Tuganova Luiza Djuraevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurist kasb etikasining aksiologik jihatlari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1701 .
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07
Rasmiy opponentlar: Holbekov Abdug‘ani Jumanazarovich – sotsiologiya fanlari doktori, falsafa fanlari nomzodi, professor, Xuseynova Abira Amonovna – falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurist kasb etikasining aksiologik jihatlarini falsafiy-axloqiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida huquq-tartibot transformatsiyasini aks ettiruvchi ijtimoiy ong, axloqiy madaniyat va barqaror me’yoriy amaliyot shakli sifatida yurist kasb etikasining qadriyatli yo‘naltiruvchi, me’yoriy tartibga soluvchi va legitimlashtiruvchi funksiyalari orqali yaxlit falsafiy-aksiologik roli ochib berilgan;adolat, burch, mas’uliyat va ishonch kabi universal tushunchalarning  jamiyatdagi milliy mental va madaniy-huquqiy xususiyatlari bilan sinteziga asoslangan yuridik etikaning modellari (universal qadriyatlarga tayangan milliy sintez, yuridik etikaning falsafiy-kategorial rekonstruksiyasi, qonuniylik–mas’uliyat–birdamlik–chegaralar modeli) ishlab chiqilgan;
adolat, burch, mas’uliyat va ishonch kabi universal tushunchalarning  jamiyatdagi milliy mental va madaniy-huquqiy xususiyatlari bilan sinteziga asoslangan yuridik etikaning modellari (universal qadriyatlarga tayangan milliy sintez, yuridik etikaning falsafiy-kategorial rekonstruksiyasi, qonuniylik–mas’uliyat–birdamlik–chegaralar modeli) ishlab chiqilgan;tadqiqotda yurist kasbiy etikasining huquqiy davlat va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlashdagi ahamiyatini ochib beruvchi, yuristning shaxsiy axloqiy pozisiyasi bilan jamiyatning hokimiyat institutlariga bo‘lgan ishonchini bog‘lovchi vositachi mexanizmlar majmuasi sifatida talqin etilgan huquqiy ongning (kasbiy-axloqiy va psixologik kuzatib borish) me’yoriy-qadriyatli yadrosi ochib berilgan;
huquqiy ratsionallikni shaxsning axloqiy avtonomiyasi bilan uyg‘unlashtiruvchi noyob ijtimoiy-madaniy institut sifatida yurist kasbining aksiologik o‘ziga xosligi kasbiy ong tarkibida qadriyatlarni interiorizatsiyalash mexanizmlari orqali adolat, ishonch, mas’uliyat va vijdon qadriyatlarini kasbiy ong hamda huquqiy faoliyat mazmuni bilan integratsiyalash, ularni huquqiy va axloqiy reglamentlarda normativ institutsionallashtirish, shuningdek, huquqni qo‘llash va yuridik qarorlar qabul qilish jarayonlarida amaliy operatsionallashtirish orqali ilmiy asoslangan;
tadqiqotda huquqiy ongning huquqiy davlat va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlashda yurist kasb etikasining ahamiyatini ochib beruvchi, uning shaxsiy axloqiy pozisiyasini jamiyatning hokimiyat institutlariga bo‘lgan ishonchi bilan bog‘lovchi vositachilik mexanizmlari yig‘indisi sifatida talqin etiluvchi qonuniylik, adolat, mas’uliyat, vijdonlilik, kasbiy sha’n va ishonchni o‘z ichiga oluvchi normativ-qadriyatli yadrosi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yurist kasb etikasining aksiologik jihatlari ochib berilgan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatining modernizatsiyalashuvi sharoitida huquqiy tartibning transformatsiyasini aks ettiruvchi ijtimoiy ong, axloqiy madaniyat va barqaror me’yoriy amaliyot shakli sifatida yurist kasbiy etikasining yaxlit falsafiy-aksiologik tahliliga oid xulosalardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona xodimlari o‘rtasida xizmat etikasini mustahkamlashga doir ichki yo‘riqnomalar va tavsiyalar ishlab chiqishda, o‘quv dasturlariga kasbiy axloqiy qadriyatlar bo‘yicha modullar kiritishda, xalqaro bojxona hamkorligida axloqiy va huquqiy standartlarni uyg‘unlashtirish tashabbuslarini ekspert baholashda qo‘llanildi (Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 
22-avgustdagi 1/04-25-0084-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Bojxona qo‘mitasining xizmat intizomi, korrupsiyaga qarshi siyosati va xodimlar madaniyati rivojini takomillashtirishga xizmat qildi;
adolat, burch, mas’uliyat va ishonch kabi universal tushunchalarning o‘zbek jamiyatidagi milliy mental va madaniy-huquqiy xususiyatlari bilan sinteziga asoslangan yuridik etikaning original mualliflik modeliga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2025−2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining «Adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik institutlarni rivojlantirish» bo‘limida konseptual asos sifatida qo‘llanilgan («Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 15-avgustdagi 01-03/212-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiyaning NNTlar va fuqarolik jamiyati organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarini yanada kuchaytirish, xususan, partiyaning saylovchilar bilan tezkor bog‘lanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi raqamli platforma tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yurist kasbining huquqiy ratsionallikni shaxsning axloqiy avtonomiyasi bilan uyg‘unlashtiruvchi noyob ijtimoiy-madaniy institut sifatidagi aksiologik o‘ziga xosligi birinchi marta adolat, ishonch, mas’uliyat va vijdon kabi qadriyatlarning kasbiy ong va huquqiy faoliyat mazmuni bilan integratsiyasi orqali asoslangan ilmiy xulosalar asosida 2024–2025-yillar davomida «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Men – Yuristman», «Adolat mezoni»  dasturlari, shuningdek, «Fidokor yurist» hujjatli-ko‘rsatuvlar turkumi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-iyuldagi 26-36-1025-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari teletomoshabinlar va tinglovchilarda yuristning qonunni tatbiq qiluvchi texnik mutaxassis emas, balki ijtimoiy adolat va axloqiy qonuniylikni ifodalovchi vakil sifatida qayta konseptual tushunishga xizmat qilgan;
yurist kasbiy etikasining huquqiy davlat va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlash sharoitida yuristning shaxsiy axloqiy pozisiyasi bilan jamiyatning hokimiyat institutlariga bo‘lgan ishonchi o‘rtasidagi vositachi rolini bajaruvchi huquqiy ongning me’yoriy-qadriyatli yadrosi sifatidagi yangi kategoriyasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi faoliyatida qo‘llanilgan. Xususan, 2025-yil fevral oyida «Yurist shaxsi va davlat ishonchi: aksiologik yondashuv» nomli o‘quv-modul tadqiqotdan olingan asosiy prinsiplar asosida tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasisining 2025-yil 14-noyabr 1-01/3501-son ma’lumotnomasi). Natijalar advokatlarning kasbiy faoliyatida axloqiy tamoyillarning yangi ilmiy faktlar bilan boyishiga hamda ilmiy saviyasining oshishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish