Gulyamova Mavluda Xamitovnaning

doktorlik dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga integrativ yondashuv”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped245.

Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.  

Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kurbanbaev Djavad Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilini o‘qitishda integrativ yondashuv asosida talabalarning kommunikativ  kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyasini integrativ yondashuv asosida teng va alohida rivojlanishi aniqlangan;

tinglab tushunish, gapirish nutq faoliyatida omofon bo‘yicha farqli va o‘qish, yozish nutq faoliyatida omograf bo‘yicha esa o‘xshash xususiyatlari aniqlangan;

 ingliz tilidagi nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish)ni integratsiyalashtirishning didaktik ta’minoti ilk bora ishlab chiqilgan;

ingliz tilida nutq faoliyati turlarini integratsiyalashtirib o‘qitish metodikasi interfaol metodlarning integratsiyasi asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ingliz tilini o‘qitishda talabalar kommunikativ  kompetensiyasini rivojlantirishga integrativ yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ingliz tilini o‘qitishda talabalarning kommunikativ kompetensiyasi integrativ yondashuv asosida aniqlangan teng va alohida rivojlanishidan  A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 89-03-4275-son ma’lumotnomasi). Natijada «Reading 1», «Writing 2», o‘quv qo‘llanmalar mavzularini takomillashtirishga xizmat qilgan;

tinglab tushunish, gapirish nutq faoliyatida aniqlangan omofon bo‘yicha farqli va o‘qish, yozish nutq faoliyatida omograf bo‘yicha esa o‘xshash xususiyatlaridan 5111400 – xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bakalavriatining DTS talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan («Oʻzstandart» agentligi O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018 yil 7 dekabrdagi 01/6936-son ma’lumotnomasi). Ushbu mashqlar  nutq faoliyati turlarini integratsiyalashtirib o‘qitish asosida talabalar kommunikativ    kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;

ingliz tilida tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish nutq faoliyati turlari bo‘yicha ilk bora ishlab chiqilgan didaktik ta’minotidan A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 89-03-4275-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi  talabalarining ingliz tilida kommunikativ kompetensiyasining takomillashuviga xizmat qilgan;

interfaol metodlar integratsiyasi asosida takomillashtirilgan ingliz tilida nutq faoliyati turlarini integratsiyalashtirib o‘qitish metodikasidan O‘zbekiston Amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida o‘tayotgan ko‘rgazmalarda tarjimonlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 5 yanvardagi 01-12-10-39-son ma’lumotnomasi). Natijada metodik ta’minot talabalarning ingliz tilidagi nutq faoliyati turlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish