Xoshimov Sanjarbek Sultonbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Van Yan Min falsafasida inson tabiati masalasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1040
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Van Yan Min falsafasida inson tabiati aspektlari va tarixiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat. 
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Van Yan Min ta’limotining inson tabiati, axloqiy tamoyillar, ijtimoiy adolat va davlat boshqaruviga oid g‘oyalari konfusiylikdagi insonparvarlik, axloqiy meʼyor va o‘z-o‘zini rivojlantirish, daosizmdagi tabiat va jamiyat uyg‘unligi, ichki xotirjamlik, buddizmdagi rahm-shafqat hamda ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari bilan uyg‘un ekanligi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishi, o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlashi aniqlashtirilgan;
Van Yan Minning “Bilim va harakat birligi” g‘oyasi (gnoseologik, antropologik, prakseologik asosga ega) inson tafakkuri, axloqiy kamolot va amaliy faoliyatni bir butun ma’naviy faoliyatni ifodalashi hamda yoshlar tarbiyasida nazariy bilim hamda amaliy tajribaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi, masʼuliyat, xulq va ijtimoiy faollikni rivojlantirishi asoslangan;
mutafakkirning “Ezgu fikr” konsepsiyasidagi insonning o‘zini tarbiyalashi, jamiyat rivojiga ongli ta’sir ko‘rsatishi, axloqiy mukammallikka intilishi kabi g‘oyalar ma’naviy barkamol inson konsepsiyasidagi o‘zini anglaydigan shaxs sifatida shakllanish, axloqiy masʼuliyatni qaror toptirish mezoni hamda farovon jamiyat konsepsiyasida hamkorlikni rivojlantirish, adolat va ishonchni mustahkamlash, fuqarolik faolligini kuchaytirish tamoyili ekanligi dalillangan;
Van Yan Min falsafiy ta’limotida keltirib o‘tilgan bilim, axloq, odob, insoniy kamolot va ezgulik g‘oyalari zamonaviy globallashuv (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasining o‘sishi) davrida Yangi O‘zbekistonda yoshlarni radikal-mafkuraviy oqimlar ta’siridan himoya qilish, ularda mustahkam ma’naviy-axloqiy immunitetni shakllantirish, masʼuliyatli fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Van Yan Min falsafasida inson tabiati muammosining mazmun-mohiyatini tahlil qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Van Yan Min ta’limotining inson tabiati, axloqiy tamoyillar, ijtimoiy adolat va davlat boshqaruviga oid g‘oyalari konfusiylikdagi insonparvarlik, axloqiy meʼyor va o‘z-o‘zini rivojlantirish, daosizmdagi tabiat va jamiyat uyg‘unligi, ichki xotirjamlik, buddizmdagi rahm-shafqat hamda ma’naviy uyg‘onish g‘oyalari bilan uyg‘un ekanligi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishi, o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlashiga doir ilmiy yangiliklar va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash”ga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-iyundagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq falsafasining boy ma’naviy va madaniy merosini xalqimiz orasida targ‘ib qilishda, fuqarolar totuvligi, hamjihatlikni ta’minlashga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, targ‘ibot tadbirlarining sifati, mazmuni va samaradorligiga oshishiga xizmat qilgan;  
Van Yan Minning “Bilim va harakat birligi” g‘oyasi (gnoseologik, antropologik, prakseologik asosga ega) inson tafakkuri, axloqiy kamolot va amaliy faoliyatni bir butun ma’naviy faoliyatni ifodalashi hamda yoshlar tarbiyasida nazariy bilim hamda amaliy tajribaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi, masʼuliyat, xulq va ijtimoiy faollikni rivojlantirishiga oid tahlillardan, takliflar, amaliy tavsiya va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining Xitoy bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki xalqning tarixan falsafiy jihatdan mushtarak ekanligi mavzusidagi konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-gumanitar sohalardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 23-iyundagi 14/203-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq falsafasining boy ma’naviy va madaniy merosini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishda samarali vosita sifatida xizmat qilgan;
mutafakkirning “Ezgu fikr” konsepsiyasidagi insonning o‘zini tarbiyalashi, jamiyat rivojiga ongli ta’sir ko‘rsatishi, axloqiy mukammallikka intilishi kabi g‘oyalar ma’naviy barkamol inson konsepsiyasidagi o‘zini anglaydigan shaxs sifatida shakllanish, axloqiy masʼuliyatni qaror toptirish mezoni hamda farovon jamiyat konsepsiyasida hamkorlikni rivojlantirish, adolat va ishonchni mustahkamlash, fuqarolik faolligini kuchaytirish tamoyili ekanligiga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va  taraqqiyot”, “O‘zbekiston  yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-sentyabrdagi 05-09-1386-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Van Yan Min tomonidan ilgari surilgan bilim, axloq, odob, insoniy kamolot va ezgulik g‘oyalariga doir ilmiy dunyoqarashlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Van Yan Min falsafiy ta’limotida keltirib o‘tilgan bilim, axloq, odob, insoniy kamolot va ezgulik g‘oyalari zamonaviy globallashuv (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasining o‘sishi) davrida Yangi O‘zbekistonda yoshlarni radikal-mafkuraviy oqimlar ta’siridan himoya qilish, ularda mustahkam ma’naviy-axloqiy immunitetni shakllantirish, masʼuliyatli fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishiga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 – sonli “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 22-oktyabrdagi 04/11-23738-son ma’lumotnomasi). Natijada, Van Yan Min ta’limotining tahlili asosida jamiyat ijtimoiy hayotida insonparvarlik mezon va tamoyillarini qo‘llash usullari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish