Yakubov Faxriddin Juraqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi davr ingliz va o‘zbek siyosiy diskursida metaforaning ahamiyati”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4757 
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 
Rasmiy opponentlar: Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Xushmurodova Shaxnoza Shaymonqulovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz (Britaniya, Amerika) va o‘zbek siyosiy diskursi doirasida metafora qo‘llanilishini kognitiv-diskursiv va pragmatik-kommunikativ yondashuvlar nuqtaiy-nazaridan ochib berish, ushbu lingvistik hodisalarning funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda siyosiy nutq, uning diskursiv o‘rganilish omillari va bosqichlari belgilandi, siyosiy tilshunoslik va siyosiy diskursning rivojlanish bosqichlari ingliz va o‘zbek tillari materialida ochib berildi. Tadqiqot natijasida siyosiy tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda siyosiy diskursning lingvistik xususiyatlari nazariy-metodologik jihatdan asoslandi. Bu boradagi qarashlar bir maxrajga keltirildi, siyosiy tilshunoslik yo‘nalishining mustaqil ilmiy maqomi aniqlandi; 
siyosiy diskursning ingliz va o’zbek tillaridagi lingvistik, kognitiv hamda lingvokognitiv xususiyatlari dalillandi hamda ingliz (Britaniya, Amerika) va o‘zbek siyosiy diskurslarining lingvistik, kognitiv xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida aniqlandi. Ikki tildagi siyosiy diskurslarda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlarining umumiy va milliy-differensial jihatlarini aniqlash asosida siyosiy matnlarning kognitiv tuzilmalari o‘rtasidagi farqlar yoritildi;
siyosiy diskursda kognitiv metafora qo‘llanishining kommunikativ zaruratini yuzaga chiqaruvchi omillar hamda ularning lingvistik belgilari misollar asosida yoritildi. Siyosiy diskursda keng qo‘llaniladigan metaforalarning kognitiv asoslari, semantik maydonlari va lingvistik ifoda vositalari aniqlandi, metaforalarning siyosiy  nutqdagi kommunikativ vazifalari ochib berildi; 
Ingliz (Amerika) va o‘zbek siyosiy diskurslarida metaforalarning kognitiv tabiati, madaniy va milliy xususiyatlari aniqlandi. Turli madaniy-milliy kontekstlarda shakllangan siyosiy metaforalarning xalq ongidagi kognitiv modellarining ideologik yuklamalari va madaniy konnotatsiyalari isbotlandi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi davr ingliz va o‘zbek siyosiy diskursida metaforaning ishlatilishi tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
siyosiy diskursda kognitiv metafora qo‘llanishining kommunikativ zaruratini yuzaga chiqaruvchi omillar hamda ularning lingvistik belgilari misollar asosida yoritilishi, siyosiy diskursda keng qo‘llaniladigan metaforalarning kognitiv asoslari, semantik maydonlari va lingvistik ifoda vositalari aniqlanishi, metaforalarning siyosiy  nutqdagi kommunikativ vazifalari ochib berilshi xususidagi xulosalardan natijalardan Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ- 2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 18-avgustdagi №334-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.
tilshunoslikda siyosiy nutq, uning diskursiv o‘rganilish omillari va bosqichlari belgilandi, siyosiy tilshunoslik va siyosiy diskursning rivojlanish bosqichlari ingliz va o‘zbek tillari materialida ochib berildi. Tadqiqot natijasida siyosiy tilshunoslikning fan sifatida shakllanishi, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda siyosiy diskursning lingvistik xususiyatlari nazariy-metodologik jihatdan asoslandi. Bu boradagi qarashlar bir maxrajga keltirildi, siyosiy tilshunoslik yo‘nalishining mustaqil ilmiy maqomi aniqlanishi Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil, 14-avgustdagi 2375/02-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishining amaliy natijalari umumiy tilshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslikka bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkillashtirishda, darslik va qo‘llanmalar yaratishda, kurs ishi, maqola va tezislar tayyorlashda, tadqiqot manbalarini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishda qo‘llanilishi mumkin.
Ingliz (Amerika) va o‘zbek siyosiy diskurslarida metaforalarning kognitiv tabiati, madaniy va milliy xususiyatlari aniqlanganligi, turli madaniy-milliy kontekstlarda shakllangan siyosiy metaforalarning xalq ongidagi kognitiv modellarining ideologik yuklamalari va madaniy konnotatsiyalari isbotlanishiga doir ilmiy natijalar, taklif, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida 2022-2024-yillarda bajarilgan “Harbiy aviatsiya terminlarining uch tilli tarjima izohli lug‘atining elektron platformasini yaratish” mavzusidagi (AL-21091588) amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. (Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasining 2025-yil, 4-sentyabrdagi 10/1998-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma, ishlanma va izohli lug‘at ishlab chiqishda foydalanilgan. Dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar fundamental loyiha doirasida o‘z aksini topgan.
siyosiy diskursning ingliz va o’zbek tillaridagi lingvistik, kognitiv hamda lingvokognitiv xususiyatlari dalillanishi hamda ingliz (Britaniya, Amerika) va o‘zbek siyosiy diskurslarining lingvistik, kognitiv xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida aniqlanishi, ikki tildagi siyosiy diskurslarda til vositalarining qo‘llanish xususiyatlarining umumiy va milliy-differensial jihatlarini aniqlash asosida siyosiy matnlarning kognitiv tuzilmalari o‘rtasidagi farqlar yoritilishi mazmunida  erishilgan natijalardan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DMda 2025-yil 9-avgust kuni efirga chiqqan “Kun mavzusi” eshittirishining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokanali DM ning 2025-yil, 13-avgust 01-07/282-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning siyosiy diskursning ingliz va o‘zbek tillari misolidagi lingvistik, kognitiv hamda lingvokognitiv xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish