Hasanov To‘lqin Axmatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlatning ijtimoiy soha muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3285. 
Ilmiy rahbar: Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xushmurotov Zoyir Bektemirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlatning ijtimoiy soha muassasalari moliyaviy resurslarini boshqarish samaradorligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablarining ta’lim berishga mo‘ljallangan, bo‘sh turgan bino hamda inshootlarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda hududning kamida 
5 yillik demografik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda amalga oshirish zarurligi asoslangan.
maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan. 
moliyaviy resurslardan samara foydalanish maqsadida ta’lim muassasalariga to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqini 1 foizgacha qilib belgilash zarurligi isbotlangan.
“Barkamol avlod” bolalar maktablari pedagog xodimlarini byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan uch baravarigacha bir martalik rag‘batlantirish zarurligi ilmiy asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablarining ta’lim berishga mo‘ljallangan, bo‘sh turgan bino hamda inshootlarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda hududning kamida 
5 yillik demografik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 2-maydagi 05-2664-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublikamizda hozirgi kunda umumta’lim maktablari sig‘imi o‘rtacha 1,2 koeffisientni tashkil qilmoqda. Bu meyordan 0,2 koeffisient yuqori hisoblanadi hamda o‘quvchilarning ba’zi hududlarda 2 yoki 3 smenada o‘qish tashkil qilinganligi kuzatilmoqda. Hozirda ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lgan bino va inshoatlarni sotish yoki faoliyat turiga xos bo‘lmagan yo‘nalishga berish taqiqlandi. Bu jarayonda bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanishda bo‘lgan umumta’lim maktablariga qarashli binolarni ishchi holatga keltirish hamda ijara asosida ishlatishga topshirish jarayonida. Meʼyor bo‘yicha 1,0 koeffisientga tushirish uchun aholi zich hududlarda qo‘shimcha binolar qurish va yangi umumta’lim maktablarini ochish kerak bo‘ladi.
maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilash tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 2-maydagi 05-2664-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Respublika bo‘yicha ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 
1 foiz miqdorida qo‘llanishi natijasida yuqori daromad manbai saqlanib qoldi. 
2021-2023 yillarda byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 435 208 mln.so‘m mablag‘lar ish haqi va rag‘batlantirishlarga sarflangan. 2021-yilda 69 649 mln.so‘m ish haqi fondi uchun 14 838 mln.so‘m yagona ijtimoiy soliq to‘langan bu 23 foizni tashkil qiladi. Qaror ijrosidan so‘ng 2023-yilda 219 031 mln.so‘m ish haqi fondi uchun 2 712 mln.so‘m yagona ijtimoiy soliq to‘lov qilindi hamda jami 1 foizni tashkil qildi. Buning natijasida o‘rtacha 2023-yilning o‘zida yagona ijtimoiy soliqdan iqtisod qilingan 52 045 mln.so‘m mablag‘lar qo‘shimcha xarajat qilishga yo‘naltirilgan. 
ta’lim muassasalariga to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqini 
1 foizgacha qilib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-martdagi PQ-88-son “Aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 
2-maydagi 05-2664-son ma’lumotnomasi). Ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan to‘lovlar uchun ham 1 foizlik yig‘imning olib tashlanishi byudjet tashkilotiga ham aholiga ham katta engillik bo‘ldi. Respublika bo‘yicha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga tijorat banklari va to‘lov tashkilotlaridan kelib tushadigan ota-onalar to‘lovini tahlil qilish natijasida 2024-yil yakuni bilan 1 064 mln.so‘m mablag‘lar aholi ixtiyorida qolgan. Bugungi kunda yurtimizdagi 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablariga 350 mingdan ortiq to‘garak a’zolari faol qatnashib kelmoqda. Tijorat banklari va to‘lov tashkilolari tomonidan to‘lovni o‘tkazganli uchun xizmat haqi sifatida to‘lanadigan mablag‘dan 
1 foiz ushlab qolish amaliyoti bekor qilinishi aholiga katta engillik va qulaylik yaratdi. Birgina 2024-yil yakuni bilan 327 726 ming to‘garak a’zolarining ota-onalari tomonidan to‘langan 106 383 mln.so‘m to‘lovlardan shakllangan 
1 064 mln.so‘m mablag‘lar aholi ixtiyorida qolgan bu boshqa xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lov qilish imkoniyatini yaratdi.
“Barkamol avlod” bolalar maktablari pedagog xodimlarini byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan uch baravarigacha bir martalik rag‘batlantirish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 2-maydagi 
05-2664-son ma’lumotnomasi).  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-may VM-331-son “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. Respublika bo‘yicha “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning umumiy xarajatlarga nisbatan ulushi yillar kesimida oshgan. “Barkamol avlod” bolalar maktablari 2021-2023 yillar davomida ish haqi fondi 
2 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. 2021-yilda 8 444 nafar pedagog xodimlarga 6 597,7 mln.so‘m ish haqi fondi hisobidan rag‘batlantirilgan holda o‘rtacha 3 BHM barobar moliyalashtirilgan. 2023-yilga kelib 11 429 nafar pedagog xodimlarni rag‘batlantirish uchun 13 504,1 mln.so‘m ish haqi xarajatlari amalga oshirilgan. 2023-yilda ish haqi fondi 2021-yilga qaraganda 6 906,4 mln.so‘m rahbatlantirishga qo‘shimcha xarajat qilingan. Bunda bir nafar pedagog hodimga 2021-yilda 781,3 ming so‘m to‘g‘ri kelgan bo‘lsa 2023-yilga kelib 1 181 ming so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish