Sharipov Odiljon Bafoevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining biologik faolligi va ularni maqbullashtirish yo‘llari (Buxoro tumani misolida)», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V152.

Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori; Hakimova Muabara Xalilovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro tumani sug‘oriladigan tuproqlarining biologik faolligini aniqlash va ularni maqbullashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor hududning sug‘oriladigan voha o‘tloqi-allyuvial, o‘tloqi-allyuvial va cho‘l-qumli tuproqlarining umumiy biologik faolligi darajasi aniqlangan;

tuproqlarda mikroorganizmlarning fiziologik guruhlari miqdori, tarqalishi, ularning mavsumiy dinamikasi, tuproqlar xossa-xususiyatlari va biologik faolligi o‘rtasidagi korrellyativ bog‘liqlik aniqlangan;

hududning sug‘oriladigan tuproqlari organik moddasi transformatsiya koeffisienti, biogenligi va ekologik-biologik holatining integral ko‘rsatkich qiymati aniqlangan;

hududning sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar unumdorligi, biologik faolligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda agrobiotexnologiyalarni qo‘llash samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining biologik faolligi va ularni maqbullashtirish yo‘llari (Buxoro tumani misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Buxoro tumani sug‘oriladigan tuproqlarining asosiy xossa-xususiyatlari va tuproq ekologik biologik holatining integral ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda degradatsiyaga uchraganligi bo‘yicha indikator mezonlari Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri tizimida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2547-son ma’lumotnomasi). Natijada hududda tuproq unumdorligini belgilovchi ko‘rsatkich sifatida baholash, xaritalash va tuproq-ekologik monitoring yuritish imkonini bergan;

«Buxoro viloyati sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligini oshirishning agrobiologik usullari, degradatsiya jarayonlarining xavflilik darajasini GAT texnologiyalari asosida aniqlash» bo‘yicha tavsiyalar Buxoro viloyati Er resurslari va davlat kadastri tizimida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2547-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish, tuproq unumdorligini oshirish hamda er resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;

sug‘oriladigan tuproqlarda bioo‘g‘itlar qo‘llash asosida tuproqning biologik faolligi, unumdorligini tiklash va oshirish agrobiotexnologiyasi Buxoro tumanida 201 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 02/020-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqdagi gumus miqdorini 0,116–0,129 %ga, kaliy 0,08–0,14 %ga va nisbiy biologik faolligini 11–14 %ga oshirish hamda g‘o‘zadan qo‘shimcha 3,1–3,7 s/ga hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish