Axmedova O‘lmasoy Xusan qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.4.PhD/Iqt4706. 
Ilmiy rahbar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida kredit mahsulotlari turlari bo‘yicha limitlarni kredit portfeli tarkibining 3 foizigacha, tijorat banklari filiallari kesimida esa 5 foizigacha belgilash taklif etilgan;
muammoli kreditlar ulushi 20 foizga etganda, bank amaliyotida qarzdorlikni undirishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan (Auto Collection, Auto Recovery System) foydalanishni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
qarzdorlikni undirish jarayonini optimallashtirish maqsadida, muammoli kreditlar bilan ishlashning uch bosqichli modeli “Soft collection”, “Hard collection”, “Legal collection” avtomatlashtirilgan undirish komponentlaridan foydalangan holda tatbiq etilish taklif etilgan;
moliyaviy hisobotning shaffofligi va taqqoslanishini ta’minlash maqsadida, tijorat banklarida MHXS 9 standartidan to‘liq foydalanish va aktivlar sifatini yillik baholash tizimi (AQR – Asset Quality Review) ni tatbiq etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida kredit risklarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida kredit mahsulotlari turlari bo‘yicha limitlarni kredit portfeli tarkibining 3 foizigacha, tijorat banklari filiallari kesimida esa 5 foizigacha belgilash taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025-yil 27-oktyabrdagi 25-04/5300-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 30-iyun holatiga muammoli kreditlar ulushi 2,4 foizga kamaygan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foiz punktga kamaygan.
muammoli kreditlar ulushi 20 foizga etganda, bank amaliyotida qarzdorlikni undirishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan (Auto Collection, Auto Recovery System) foydalanishni yo‘lga qo‘yish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025-yil 27-oktyabrdagi 25-04/5300-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yilda 312 mlrd so‘m, 2025-yilning uch choragi davomida esa 331 mlrd so‘m kechiktirilgan qarzdorlikni undirish imkonini bergan.
qarzdorlikni undirish jarayonini optimallashtirish maqsadida, muammoli kreditlar bilan ishlashning uch bosqichli modeli “Soft collection”, “Hard collection”, “Legal collection” avtomatlashtirilgan undirish komponentlaridan foydalangan holda tatbiq etilish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025-yil 27-oktyabrdagi 25-04/5300-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yilning uchinchi choragi holatiga 5,1 trln so‘m qarzdorlik qaytarilgan.
moliyaviy hisobotning shaffofligi va taqqoslanishini ta’minlash maqsadida, tijorat banklarida MHXS 9 standartidan to‘liq foydalanish va aktivlar sifatini yillik baholash tizimi (AQR – Asset Quality Review) ni tatbiq etish taklifi AT “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025-yil 27-oktyabrdagi 25-04/5300-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy hisobotlarning shaffofligini oshirish, kredit risklarini kamaytirish va bank tizimi barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish