Kubaeva Shoira Toshmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘yin va innovatsion tafakkur (ontologik va gnoseologik tahlil)”, 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal69.
Ilmiy rahbar: Qo‘shoqov Shuhrat Solievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘yin va innovatsion tafakkurning ontologik va epistemologik tomonlarini ko‘rib chiqish, o‘yin fenomenining polifunksional xususiyatlarini hozirgi zamon o‘yin nazariyalari asosida, uning innovatsion tafakkurda namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klassik, noklassik va postnoklassik falsafada o‘yin fenomenining kul`turologik, psixologik, metodologik jihatlarini o‘rganishning evristik hamda funksional maqsad va vazifalarining o‘zgarib borishi asoslangan;
o‘yin fenomenining produktiv ko‘rinishi bo‘lgan regulyativ, rivojlantiruvchilik, kompensatorlik, raqobatli, yaratuvchanlik xislatlari innovatsion tafakkur shakllanishiga olib kelishi asoslangan;
innovatsion tafakkurning onto-epistemologik va evristik jihatlari nochiziqlilik, hamkorlik, interfaollik, semantik xilmaxillik tamoyillari asosida ochib berilgan;
innovatsion tafakkurning divergent va konvergent asoslari intellektual o‘yinda konstruktiv va qaror qabul qilish tarzida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘yin va innovatsion tafakkur bo‘yicha olingan natijalar asosida:
klassik, noklassik va postnoklassik falsafada o‘yin fenomenining kul`turologik, psixologik, metodologik jihatlari funksional o‘zgarib borishiga doir xulosalardan Yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 24 apreldagi 04-13/1905-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yin texnologiyalari va ssenariylar tayyorlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarni to‘g‘ri tashkil etish ishlarida ilmiy xodimlarning innovatsion tafakkurini yuksaltirishga, innovatsion g‘oyalarning rivojlantirishga oid ishlarining samaradorligini oshishiga erishilgan;
o‘yin fenomenining produktiv ko‘rinishi bo‘lgan regulyativ, rivojlantiruvchilik, kompensatorlik, raqobatli, yaratuvchanlik xislatlari innovatsion tafakkurni shakllanishiga olib kelishiga oid xulosalardan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida bajarilgan YoA-1-17 raqamli “Katta avlod vakillarining komil insonni tarbiyalashdagi o‘rni va rolini optimallashtirish imkoniyatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 89-03-4303-son ma’lumotnomasi). Natijada katta avlod vakillarining yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va rolini optimallashtirish imkoniyatlari o‘rganildi hamda komil insonni tarbiyalash jarayonida kreativ, funksional va pedagogik o‘yinning ijobiy ta’sir etuvchi jihatlari aniqlangan;
innovatsion tafakkurning onto-epistemologik va evristik jihatlari nochiziqlilik, hamkorlik, interfaollik, semantik xilma xillik tamoyillari orqali asoslanishi haqidagi xulosalardan hozirgi zamon ma’naviy ishlab chiqarish sharoitida innovatsion tafakkurni asosiy faoliyat turiga aylantirish, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotda o‘yin faoliyatini proektiv amaliyotda namoyon bo‘lishi, bu faoliyatning prognostik (ilmiy bashorat) jihatlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 17 dekabrdagi 02/015-1296-18-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, “Harakatlar strategiyasi” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish ishlari takomillashtirilgan.