Karimov Ulmasbek Umaralievich
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati evolyusiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlari”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal.853
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qo‘qon universitrti professori v.b., falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Xolmirzaev Nodirjon Nizomjonovich; Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, falsafa fanlari doktori Azamat Muxtorov.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining evolyusion rivojlanishini, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini hamda mazkur jarayonning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan kompleks tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyatiga doir mavjud nazariy yondashuvlar O‘zbekistonning milliy taraqqiyot sharoitlari kontekstida tizimli tarzda qayta tahlil qilindi. Tadbirkorlik faoliyatining jamiyat rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligini ifodalovchi konseptual asoslarni yangi ilmiy yondashuv orqali asoslab berildi;
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining tarixiy shakllanishi va evolyusion rivojlanish bosqichlari falsafiy rekonstruksiya asosida o‘rganilib, possovet davridan to hozirgi modernizatsiya jarayonlarigacha bo‘lgan o‘zgarishlar ijtimoiy-falsafiy kategoriya sifatida asoslandi;
tadbirkor shaxsining ijtimoiy identifikatsiyasi hamda uning faoliyatini rag‘batlantiruvchi motivatsion omillar milliy ijtimoiy-madaniy muhit nuqtayi nazaridan falsafiy jihatdan konseptual tarzda asoslandi. Tadbirkorlikni shaxsiy tashabbus, jamiyat qadriyatlari va ijtimoiy ong bilan bog‘laydigan yangi ilmiy talqinda ochib berildi;
Yangi O‘zbekiston sharoitida shakllanib borayotgan tadbirkorlikning milliy modeli ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinib, uning modernizatsiya jarayonlari, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda iqtisodiy rivojlanishdagi funksional ahamiyati nazariy jihatdan dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan tadbirkorlikning ijtimoiy-falsafiy mazmuniga oid konseptual yondashuvlar mahalla va oila tizimida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy dasturlarning mazmunini takomillashtirishda qo‘llanildi:
tadbirkorlikning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy va ma’naviy o‘rni falsafiy asosda izohlanganligi bois, ushbu xulosalar mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, yoshlar va oilalarning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka ijobiy ijtimoiy munosabatni shakllantirishga oid targ‘ibot materiallaridan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasini tuzishda samarali foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati - O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya Qo‘mitasining 2025-yil 29-iyuldagi 01-27/323-son Dalolatnomasi) Natijada, mahalla va oila institutlari faoliyatida tadbirkorlikni jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘un talqin etish kuchaydi, iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi ortdi;t
tadbirkorlarning ijtimoiy identiteti, faoliyat motivlari va qadriyatga asoslangan iqtisodiy modeli bo‘yicha tadqiqot xulosalari asosida faoliyat erkinligini mustahkamlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari mazmuniga falsafiy tushunchalar integratsiya qilindi. Xususan, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-yil mart-oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Virtual dunyo” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda ilmiy natijalardan amaliy foydalanildi (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 19-noyabrdagi 05-09-1853-son Dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faqat iqtisodiy faoliyat emas, balki liberallashuv, ijtimoiy faollik, ijtimoiy qadriyatlar tashuvchisi sifatida talqin qilinishi natijasida tadbirkorlar ongida huquqiy himoya va ijtimoiy mas’uliyat kuchaydi;
tadqiqotda ishlab chiqilgan tadbirkorlikning tarixiy-evolyusion bosqichlari bo‘yicha xulosalar mahalla va mahalliy iqtisodiy subektlar faoliyatini rejalashtirishda, ayniqsa yosh tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasini tuzishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati - O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Siyosiy Kengash Ijroiya Qo‘mitasining 2025-yil 29-iyuldagi 01-27/323-son Dalolatnomasi). Natijada, ushbu yondashuv tadbirkorlikning milliy tarixiy ildizlarini va ularning zamonaviy bosqichga ta’sirini tushuntirishga yordam berdi;
tadqiqotda taklif qilingan ijtimoiy-falsafiy model mahalla, yoshlar siyosati va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan loyihalarga tatbiq etildi. Xususan, “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2025-yil mart-oktyabr oylarida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirish ssenariyini tayyorlashda foydalanildi (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 19-noyabrdagi 05-09-1853-son Dalolatnomasi). Natijada, mahalla va yoshlar orasida iqtisodiy savodxonlik oshdi; jamiyatda tadbirkorlikning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati mustahkamlandi; gender tengligini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar shakllandi.