tish karioz zararlanishi hamda plombalar borligi bo‘yicha qishloq tumanlari va shaharlik qizlar orasida ishonarli tafovut aniqlanmagani, karies, plombalar bo‘yicha fark borligi, olib tashlangan tishlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich qishloq qizlariga nisbatan shaharliklarda ishonarli past bo‘lgani stomatologlar amaliyoti uchun, yallig‘lanish va karies yuklamasini kamaytirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarning muhimligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №52 I. 07.07.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-37. 04.07.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №65 I. 28.08.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-38. 03.09.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tish qattiq to‘qimasi kasalliklari intensivligi yuqori darajalari isbotlanib, tavsiya etilgan faol birlamchi profilaktikaning stomatologik kasalliklardan asoratlar oldini olish, qizlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar amaliy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, u muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 148000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 148000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yuvenil gingivit bilan kasallangan balog‘at yoshidagi qizlar uchun faol birlamchi profilaktikaga yo‘naltirilgan differensial davolash-profilaktik sxema joriy etilib, uni qo‘llash natijasida yallig‘lanish indekslari ishonchli pasayishi va stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlarining barqaror yaxshilanishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati; stomatologik salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha uning yomonlashganlik belgilari aniqlangani, ushbu qizlar stomatologik salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ushbu patologiyalar profilaktikasini ishlab chiqilganligi bilan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati Bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №52 I. 07.07.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-37. 04.07.2025 y, Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi, buyruq №65 I. 28.08.2025 y. Buxoro viloyati stomatologiya poliklinikasi, buyruq №01-38. 03.09.2025 y. bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qishloq tumanlari va shahar hududlarida istiqomat qiluvchi balog‘at yoshdagi qizlar ortopedik statusini o‘rganish natijasida ularda ortopedik xizmat ko‘rsatish darajasi bir xilda ekani isbotlanganligi stomatologik xizmatni tashkil etish hamda moliyalashtirishda hisobga olinishi lozimligi ko‘rsatilgan; Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan natijalar muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u bir tomondan kasallikni erta tashxislashga, ikkinchi tomondan davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan usullar asosida erta tashxislash va buning natijasida davolash xarajatlarini kamaytirishni hisoblash orqali iqtisodiy samaradorlik hisoblandi. Taklif qilingan ko‘rsatmalarni amalga oshirishdan 650000 so‘mlik iqtisodiy samaradorlik yuzaga keladi. Xulosa: balog‘at yoshidagi qizlarda stomatologik kasalliklar profilaktikasi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishga erishilgan va byudjet mablag‘larni 650000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish