Safixodjaeva Nodira Nabievnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysidagi Mehribonlik uylarining faoliyati tarixi (1991–2021 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar 1932
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Babajanova Dilorom Babajanovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Diyorjon Nodirjon o‘g‘li, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillik yillarida Farg‘ona vodiysidagi “Mehribonlik” uylarining faoliyati tarixini, shuningdek, etim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimini joriy etish hamda ularga zarur va munosib shart-sharoitlar yaratish masalalarini ochib berishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik yillarida Andijon viloyatidagi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanuvchilar soni mavjud o‘rinlardan oshmasa-da Namangan va Farg‘ona viloyatlari “Mehribonlik” uylaridagi bolalarni mavjud sig‘imlaridan ortiqcha qabul qilinishi, ijtimoiy ta’minot, vasiylik va homiylik masalalaridagi oqsashlar bitiruvchilarning ijtimoiy hayotga ko‘nikish borasida muammolarni yuzaga kelishiga olib kelganligi asoslangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida “Mehribonlik” uylarining ahvoli qoniqarsiz holatda, ko‘plari eski binolarda joylashgani, moddiy-texnik ahvolining tangligi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi muammolar kabi qiyinchiliklarga qaramasdan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Farg‘ona vodiysidagi tarbiyalanuvchilar va pedagogik jamoa a’zolari tomonidan jinoyatchilik, qonun va tartibbuzarlik hollari uchramaganligi dalillangan;
1997-yildan boshlab Farg‘ona vodiysida “Mehribonlik” uylarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, muammolarni bartaraf etish va zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida davlat yordami bilan birga xususiy sektorlar, YuNISEF, Xalqaro Qizil Xoch va mahalliy tashkilotlar tomonidan uskunalar, asbob-anjomlar, tibbiy jihozlar va tibbiy dori vositalari hamda jihozlar sotib olish uchun mablag‘larining ajratilishi mavjud vaziyatning o‘nglanishiga yordam berganligi aniqlangan;
“Mehribonlik” uylarining uy-joyga muhtoj bo‘lgan 900 nafar chin etim bitiruvchilarini mustaqil hayotga munosib moslashib olishlari hamda ularning uy-joy bilan ta’minlanishidagi muammaolarga 2017-yildan boshlab “Mehribonlik” uylarining uy-joyga muhtoj etim bitiruvchilari va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor qaratilishi sababli Farg‘ona vodiysida “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari orasida ijtimoiy etimlikni kamaytirishga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2021 yillarda Farg‘ona vodiysidagi “Mehribonlik” uylarining faoliyati tarixiga oid ilmiy natijalar, xulosa va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonda “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish va ularning mustaqillik yillarida Andijon viloyatidagi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanuvchilar soni mavjud o‘rinlardan oshmasa-da Namangan va Farg‘ona viloyatlari “Mehribonlik” uylaridagi bolalarni mavjud sig‘imlaridan ortiqcha qabul qilinishi, ijtimoiy ta’minot, vasiylik va homiylik masalalaridagi oqsashlar bitiruvchilarning ijtimoiy hayotga ko‘nikish borasida muammolarni yuzaga kelishiga olib kelganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 1-apreldagi 01-33/199-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshabinlarda “Mehribonlik” uylari faoliyati, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va yangi tizimning joriy etilishiga doir qarashlarning shakllanishiga xizmat qilgan.
mustaqillikning dastlabki yillarida “Mehribonlik” uylarining ahvoli qoniqarsiz holatda, ko‘plari eski binolarda joylashgani, moddiy-texnik ahvolining tangligi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi muammolar kabi qiyinchiliklarga qaramasdan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Farg‘ona vodiysidagi tarbiyalanuvchilar va pedagogik jamoa a’zolari tomonidan jinoyatchilik, qonun va tartibbuzarlik hollari uchramaganligiga oid natijalaridan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining ijtimoiy himoyaga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydanilgan (O‘zLiDePning 2025-yil 17-apreldagi 01-27/192-son ma’lumotnomasi). Natijalaning qo‘llanilishi O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining ijtimoiy himoyaga doir vazifalarni ilmiy asosda bajarilishiga imkon bergan.
1997-yildan boshlab Farg‘ona vodiysida “Mehribonlik” uylarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, muammolarni bartaraf etish va zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida davlat yordami bilan birga xususiy sektorlar, YuNISEF, Xalqaro Qizil Xoch va mahalliy tashkilotlar tomonidan uskunalar, asbob-anjomlar, tibbiy jihozlar va tibbiy dori vositalari hamda jihozlar sotib olish uchun mablag‘larining ajratilishi mavjud vaziyatning o‘nglanishiga yordam berganligiga oid natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 17-apreldagi 01-27/192-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Dasturning VII bandida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir” vazifalar doirasida targ‘ibot ishlarini samarali tashkil qilishda yordam bergan.
“Mehribonlik” uylarining uy-joyga muhtoj 900 nafar chin etim bitiruvchilarini mustaqil hayotga moslashishi va uy-joy bilan ta’minlanishidagi muammaolarga 2017-yildan boshlab “Mehribonlik” uylarining uy-joyga muhtoj etim bitiruvchilari va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor qaratilishi Farg‘ona vodiysida “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari orasida ijtimoiy etimlikni kamaytirishga xizmat qilganligi bo‘yicha natijalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish chora dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zLiDePning 2025-yil 17-apreldagi 01-27/192-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Dasturning 52-bandida belgilangan maqsad va vaziflar doirasida targ‘ibot ishlarini samarali tashkil qilishda yordam bergan.