Bo‘taev O‘tkir Shirinboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) ma’murchiligini istiqbolli rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: 336.225-048.32(575.1).
Ilmiy rahbar: Allakuliev Akmal Baltaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Xaydarov Nizomiddin Xamraevichlar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
    qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmini uning zamonaviy modeliga yaqinlashtirish orqali QQS “zanjiri”dagi bo‘shliqni tiklash maqsadida imtiyozlarni bosqichma-bosqich qisqartirish ekonometrik tahlillar asosida asoslandi.
qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi samaradorligini oshirish maqsadida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan QQS summasini belgilangan shartlar asosida qaytarish mexanizmini amaliyotga joriy etilishi orqali QQS zanjiridagi uzilishlar tiklandi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) va tovar transport yuk xati (TTYuX) birlashtirilgan holda qayta shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish bosqichlarini unifikatsiyalash ilmiy va amaliy jihatdan asoslandi;
respublikada faoliyat yurituvchi eksportyor tadbirkorlik sub’ektlari uchun QQS ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida bojxona organlari tomonidan soliq idoralariga elektron aloqa kanallari orqali ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etib borish tartibi joriy etilgan. 
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmini uning zamonaviy modeliga yaqinlashtirish orqali QQS “zanjiri”ni tiklash maqsadida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni tovar aylanmasidan qat’iy nazar QQS to‘lovchi sifatida e’tirof etilishi hamda yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari uchun belgilangan QQS imtiyozlarini 2025 yil 1 iyuldan bekor qilish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son Qonuni 3-moddasi 2-qismi bilan Soliq kodeksining 243-moddasi 15-bandiga o‘zgartirish kiritish orqali hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 27 dekabrdagi PF-229-son Farmoni bilan amaliyotga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 4 apreldagi 18/1-39961-son ma’lumotnomasi). Imtiyozlarni bosqichma-bosqich qisqartirish QQS zanjirida imtiyozlar sababli yuzaga kelayotgan QQS siyosatidagi bo‘shliqni kamaytirish orqali hamda aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi bo‘lgan 11 mingdan ortiq farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning QQS to‘lovchi sifatida e’tirof etilishi QQS zanjirining to‘laqonli ishlashini ta’minlaydi hamda byudjetga qo‘shimcha 33,9 mlrd so‘m QQS hisoblanishi tahlil qilindi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi QQS siyosati va intizomidagi bo‘shliqni 3–5 foizgacha kamaytirish imkonini berishi ekonomotrik tahlillar asosida asoslandi.
qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi samaradorligini oshirish maqsadida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan byudjetga to‘langan QQS summasini belgilangan shartlar asosida qaytarish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 7 noyabrdagi 745-son “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 4 apreldagi 18/1-39961-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ushbu sohalarda mavjud yashirin iqtisodiyotni qisqartirish orqali QQS zanjiridagi uzilishlarni tiklash imkonini beradi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) va tovar transport yuk xati (TTYuX) birlashtirilgan holda qayta shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish bosqichlarini unifikatsiyalash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 18 martdagi 168-son qarori bilan amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 4 apreldagi 18/1-39961-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga kiritilishi QQS zanjiri uzluksizligini ta’minlash orqali “ishlab chiqarish – sotish – iste’mol”ning har qanday bosqichida yaratiladigan qo‘shilgan qiymatdan samarali soliq undirish hamda xufiyona operatsiyalarni qisqartirish imkoniyatini oshirdi. Natijada, QQS bazasi 8 – 15 foizga o‘sishi ilmiy va amaliy jihatdan asoslandi;
respublikada faoliyat yurituvchi eksportyor tadbirkorlik sub’ektlari uchun QQS ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida bojxona organlari tomonidan soliq idoralariga elektron aloqa kanallari orqali bojxona organining “Tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risida (CMR)”gi ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etib borish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1014-son “Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 3-modda 1- va 4-qismlari bilan hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 133-modda 13-qismi va 261-modda 1-qismining ikkinchi va uchinchi bandlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 4 apreldagi 18/1-39961-son ma’lumotnomasi). Ushbu, taklifning joriy etilishi natijasida eksport operatsiyalarini soxtalashtirish orqali byudjetdan asossiz 527,2 mlrd so‘mlik QQSning salbiy farqini qoplab berish oldi olindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish