Arziqulov Hasan Normurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kommunikativ kompetensiyani takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1133.
Ilmiy rahbar: Saidov Azamat Ismoilovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sobirova Dilafuruz Abdurazzoqovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalar kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kommunikativ kompetensiyalari o‘quv guruhlaridagi gorizontal munosabatlarning ta’lim bosqichlariga bog‘liq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ikkichi bosqich talabalarida verbal va noverbal signallarni idrok qilish, ikkinchi bosqich talabalarida esa o‘zini o‘zi rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllanishiga identiv namoyon bo‘lishi aniqlangan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini takomillashuvida muloqotdagi axborotlarga nisbatan empatiyaviy senzitivlikka asoslanib, verbal va noverbal ma’lumotlarga nisbatan rasional, shaxsning o‘zini rivojlantirishiga nisbatan esa intuitiv hamdardlikning yetakchi ijtimoiy psixologik xususiyat ekanligi dalillangan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishda lingvistik, matematik-mantiqiy intellektning muloqotni idrok qilish, tushunish orqali o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi bilan o‘zaro ta’sirlashuviga asoslanib shaxslararo munosabatlardagi empatiyaning intellektual xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi muhim ekanligi aniqlangan;
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni takomillashtirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari o‘zaro munosabatlardagi ijtimoiy bilimlar va strategiyalarni muloqotdagi motivasion to‘siqlarni engib o‘tishga ta’siriga asoslanib tinglay olish va fikrni aniq ifodalash ko‘nikmasining hissiy rakursda rasional namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Talabalarda kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari»ni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kommunikativ kompetensiyalari o‘quv guruhlaridagi gorizontal munosabatlarning ta’lim bosqichlariga bog‘liq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra ikkichi bosqich talabalarida verbal va noverbal signallarni idrok qilish, ikkinchi bosqich talabalarida esa o‘zini o‘zi rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllanishiga identiv namoyon bo‘lishi aniqlanganligiga oid ilmiy yangilik O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 421a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kompetensiyaviy yondashuvini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini takomillashuvida muloqotdagi axborotlarga nisbatan empatiyaviy senzitivlikka asoslanib, verbal va noverbal ma’lumotlarga nisbatan rasional, shaxsning o‘zini rivojlantirishiga nisbatan esa intuitiv hamdardlikning yetakchi ijtimoiy psixologik xususiyat ekanligi dalillanganligiga oid yangilik O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 421a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kompetensiyaviy yondashuvini shakllanishida tizimli fikrlash darajasi bevosita ta’siri tadqiq etilgan;
talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirishda lingvistik, matematik-mantiqiy intellektning muloqotni idrok qilish, tushunish orqali o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi bilan o‘zaro ta’sirlashuviga asoslanib shaxslararo munosabatlardagi empatiyaning intellektual xususiyatlarga integrativ namoyon bo‘lishi muhim ekanligi aniqlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 421a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kompetensiyaviy yondashuvini namoyon bo‘lishiga bog‘liq ravishda empatiya darajasi hamda intellekt tiplari strukturaviy tahlil qilingan
talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni takomillashtirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari o‘zaro munosabatlardagi ijtimoiy bilimlar va strategiyalarni muloqotdagi motivasion to‘siqlarni engib o‘tishga ta’siriga asoslanib tinglay olish va fikrni aniq ifodalash ko‘nikmasining hissiy rakursda rasional namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid yangilik O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazinning 2025-yil 23-avgustdagi PM-421-son buyrug‘iga asosan markaz qoshidagi psixologlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining “Ijtimoiy psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga singdirilgan (O‘zMPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM 421a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kompetensiyaviy yondashuvini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik psixotexnikalari ishlab chiqilgan.