Aripov Javoxir Abdixakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliya tizimini institutsional mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6030
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston moliya tizimida hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish, ochiq ma’lumotlar va ommaviy hisobotlar mexanizmlari asosida hisobdorlik-shaffoflik institutini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi orqali ichki nazorat elementlarini yagona metodik yondashuv asosida tashkil etish taklifi asoslangan;
asosiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun mas’ul o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlaridan iborat «operatsion funksiyalar», xavflarni boshqarish, inspeksiya va muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan (komplaens) boshqaruv va nazoratni qo‘llab-quvvatlovchi «maxsus funksiyalar» hamda nazorat va boshqaruv tizimlarining samaradorligini mustaqil baholashni ta’minlaydigan ichki auditni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali davlat organlarida hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlash taklifi asoslangan; 
ichki nazorat tizimining yaxlit normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy yo‘riqnomalar asosida tashkil etilishida standartlashtirishni ta’minlash orqali sifatli axborotlardan foydalanish va kommunikatsiyani yaxshilash hamda ishonchli muvofiqlik va  hisobdorlik tizimlarini takomillashtirish taklifi asoslangan;
qaror qabul qilish jarayonida jamoatchilik takliflarining inobatga olinishi, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikning yo‘lga qo‘yilishi orqali respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat muhiti asosiy elementlari tarkibida halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi mexanizmini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliya tizimini institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi orqali ichki nazorat elementlarini yagona metodik yondashuv asosida tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 iyuldagi «2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 446-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 04/53-2-29190-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida ichki nazorat elementlarini yagona metodik yondashuv asosida tashkil etish orqali moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va hisobdorlik darajasini aniq mezonlar asosida baholash amaliyoti shakllantirilgan;
asosiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun mas’ul o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlaridan iborat «operatsion funksiyalar», xavflarni boshqarish, inspeksiya va muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan (komplaens) boshqaruv va nazoratni qo‘llab-quvvatlovchi «maxsus funksiyalar» hamda nazorat va boshqaruv tizimlarining samaradorligini mustaqil baholashni ta’minlaydigan ichki auditni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali davlat organlarida hisobdorlik va shaffoflikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 iyuldagi «2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 446-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 04/53-2-29190-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida davlat organlarida xavflarni boshqarish, muvofiqlikni ta’minlash va nazoratning mustaqil baholanishi o‘rtasida funksional uyg‘unlik ta’minlanib, hisobdorlikning institutsional barqarorligi oshirilgan; 
ichki nazorat tizimining yaxlit normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy yo‘riqnomalar asosida tashkil etilishida standartlashtirishni ta’minlash orqali sifatli axborotlardan foydalanish va kommunikatsiyani yaxshilash hamda ishonchli muvofiqlik va hisobdorlik tizimlarini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 iyuldagi «2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 446-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 04/53-2-29190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada axborot almashinuvining standartlashuv darajasi oshirilib, ishonchli ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari kengaydi hamda muvofiqlik va hisobdorlik jarayonlarida qaror qabul qilish sifati yaxshilangan;
qaror qabul qilish jarayonida jamoatchilik takliflarining inobatga olinishi, ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikning yo‘lga qo‘yilishi orqali respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat muhiti asosiy elementlari tarkibida halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 iyuldagi «2025-2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 446-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 25 dekabrdagi 04/53-2-29190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ochiqlik va shaffoflikning amaliy mexanizmlari kuchaytirilib, nazorat muhitida halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga rioya etish darajasi oshishiga xizmat qiluvchi tashkiliy shart-sharoitlar shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish