Daminova Manzura Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda gender identiklik shakllanishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P630.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sanjar Ruzimurodovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Otajonova Odina Alijonovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘smirlarda gender identiklik shakllanishining biopsixosotsial xususiyatlarini aniqlash hamda uning sog‘lom rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan psixologik korreksiya tizimi va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda gender identiklikning shakllanishi biologik, psixologik, ijtimoiy omillar ta’sirida shaxsiy fazilatlar va sotsial rollarni anglashda namoyon bo‘lishi tufayli maskulinlik sifatlari shaxsni o‘ziga beradigan bahosini yuqoriligi, femininlikni ichki hissiy komponenti orqali ideal tasavvurdagi “Men”ni kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
o‘smirlarda gender identik shakllanishi shaxsning o‘zini faollashtirish darajasiga bog‘liqligiga ko‘ra maskulinlik sifatlari vaqtga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi safarbar etish, o‘zini hurmat qilish, agressiyaning, femininlik ichki yo‘nalganlik, boshqalarni qabul qilish, androginlik esa moslashuvchanlikni kuchaytirganligi tufayli shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishning sinxronizatsiyasidagi psixosotsial differensiatsiya aniqlangan;
o‘smirlardagi gender identiklik shaxsning vaqtga orientatsiya olishi, maqsadga yo‘nalganligi, boshqalarni va o‘zini emotsional qabul qilishi bilan bog‘liq o‘zini o‘zi refleksiv xususiyatlar ta’sirida faollashtirishiga asoslanib, yigit va qizlardagi ijtimoiy Menning kommunikativ Men orqali retrospektiv Menda namoyon bo‘lishiga identiv shakllanishi aniqlangan;
o‘smirlarda gender identiklik shakllanishining psixologik modeli gender haqidagi tasavvurlarning stereotiplarni anglashiga ta’siri yigit va qizlarni o‘zini emotsional qabul qilishiga olib kelganligi tufayli kognitiv, emotsional, irodaviy bloklarning o‘zaro tsiklli ierarxik integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda gender identiklik shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish natijalari asosida:
o‘smirlarda gender identiklikning shakllanishi biologik, psixologik, ijtimoiy omillar ta’sirida shaxsiy fazilatlar va sotsial rollarni anglashda namoyon bo‘lishi tufayli maskulinlik sifatlari shaxsni o‘ziga beradigan bahosini yuqoriligi, femininlikni ichki hissiy komponenti orqali ideal tasavvurdagi “Men”ni kuchayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi PM-129-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr 129-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda gender identiklik shakllanish jarayonini chuqurroq anglash, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda amaliyotga qo‘llash mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatlari oshirilgan
o‘smirlarda gender identik shakllanishi shaxsning o‘zini faollashtirish darajasiga bog‘liqligiga ko‘ra maskulinlik sifatlari vaqtga yo‘nalganlik, o‘zini o‘zi safarbar etish, o‘zini hurmat qilish, agressiyaning, femininlik ichki yo‘nalganlik, boshqalarni qabul qilish, androginlik esa moslashuvchanlikni kuchaytirganligi tufayli shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishning sinxronizatsiyasidagi psixosotsial differensiatsiya aniqlangan xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr PM-129-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda gender identikligi shakllanishi jarayonida o‘smirlarning emotsional, psixologik va ijtimoiy jihatdan barqarorlik xusuiyatlarining ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
o‘smirlardagi gender identiklik shaxsning vaqtga orientatsiya olishi, maqsadga yo‘nalganligi, boshqalarni va o‘zini emotsional qabul qilishi bilan bog‘liq o‘zini o‘zi refleksiv xususiyatlar ta’sirida faollashtirishiga asoslanib, yigit va qizlardagi ijtimoiy Menning kommunikativ Men orqali retrospektiv Menda namoyon bo‘lishiga identiv shakllanishi aniqlangan xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr PM-129-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘z o‘zini baholashi, ishonch darajasi va ijtimoiy moslashuvi gender identikligi bilan o‘zaro bog‘liqligini korreksiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda yuqori samaradorlikka erishish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda gender identiklik shakllanishining psixologik modeli gender haqidagi tasavvurlarning stereotiplarni anglashiga ta’siri yigit va qizlarni o‘zini emotsional qabul qilishiga olib kelganligi tufayli kognitiv, emotsional, irodaviy bloklarning o‘zaro tsiklli ierarxik integratsiyasi asosida takomillashtirilgan xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr PM -129-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi.Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabr 129-son ma’lumotnomasi). Natijada, gender identiklikni rivojlanish holatini aniqlash va mustahkamlashga qaratilgan psixokorreksion yondashublarning amaliy samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratilgan.