Irgasheva Gulbahor Sodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investisiyalar jalb qilish imkoniyatlari», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5738.
Ilmiy rahbar: Valiev Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investisiyalar jalb qilishni oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “islom iqtisodiyoti”, “islomiy investisiyalar” va “islomiy investision loyihalar” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni, foyda va zararning taqsimlanishi, foizli amaliyot (ribo)ning rad etilishi, g‘arar, g‘abn, maysir va taqiqlangan faoliyat turlaridan holi bo‘lish tamoyillarini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
hududlarda islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investisiyalarni jalb etishning kengayishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyasion-regression bog‘liqligini o‘rganish asosida islomiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2029 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
hududlar iqtisodiyotiga islomiy investisiyalarni jalb etishni rivojlantirishda institutsional investorlar tomonidan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda 25,0 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni nasiya savdoga asoslangan murobaha shartnomasi asosida moliyalashtirish taklif etilgan;
islomiy investisiyalarni jalb etish faoliyatini rivojlantirishda institutsional investorlar indeksini yuritish uslubini hududlarda tadbirkorlarning islomiy investisiyalar bo‘yicha xabardorlik va bilim darajalarini oshirish asosida ulardan foydalanish holatlarini yaxshilash orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan ishlab ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “islom iqtisodiyoti”, “islomiy investisiyalar” va “islomiy investision loyihalar” tushunchalarining iqtisodiy mazmunini foyda va zararning taqsimlanishi, foizli amaliyot (ribo)ning rad etilishi, g‘arar, g‘abn, maysir va taqiqlangan faoliyat turlaridan holi bo‘lish tamoyillarini o‘zaro muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Xorijiy investisiyalarni jalb etish va boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025 yil 16 iyundagi 239-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchalarning oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida yangicha mazmunda o‘rgatilishi, bo‘lajak mutaxassislarning islom iqtisodiyoti, islomiy investisiyalar hamda islomiy investision loyihalarni anglash va ularni milliy iqtisodiyotimizga tatbiq etish borasidagi nazariy va amaliy bilim hamda malakalarini rivojlantirishga keng yo‘l ochgan;
hududlarda islom iqtisodiyoti tamoyillari asosida investisiyalarni jalb etishning kengayishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyasion-regression bog‘liqligini o‘rganish asosida islomiy investisiyalarni o‘zlashtirishning 2029 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 9 sentyabrdagi 15/03-141-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda islomiy investisiyalarni jalb qilishning kengayishiga ta’sir qiluvchi omillarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 2029 yilga borib hududlarda islomiy investisiyalarni jalb qilish 4 barobargacha oshirish imkonini berishi taklifi ilmiy asoslangan;
hududlar iqtisodiyotiga islomiy investisiyalarni jalb etishni rivojlantirishda institutsional investorlar tomonidan Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda 25,0 million AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni nasiya savdoga asoslangan murobaha shartnomasi asosida moliyalashtirish taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 9 sentyabrdagi 15/03-141-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi bilan 25,0 mln. AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolanib, ushbu mablag‘lar nasiya savdoga asoslangan murobaha shartnomasi asosida texnika, uskuna va binolarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan;
islomiy investisiyalarni jalb etish faoliyatini rivojlantirishda institutsional investorlar indeksini yuritish uslubini hududlarda tadbirkorlarning islomiy investisiyalar bo‘yicha xabardorlik va bilim darajalarini oshirish asosida ulardan foydalanish holatlarini yaxshilash orqali takomillashtirish taklifi “Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2023-2027 yillar uchun rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Turonbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025 yil 9 sentyabrdagi 15/03-141-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda tadbirkorlarning islomiy investisiyalar haqida xabardorlik va bilim darajalarini bir birlikka oshirish bo‘yicha amaliy ishlardagi yaxshilanish ularning islomiy investisiyalardan foydalanish holatlarini qo‘shimcha ravishda 20 foizga oshirishga olib kelishi, islomiy investisiyalarning biznesni rivojlantirish xususiyatlarini oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni bir birlikka yaxshilash hududlarda tadbirkorlarning islomiy investisiyalardan foydalanish holatlarini qo‘shimcha ravishda 20 foizga oshirishga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.