Toshboev Sherzod Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1230.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Almardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlarga nisbatan suzib-yuruvchi foiz stavkalarini belgilash asosida xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan resurslar bilan bog‘liq foiz riskini kamaytirish taklifi asoslangan;
billateral va kontensiz xorijiy kredit liniyalari yordamida resurslar jalb qilish amaliyotini joriy etish orqali tijorat banklarining likvidlilik muammosini hal qilish hamda resurs bazasini mustahkamlash taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini jalb etishda kredit riskini boshqarish, kreditlash limitlari o‘rnatish va kredit riski bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini tashkil etish orqali har bir potensial mijozga nisbatan kreditga layoqatliligini baholashda moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar asosida tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash taklif etilgan;
tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish mexanizmi ta’sirini baholashning empirik modeli asosida chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ajratiladigan kreditlar hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlarga nisbatan suzib-yuruvchi foiz stavkalarini belgilash asosida xorijiy kredit liniyalari orqali jalb qilingan resurslar bilan bog‘liq foiz riskini kamaytirish taklifi «Hamkorbank» ATB amaliyotida joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-martdagi 568/13-01-443-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning foiz stavkasi oʻzgarishiga ta'sirchan aktivlar va majburiyatlarning miqdor va muddat jihatidan mutanosibligi ta'minlanib, bankning 2025-yil 1-yanvar holatiga bank jami aktivlarini oldingi yilga nisbatan kamida 26 foizga oshirish imkoniyatiga erishilgan;
billateral va kontensiz xorijiy kredit liniyalari yordamida resurslar jalb qilish amaliyotini joriy etish orqali tijorat banklarining likvidlilik muammosini hal qilish hamda resurs bazasini mustahkamlash taklifi «Hamkorbank» ATB amaliyotida joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-martdagi 568/13-01-443-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasining oshishi, likvidliligi mustahkamlanishiga hamda bankning mijozlari oldidagi imkoniyatlari yanada kengaytirilishiga erishib, bankning kredit portfeli oldingi yilga nisbatan 16,3 foizga oshib 18 448,5 mlrd. soʻmni tashkil etish imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini jalb etishda kredit riskini boshqarish, kreditlash limitlari o‘rnatish va kredit riski bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasini tashkil etish orqali har bir potensial mijozga nisbatan kreditga layoqatliligini baholashda moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar asosida tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash taklifi «Hamkorbank» ATB amaliyotida joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-martdagi 568/13-01-443-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy kreditlarning riskka tortilganlik darajasi pasaytirilib, korxona tomonidan ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxira shakllantirish orqali uning kredit yuki va boshqa moliyaviy majburiyatlari nazorat qilingan hamda bir guruh korxonalar kreditlari boʻyicha muammoli aktivlar yuzaga kelishining oldi olingan;
tijorat banklarining xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish mexanizmi ta’sirini baholashning empirik modeli asosida chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ajratiladigan kreditlar hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi «Hamkorbank» ATB amaliyotida joriy etilgan (Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 24-martdagi 568/13-01-443-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» Aksiyadorlik tijorat bankining rivojlanish strategiyasidagi asosiy istiqbol parametrlarini oldindan baholash va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.