Sultanov Samandar Maxmud o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi va quyi Zarafshon vodiysi hududlarida xo‘jalik-etnomadaniy munosabatlar tarixi (mil. avv. VII-II ming yilliklar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar2337.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matyakubov Xamdam Xamidjanovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxit Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdirimov Razzoqberdi, tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xorazm vohasi va Quyi Zarafshon vodiysi madaniy-xo‘jalik markazlarda qadimgi davrda kechgan jarayonlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm vohasi va Quyi Zarafshon vodiysining neolit va bronza davri jamiyatini qamrab olgan jarayonlar tarixi yoritildi hamda bu davrlarda aholining xo‘jalik yuritish sohalari qanday omillarga tayanilganligi ochib berildi;  
Neolit davridan boshlab aholi balandlik yon qismiga yog‘och ustunli chayla qurib yashashgan bo‘lsa, bronza davri aholisi mil. avv X asrgacha yarim erto‘la shaklidagi manzilgohlarda (Yakkeparsan-2) o‘rnashib, ovchilik va termachilikdan, “Qayr” ziroatchiligini turmush tarziga olib kirganliklari dalillandi;
Oqchadaryo xavzasi va Quyi Zarafshon vodiysida bronza davri xo‘jalik-madaniy tiplari aholining bunyodkorligi, hunarmandchilik sohasida erishgan yutuqlari, jamiyatni tadrijiy ravishda rivojlantirishda  ishtirok qilganligi dalillandi;
Xorazm vohasi va Quyi Zarafshon vodiysining geografik xolatining ilk temir davri madaniy-xo‘jalik markazlarida kechgan etno-madaniy jarayonlarga ta’siri masalasi taxlil qilindi va shu asosda umumjihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari izohlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi va quyi Zarafshon vodiysi hududlarida xo‘jalik-etnomadaniy munosabatlar tarixi (mil. avv. VII-II ming yilliklar) mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Xorazm vohasi va Quyi Zarafshon vodiysining neolit va bronza davri jamiyatini qamrab olgan jarayonlar tarixi yoritildi hamda bu davrlarda aholining xo‘jalik yuritish sohalari qanday omillarga tayanilganligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi natijalardan foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2026-yil 24-martdagi 02-06-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, qadimgi Xorazm vohasi va quyi Zarafshon vodiysi hududlarida xo‘jalik-etnomadaniy munosabatlari tadqiq qilish zarurligi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanishga xizmat qilgan;
Neolit davridan boshlab aholi balandlik yon qismiga yog‘och ustunli chayla qurib yashashgan bo‘lsa, bronza davri aholisi mil. avv X asrgacha yarim erto‘la shaklidagi manzilgohlarda (Yakkeparsan-2) o‘rnashib, ovchilik va termachilikdan, “Qayr” ziroatchiligini turmush tarziga olib kirganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 29-yanvardagi 26-36-16-son malumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar qadimgi Xorazm vohasi aholisining joylashishi, mudofaa inshootlarini muhofaza qilish, xo‘jalik-etnomadaniy munosabatlarini qayta tiklash ishlarini davom ettirish borasida zamonaviy texnologik yutuqlarini hisobga olish, virtual muzeylarni tashkillashtirish hamda yodgorliklardan foydalanishni takomillashtirsh imkonini yaratgan;
Oqchadaryo xavzasi va Quyi Zarafshon vodiysida bronza davri xo‘jalik-madaniy tiplari aholining bunyodkorligi, hunarmandchilik sohasida erishgan yutuqlari, jamiyatni tadrijiy ravishda rivojlantirishda ishtirok qilganligi dalillandi va ilmiy xulosalardan foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2026-yil 24-martdagi 02-06-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish va O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
Xorazm vohasi va Quyi Zarafshon vodiysining geografik xolatining ilk temir davri madaniy-xo‘jalik markazlarida kechgan etno-madaniy jarayonlarga ta’siri masalasi taxlil qilindi va shu asosda umumjihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari izohlanganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniysi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2025-2026-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 29-yanvardagi 26-36-16-son malumotnomasi). Natijada, qadimgi Xorazm vohasi hududidagi qadimgi davrdagi xo‘jalik hayoti va etnomadaniy munosabatlar tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazishda, shuningdek, tarixiy-madaniy bilimlarni chuqurlashtirishda keng qo‘llanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish