Muqimova Hurriyat Olimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali pankreatitda generallashgan parodontitni kompleks davolash» 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib3381.
Ilmiy rahbar: Yusupalixodjaeva Saodat Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ramiz Mursel` oglu Axmedbeyli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon).
Yetakchi tashkilot: X.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-stomatologik va laboratoriya tadqiqotlari asosida oshqozon osti bezi ekzokrin etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda surunkali parodontitni kompleks davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ishlab chiqilgan 11 ta klinik va anamnestik omillarni o‘z ichiga olgan ko‘p omilli logistik regressiya modeli surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda generallashgan parodontitni rivojlanish xavfini baholash va shaxsga yo‘naltirilgan davolashni ishlab chiqish imkonini berishi aniqlangan;
surunkali pankreatitda tizimli (C-peptid, leykotsitlar, fibrinogen, α-amilaza), mahalliy (og‘iz suyuqligining ishqoriy fosfatazasi) va koprologik (yog‘ kislotalari, shilimshiq, kraxmal) markerlar o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqlik ekzokrin etishmovchilikning parodont destruksiyasi va yalig‘lanishida sinergizmning patogenetik roli isbotlangan;
og‘iz suyuqligida kalsiyning 1,80 martaga kamayishi, ishqoriy fosfatazaning 2,47 martaga, prolinning 1,22 martaga ortishi, shuningdek, peshobda kalsiyning 1,36 martaga va oksiprolinning 1,26 martaga ko‘payishi, generallashgan parodontitli bemorlarda oshqozon osti bezining ekzokrin etishmovchiligi parodont to‘qimalari destruksiyasi va suyak rezorbsiyasini kuchaytirishdagi roli aniqlangan;
generallashgan parodontitni shaxsiy yo‘naltirilgan yondashuv asosida ishlab chiqilgan davolash kompleksi klinik va parodontal ko‘rsatkichlarning pasayishini, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini meyorlashuvini, og‘iz suyuqligida prolin, peshobda gidroksiprolin va kalsiyning kamayishini, og‘iz suyuqligida kalsiyning ko‘payishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yig‘ilishi bayonining 2025 yil 7 oktyabrdagi 26-son bayoni asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent davlat stomatologiya institutining 2025 yil 7 oktyabrdagi №26/37-sonli, sog‘liqni saqlashning boshqa muassasalariga ilmiy yangiliklarni joriy etish to‘g‘risidagi xatiga asosan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor ishlab chiqilgan 11 ta klinik va anamnestik omillarni o‘z ichiga olgan ko‘p omilli logistik regressiya modeli surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda generallashgan parodontitni rivojlanish xavfini baholash va shaxsga yo‘naltirilgan davolashni ishlab chiqish imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:  ishlab chiqilgan 11 ta klinik va anamnestik omillarni o‘z ichiga olgan ko‘p omilli logistik regressiya modeli yuqori bashoratli aniqlikni ta’minlaydi (AUC=0,865; 95% umumiy aniqlik- 0,803-0,927; sezuvchanlik 92,9%; o‘ziga xoslik 69,2%; Xosmer-Lemeshev bo‘yicha p=0,63) va shu asosida surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda generallashgan parodontit xavfini past (0-0,29), o‘rta (0,30-0,69) va yuqori (0,70-1,00) darajalarga tabaqalashtirish, shaxsiylashtirilgan tashxislash va davolash uchun ilmiy asos yaratiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy tadqiqot ma’lumotlari Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi" davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlari (25.04.2025-yildagi 58-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Milliy tibbiyot markazi" Toshkent shahar bo‘limlari (24.07.2025-yildagi 01-03/67-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: model yallig‘lanish belgilari va stomatologik asoratlarni 37,51% ga kamaytirish, parodontit xavfini erta aniqlash va davolashni optimallashtirish orqali surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi, bu esa ularning ijtimoiy moslashuviga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan modelni qo‘llash takroriy aralashuvlar va kasalxonaga yotqizishlarni kamaytirish orqali davolash xarajatlarini 30% ga qisqartiradi, parodontit va surunkali pankreatitni davolashda sog‘liqni saqlash resurslaridan foydalanishni optimallashtiradi. Xulosa: Ushbu mezonlar tashxislashdagi noaniqlikni kamaytirish va klinik qarorlarning aniqligini oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z vaqtida aralashuv va shaxsiylashtirilgan yondashuv orqali yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlashga va bashoratni yaxshilashga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali pankreatitda tizimli (C-peptid, leykotsitlar, fibrinogen, α-amilaza), mahalliy (og‘iz suyuqligining ishqoriy fosfatazasi) va koprologik (yog‘ kislotalari, shilimshiq, kraxmal) markerlar o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqlik ekzokrin etishmovchilikning parodont destruksiyasi va yalig‘lanishida sinergizmning patogenetik roli isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SP fonida generallashgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda tizimli markerlar (C-peptid: 0,72<r<0,83; leykotsitlar: r=0,71<r<0,75; fibrinogen: r=0,71; bilirubin: 0,70<r<0,79; α-amilaza: -0,73<r<0,80; vitamin S: 0,71<r<0,73), mahalliy (og‘iz suyuqligidagi ishqoriy fosfataza: r=0,72) va koprologik ko‘rsatkichlar (yog‘ kislotalari: r=0,85 kraxmal bilan; shilliq: r=0,84 leykotsitlar bilan) bilan parodontal parametrlar (OHI-S, SBI, PI) o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqliklar (r≥0,7) yallig‘lanish sinergizmida, malabsorbsiya va parodontning destruksiyasida ekzokrin etishmovchilikning patogenetik rolini tasdiqlaydi, yangi tashxislash standartlarini joriy etish uchun ilmiy asos yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy tadqiqotdan olingan ma’lumotlar Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi" davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlari (25.04.2025-yildagi 58-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Milliy tibbiyot markazi" Toshkent shahar bo‘limlari (24.07.2025-yildagi 01-03/67-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan korrelyasiyalar surunkali kasalliklar bilan bog‘liq ijtimoiy yuklamani minimallashtirgan holda surunkali parodontit bilan og‘rigan bemorlarda parodontit xavfi guruhlarini aniqlash, kasallikning qaytalanish chastotasini 3 barobarga pasaytirish va yallig‘lanishning og‘irligini kamaytirishga, ish kunlarini qisqartirish, mehnat qobiliyati va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: korrelyasion ma’lumotlardan foydalangan holda yangi tashxislash va davolash usullarini joriy etish shifoxonada davolanishni 10 kundan 7 kungacha qisqartiradi, vaqtni tejash koeffisienti 1,43, o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,44 ni tashkil etadi, xarajatlarni 94,98% ga kamaytiradi va o‘rin fondi samaradorligini 92,83% ga oshiradi. Xulosa: surunkali pankreatitda tizimli, mahalliy va koprologik ko‘rsatkichlar bilan parodontal ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniqlangan korrelyasiyalar yallig‘lanish va parodontal destruksiyalarni nazorat qilish uchun tashxislash va davolashga fanlararo yondashuvni asoslab, tashqi sekresiya etishmovchiligining patogenetik rolini tasdiqlaydi. 
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz suyuqligida kalsiyning 1,80 martaga kamayishi, ishqoriy fosfatazaning 2,47 martaga, prolinning 1,22 martaga ortishi, shuningdek, peshobda kalsiyning 1,36 martaga va oksiprolinning 1,26 martaga ko‘payishi, generallashgan parodontitli bemorlarda oshqozon osti bezining ekzokrin etishmovchiligi parodont to‘qimalari destruksiyasi va suyak rezorbsiyasini kuchaytirishdagi roli aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali pankreatit fonida rivojlangan surunkali parodontitda og‘iz suyuqligi va peshob metabolik markerlarining o‘zgarishlari parodont destruksiyasi mexanizmlarini tushunishni kengaytiradi va tashxislash aniqligini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy tadqiqot ma’lumotlari Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi" davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlari (25.04.2025-yildagi 58-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Milliy tibbiyot markazi" Toshkent shahar bo‘limlari (24.07.2025-yildagi 01-03/67-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: markerlarda aniqlangan o‘zgarishlar surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlar orasida xavf guruhlarini aniqlash imkonini berib, parodontal destruksiyaning og‘irligini 30,62% ga kamaytiradi, bu esa hayot sifatini yaxshilaydi, mehnat qobiliyatini oshiradi va surunkali kasalliklar bilan bog‘liq ijtimoiy yukni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik markerlardan foydalanish tashxislash vaqtini 20% ga va kasalxonada davolanish davomiyligini 7 kungacha qisqartiradi, yotoq fondining samaradorligini 92,83% ga oshiradi. Xulosa: bashorat ko‘rsatkichlar sifatida aniqlangan og‘iz suyuqligi va peshob markerlari tashxislash aniqligini 25% ga oshiradi va xarajatlarni 94,98% ga kamaytiradi, SPda parodontal asoratlarning klinik natijalari va profilaktikasini 37,51% ga yaxshilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: generallashgan parodontitni shaxsiy yonaltirilgan yondashuv asosida ishlab chiqilgan davolash kompleksi klinik va parodontal ko‘rsatkichlarning pasayishini, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini me’yorlashuvini, og‘iz suyuqligida prolin, peshobda gidroksiprolin va kalsiyning kamayishini, og‘iz suyuqligida kalsiyning ko‘payishini ta’minlashi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkazilgan tadqiqotlar ilk bor surunkali pankreatit bilan og‘rigan bemorlarda surunkali parodontitni metabolik buzilishlarni tuzatish, biokimyoviy ko‘rsatkichlarni me’yorlashtirish va mineral almashinuvni yaxshilash orqali davolash samaradorligini oshirish mumkinligini isbotladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy tadqiqot ma’lumotlari Farg‘ona shahridagi "Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi" davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlari (25.04.2025-yildagi 58-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Milliy tibbiyot markazi" Toshkent shahar bo‘limlari (24.07.2025-yildagi 01-03/67-sonli buyruq) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali pankreatit va parodontit bilan og‘rigan bemorlarda ishlab chiqilgan davolash usulini joriy etish kasallikning qaytalanishini uch baravar kamaytiradi va ishlanmaydigan kunlar sonini qisqartirib, bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonada davolanish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish vaqtni tejash koeffisientini 1,43 ni ta’minlaydi va xarajatlarni 90% dan ko‘proqqa kamaytiradi, bu esa o‘rin fondidan foydalanishni optimallashtiradi. Xulosa: ko‘p omilli model va optimallashtirilgan terapiyaning joriy etilishi uning tibbiy yordam sifati va sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshiruvchi innovatsion vosita sifatidagi ahamiyatini tasdiqlaydi.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish