Abduxalikova Dilora Tavakkalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy holatini baholashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6251
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Taspanova Ayzada Kenjebaevna, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy holatini baholash va ularning iqtisodiy nochorligini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
korxonalarning moliyaviy holatini tezkor baholash uchun moliyaviy barqarorlik – nochorlik indeksi ishlab chiqish asosida indeks korxonaning moliyaviy holatini “Barqaror”, “Tahdid ostida”, “Nochorlik xavfi yuqori” darajalarda baholash taklifi asoslab berilgan;
stress-ssenariyli nochorlik testlash modeli korxonaning moliyaviy barqarorligini baholashda avval qo‘llanilmagan stress-ssenariyli prognozlash va nochorlik xavfini aniqlash usulini joriy etish, korxonaning stressga chidamlilik darajasini baholash, nochorlik riskigacha bo‘lgan vaqtni aniqlash va menejment qarz restrukturizasiyasi, aktivlarni sotish kabi strategik qarorlarni erta qabul qilish imkoniyatlari asoslangan;
nochorlikka moyil korxonalarda pul oqimini “bosqichma-bosqich tiklash” va ustuvor choralarni belgilash imkoniyatini beruvchi yangi amaliy vosita – “Pul oqimini tiklash matrisasi”ni (POTM) ishlab chiqish orqali nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish modeli taklifi ishlab chiqilgan;
korxonaning moliyaviy barqarorligi bo‘yicha qaror qabul qilishda yagona integral mezon mavjud emasligi uchun integral baholash indeksi ishlab chiqish, korxona pul oqimlari barqarorligi va qarz xizmatini qoplash imkoniyatini yagona raqamli ko‘rsatkich orqali ifoda etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy holatini baholash va ularning iqtisodiy nochorligini bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekistondagi iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash va baholash uchun ko‘p omilli kompleks tahlil uslubi yaratilgan bo‘lib ushbu model orqali korxonalarning nochorlik darajasini aniqlash, xavfli holatdagi sub’ektlar bo‘yicha tezkor va maqsadli choralar ko‘rish imkonini yaratgan, indikatorlar tizimi davlat va xususiy sektor uchun strategik qarorlarni qabul qilishda asosiy tahlil vositasi sifatida xizmat qilib, hududiy va tarmoq kesimida iqtisodiy holatni kompleks baholash imkonini bergan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 20 oktyabrdagi 02/24-17/3548 con ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarning to‘lov qobiliyati, likvidlik darajasi, foydalilik, kapital aylanuvchanligi va rentabelligini hisobga olgan holda, ularning iqtisodiy nochorlik ehtimoli aniqlangan.
Iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tiklash yondashuvlarining tizimli, manzilli ravishda amalga oshirilishiga zamin yaratuvchi moliyaviy sog‘lomlashtirish modeli taklif etilgan bo‘lib, u korxona muammolarini kompleks tahlil qilish, nochorlikning sabablarini aniqlash va mutanosib ravishda maqsadli moliyaviy yordam shakllarini tanlash imkonini beradi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 20 oktyabrdagi 02/24-17/3548 con ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida davlat, banklar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlik institutsional mexanizmi asosida muvofiqlashtirildi, moliyaviy yordamning manzilliligi va samaradorligi oshirildi, moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari belgilanishi orqali davlat resurslaridan samarali foydalanishga erishilgan.
Korxona qarz yukini restrukturizasiyalash, moliyaviy oqimlarni qayta yo‘naltirish, past rentabellikka ega faoliyat turlarini optimallashtirish, aktivlarning bozor qiymatini qayta baholash, yuqori samara beradigan investisiya loyihalarini jalb etish va ishlab chiqarish quvvatlarini yangi bozor talablariga moslashtirish mexanizmlari taklif etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 20 oktyabrdagi 02/24-17/3548 con ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida korxonaning moliyaviy muammolarini tizimli aniqlash, tasniflash va har biriga mos echim ishlab chiqish imkoniyati yaratilib, bankrotlik xavfini kamaytirish, korxonaning iqtisodiy salohiyatini tiklashga qaratilgan strategik choralar shakllantirilgan.
Iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmi tizimli takomillashtirilgan va iqtisodiy nochorlikni bartaraf etish bo‘yicha davlat siyosatining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025 yil 20 oktyabrdagi 02/24-17/3548 con ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida nochor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash choralari tizimli, maqsadli va prognozli asosda shakllantirilib, davlat resurslarining samarali taqsimlanishi, manzilli yordam ko‘rsatilishi hamda byudjet xarajatlarining iqtisodiy samaradorligi ta’minlangan.