Muqimov Botir Mirabzalovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi metodologiyasini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2025.1.DSc/Iqt 857
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘lakov Ulug‘bek Toshmamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – iqtisodiy munosabatlarni soliqqa tortishga ta’sirining tadqiqi asosida O‘zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining tegishli hududdagi har bir tadbirkorlik sub’ekti bilan ish faoliyatini manzilli tashkil qilish orqali tadbirkorlarning mazkur yo‘nalishdagi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va past quvvatda ishlayotgan korxonalarga to‘liq ishlashi uchun soliq ma’murchiligi yuzasidan ko‘maklashish asosida tadbirkorlarning soliqlar hisobini yuritish va soliq bazasini shakllanishidagi ishtirokini faollashtirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlari avtomatlashtirilgan hisobga olish uskunalari yoki axborot tizimlariga integratsiya bo‘yicha talablarni buzish hamda raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarida moliyaviy jarima qo‘llash hamda huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – oxirgi hisobot choragidagi sof tushumning 2 foizi, bir yil ichida takrorlanganda – sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima qo‘llash taklifi ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini ta’sischilari (ishtirokchilari) tarkibi hamda yillik jami daromadi hajmi mezonlariga ko‘ra kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlik sub’ektlari toifalariga ajratish asosida engilliklar berish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda soliq bazasini kengayishiga imkon yaratish taklifi asoslangan;
yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytinglari doirasida toifalarga ajratilgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida toifalarga tegishli ravishda soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik, soliqlar bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarishning qisqartirilgan muddatini qo‘llash, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish kabi rag‘batlantirish choralari taklif etilgan;
barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimini joriy etish hamda elektron yuk xatlarini markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va ularning hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli tuzilmani belgilab qo‘yish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy munosabatlarni soliqqa tortishga ta’sirining tadqiqi asosida O‘zbekistonda soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining tegishli hududdagi har bir tadbirkorlik sub’ekti bilan ish faoliyatini manzilli tashkil qilish orqali tadbirkorlarning mazkur yo‘nalishdagi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va past quvvatda ishlayotgan korxonalarga to‘liq ishlashi uchun soliq ma’murchiligi yuzasidan ko‘maklashish asosida tadbirkorlarning soliqlar hisobini yuritish va soliq bazasini shakllanishidagi ishtirokini faollashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi
PF-37-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil
23-fevraldagi 26/2-25067-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston soliq tizimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun adolatli soliqqa tortish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlari avtomatlashtirilgan hisobga olish uskunalari yoki axborot tizimlariga integratsiya bo‘yicha talablarni buzish hamda raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlarida moliyaviy jarima qo‘llash hamda huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – oxirgi hisobot choragidagi sof tushumning 2 foizi, bir yil ichida takrorlanganda – sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi PF-39-sonli Farmonida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 23-fevraldagi 26/2-25067-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilishiga, tadbirkorlik sub’ektlarining daromadlarining oshishiga olib kelgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini ta’sischilari (ishtirokchilari) tarkibi hamda yillik jami daromadi hajmi mezonlariga ko‘ra kichik, o‘rta va yirik tadbirkorlik sub’ektlari toifalariga ajratish asosida engilliklar berish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda soliq bazasini kengayishiga imkon yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli Farmonida tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil
23-fevraldagi 26/2-25067-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq ma’murchiligining takomillashishi hamda soliq bazasini kengayishiga imkon yaratilgan;
yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytinglari doirasida toifalarga ajratilgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida toifalarga tegishli ravishda soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik, soliqlar bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarishning qisqartirilgan muddatini qo‘llash, tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish kabi rag‘batlantirish choralari bo‘yicha taklif inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-sonli qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 23-fevraldagi 26/2-25067-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanishi zarur bo‘lgan soliqlarni undirishning qulay mexanizmi yaratilgan hamda soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshishiga ijobiy ta’sir qilgan;
barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimini joriy etish hamda elektron yuk xatlarini markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va ularning hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli tuzilmani belgilab qo‘yish orqali soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 673-sonli qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 23-fevraldagi 26/2-25067-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xizmati organlari tomonidan bu jarayon natijasi yuzasidan soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishda qulay imkoniyat yaratilgan.